Svante Pääbo
Svante Pääbo yoki Svante Peebo[3](talaffuzi: Savante Paabo)(1955-yil 20-aprel, Stokgolm) shved biologi, genetik olim. Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori (2022). Nobel qoʻmitasida Pääboning asarlari ilmiy jamoatchilik tomonidan inson evolyutsiyasini yaxshiroq tushunish uchun ajoyib qoʻllanma ekanligi taʼkidalb oʻtildi[4].
Svante Pääbo | |
---|---|
Tavalludi |
Svante Pääbo 20-aprel 1955-yil |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
Kasbi | |
Turmush oʻrtogʻi |
Linda Vigilant (turm. 2008) |
Otasi | Sune Bergström[1][2] |
Onasi | Karin Bergström[1] |
Pääbo Svante Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi (2000), Leopoldina (2001), AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi (2004), Fransiya Fanlar Akademiyasi (2015)[5] va London Qirollik Jamiyatining aʼzosi hisoblanadi (2016).
Hayoti
tahrirPääbo bioximik Sune Bergström[6][7][8] va estoniyalik kimyogar Karin Pääbo (1925—2013)ning farzandi hisoblanadi[9]. Uning otasi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1982) sovrindori. Pääbo Bagarmossenda oʻsgan. U onasi tomonidan tarbiyalangan (uning onasi Sunening laboratoriyasida laborant boʻlib ishlagan), chunki Sune Bergströmning oʻsha paytda boshqa oilasi mavjud edi[10].
U Uppsala shahridagi Shvetsiya qurolli kuchlar maktabi[sv]ning tarjimonlar sinfida rus tilini (1975—1976)[11], bir vaqtning oʻzida 1975—1977-yillarda Uppsala universitetida Misrologiya, Qibtiy tilini oʻrgangan[12]. 1980-yilda Uppsala universiteti tibbiyot fakultetini tugatgandan soʻng, u qisqa muddat shifokor boʻlib ishlagan va 1981-yilda Uppsala universitetiga qaytib kelgan u yerda Sitologiya kafedrasi aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Molekulyar immunologiya boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1986). Keyin Pääbo qisqa muddat Syurix universitetidagi Molekulyar biologiya markazida va Londondagi Saraton tadqiqotlari institutida ishlagan. 1987—1990-yillarda u Berkeleydagi Californiya universitetida, Allan Uilson laboratoriyasida doktoranturadan keyingi tadqiqotlar olib borgan. Pääbo labaratoriyada zamonaviy davrda yoʻqolib ketgan qoldiqlar va hayvonlarning genetik materialini ajratib olish bilan shugʻullangan. 1990—1997-yillarda Myunxen universitetida umumiy biologiya professori, 1997-yildan Leipzigdagi Evolyutsion antropologiya institutida genetika kafedrasi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2008-yilda u oʻzining hamkasbi, amerikalik primatolog va genetik Linda Vigilant bilan turmushga chiqdi, u bilan bir oʻgʻil va bir qizi bor[13].
Yutuqlari
tahrirPääbo paleogenetika fanining asoschilaridan biri boʻlib, genetik usullar yordamida birinchi odamlar va gominidlarni oʻrganish bilan shugʻullangan. U bu sohadagi faoliyatini 1984-yilda Yevropa muzeylari kolleksiyalaridan qadimgi Misr mumiyalarini oʻrganishdan boshlagan va piramidalarga Misrshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi yordamida kirish imkoniga ega boʻlgan. 1985-yilda tarixda birinchi marta mumiyalardan genetik material olingan[14]. 2006-yilda u neandertal genomini toʻliq dekodlash rejasini eʼlon qilgan. 2009-yil fevral oyida dastlabki natijalar eʼlon qilingan va 2010-yil may oyida ular Science jurnalida chop etilgan. 2010-yil mart oyida Oltoydagi Denisova gʻorida topilgan suyak boʻlagidan olingan DNKni oʻrgangan Pääbo guruhi antik davrda ilgari nomaʼlum boʻlgan gominidlar turi — Denisov odami mavjud degan xulosaga kelishgan. 2016-yilda Pääbo guruhi dunyo boʻylab qariyb 2000 kishining genomlarini qiyosiy tahlil qilish asosida neandertallar va homo sapiensning turli guruhlari oʻrtasida chatishtirishning kamida uchta epizodi boʻlishi mumkin degan xulosaga kelishgan.
2002-yilda Pääbo guruhining „gen tili“ hisoblangan FOXP2ning kashf etilishi haqidagi eʼloni keng jamoatchilik eʼtiroziga va ilmiy muhokamalarga sabab boʻlgan.
Mukofotlari
tahrir1 | 1992-yil | Leibniz mukofoti |
---|---|---|
2 | 1998-yil | Yevropa akademiyasi aʼzosi |
3 | 1999-yil | Berlin-Brandenburg fanlar akademiyasi aʼzosi |
4 | 2004-yil | Saksoniya fanlar akademiyasi aʼzosi |
5 | 2008-yil | "Xizmatlaru uchun" ordeni |
6 | 2009-yil | "Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni |
7 | 2011-yil | Amerika fanlar akademiyasi aʼzosi |
8 | 2013-yil | Gruber mukofoti |
9 | 2014-yil | M.V.Lomonosov nomidagi oltin medal sohibi |
10 | 2015-yil | Galway Irlandiya Milliy Universiteti faxriy doktori |
11 | 2016-yil | Tibbiy sohadagi yutuqlari uchun mukofoti |
12 | 2017-yil | Dan David mukofoti |
13 | 2018-yil | Asturiya malikasi mukofoti |
14 | 2018-yil | Körber mukofoti |
15 | 2018-yil | Nierenberg mukofoti |
16 | 2019-yil | Wiley mukofoti |
17 | 2019-yil | Darwin–Wallace medali |
18 | 2020-yil | Yaponiya mukofoti |
19 | 2021-yil | Messri mukofoti |
20 | 2022-yil | Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti |
Yozgan asari
tahrirNeandertal odam: Yoʻqolgan genomlarni izlab. — Trans. ingliz tilidan. E. Naimark. — M. : AST. Korpus — 2018. — 416 b. — ISBN 978-5-17-091066-3
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Как правильно передавать фамилию Pääbo?“. 30-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2013-yil.
- ↑ Наталья Костарнова. „Homo sapiens получил Нобелевку за гоминидов“. «Коммерсантъ» (3-oktabr 2022-yil).
- ↑ „Svante Pääbo | Liste des membres de l’Académie des sciences / P | Listes par ordre alphabétique | Listes des membres | Membres | Nous connaître“. 18-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.
- ↑ Claudia Dreifus. Searching for Answers in Very Old DNA. A conversation with Svante Paabo. The New York Times. June 23, 2014
- ↑ Elizabeth Kolbert. Sleeping with the Enemy. What happened between the Neanderthals and us? The New Yorker. August 15, 2011.
- ↑ Robin McKie. Svante Pääbo: the DNA hunter taking us back to our roots. The Guardian. 15 February 2014.: „I grew up as the secret extra-marital son of Sune Bergström“.
- ↑ Svante Peabo. Neandertales. V poiskax ischeznuvshix genomov. — M.: AST. Corpus — 2018. — 416 s.
- ↑ Svante Pääbo: The Neanderthal Man
- ↑ Karin Bojs. My European Family. The First 54,000 years. Chapter 2. Neanderthals in Leipzig
- ↑ Nick Zagorski. Profile of Svante Pääbo (PNAS)
- ↑ The Gruber Foundation: Svante Pääbo
- ↑ Harold M. Schmeck Jr. „Intact Genetic Material Extracted from an Ancient Egyptian Mummy“. New York Times (16-aprel 1985-yil). 23-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentyabr 2017-yil.
Adabiyotlar
tahrir- „Svante Paabo publications in PubMed“. Qaraldi: 27-iyul 2011-yil.
- „Svante Paabo publications in Google Scholar“. Qaraldi: 27-iyul 2011-yil.
- „Edge: Mapping the Neanderthal Genome - A Conversation With Svante Pääbo“. 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2011-yil.
- Harold M. Schmeck Jr. „Intact Genetic Material Extracted from an Ancient Egyptian Mummy“. New York Times (16-aprel 1985-yil). 23-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentyabr 2017-yil.