Sybille Bedford, OBE (1911-yil 16-martda tugʻilgan – 2006-yil 17-fevralda vafot etgan) – asli Germaniyada tugʻilgan ingliz yozuvchisi, real voqelikka asoslangan va yarim avtobiografik kitoblar muallifi, „Oltin qalam“ mukofoti sovrindori.

Sybille Bedford

Bedford, 1989-yil
Tavalludi
Sybille Aleid Elsa von Schoenebeck

16-mart 1911-yil
Vafoti 17-fevral 2006-yil(2006-02-17)
(94 yoshda)
London, Angliya, Buyuk Britaniya
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1] va Nemis tili
Fuqaroligi Germaniya[2] va Birlashgan Qirollik[3]

Yoshlik davri

tahrir

Sybille Aleid Elsa von Schoenebeck Prussiya Qirolligining Sharlottenburg shahrida nemis aristokrati, isteʼfodagi podpolkovnik Maximilian Josef von Schoenebeck (1853–1925) va uning nemis rafiqasi Elisabeth Bernhardtlar oilasida tugʻilgan[4]. Sybille Badendagi Feldkirch qal’asida otasi singari katolik diniga eʼtiqod qilgan holda voyaga yetgan. Otasining Elizabeth Marchesani bilan birinchi turmushidan oʻgay singlisi bor edi. Bedfordning ota-onasi 1918-yilda ajrashishgan va u biroz qashshoq sharoitda katta boʻlgan. Otasi 1925-yilda vafot etgan. Sybille esa onasi va oʻgay otasi bilan Italiyaga yashash uchun koʻchib ketgan[5]. Oʻsha yillarda u Angliyada Hampsteadda oʻqigan[6].

1920-yillarning boshlarida Sybille tez-tez Angliya va Italiyaga sayohat qilgan. Italiyada fashizm kuchayishi bilan uning onasi va oʻgay otasi Fransiyaning janubidagi Provence shahrida joylashgan Sanary-sur-Mer baliqchilar qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Sybillening oʻzi u yerda yashab, Aldous Huxley bilan doʻstlashgan. Bedford oʻsha davrning koʻplab nemis yozuvchilari, jumladan, Thomas Mann va Bertolt Brext bilan muloqotda boʻlgan[7].

Faoliyati

tahrir

Urush tugaganidan soʻng, Bedford bir yilni Meksikada oʻtkazgan. Uning ushbu sayohatidan olgan tajribalari 1953-yilda nashr etilgan „The Sudden View: a Mexican Journey“ nomli sayohatnomasida aks etgan. Bedford 1940-yillarda yana Fransiya va Italiyaga borgan.

Bedfordning ilk romani „A Legacy“ 1956-yilda nashr etilgan va 1975-yilda BBC teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan. Ushbu kitobni Francis King „XX asrning eng yaxshi kitoblaridan biri“ deb taʼriflagan. Evelyn Waugh esa Nancy Mitfordga yoʻllagan maktubida shunday deb yozgan edi: "Men bu ajoyib „Bedford xonim“ kim ekanligiga juda qiziqyapman"[8]. Kitob bir qarashda badiiy asardek tuyulsa-da, ammo avtobiografik xususiyatga ega boʻlgan. Unda otasining Germaniyadagi hayoti, shuningdek, muallifning u yerdagi bolalik davri aks ettirilgan. Asar omma tomonidan iliq qabul qilingan, bu esa Bedfordga ijodiy faoliyatini davom ettirishida koʻmakchi boʻlgan[9]. Qolaversa, Bedford hayoti davomida yana uchta roman va koʻplab ilmiy asarlar nashr ettirgan. Badiiy adabiyotda u sayohatchi yozuvchi va yuridik muxbir sifatida tanilgan.

1945-yilda Esther Murphy bilan uchrashib qolgan va ular bir-birlarini yoqtirib qolishgan. Ammo ularning munosabatlari bir necha yilgina davom etgan. Keyinchalik ular umrbod doʻst boʻlib qolishgan[10].

Bedford 1950-, 1960- va 1970-yillarda Fransiya, Italiya, Britaniya va Portugaliyada yashagan va oʻsha vaqtlarda amerikalik bir qancha romanlar muallifi Eda Lord bilan aloqalari yaxshi boʻlgan[11][5].1979-yilda Bedford Londonning Chelsea shahriga kelib joylashgan. 1981-yilda Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. U, shuningdek, PEN klubida ishlagan va Qirollik Adabiyot Jamiyatining aʼzosi boʻlgan. Bedfordning eng oxirgi yozgan asari 2005-yilda nashr etilgan „Quicksand“ nomli xotiralar kitobi hisoblanadi[12].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. Feldkirch in literarischen Zeugnissen
  5. 5,0 5,1 Obituary for Sybille Bedford in The Daily Telegraph, 21 February 2006.
  6. Jane Jakeman: "Funerals in Berlin (and Sussex)", in The Independent on Sunday, 18 February 2000, 30 September 2007da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25 February 2018
  7. Jane Jakeman: "Funerals in Berlin (and Sussex)", in The Independent on Sunday, 18 February 2000, 30 September 2007da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25 February 2018.
  8. Quoted in the author’s introduction to the Penguin Modern Classics edition, 2005, p. xviii.
  9. Author’s introduction to Penguin Modern Classics edition.
  10. „Eluding Magnificent Monuments: The Stylish Lives of Esther Murphy, Mercedes de Acosta, and Madge Garland“. bookslut. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  11. Joan Acocella: „Piecework. The writings of Sybille Bedford“[sayt ishlamaydi], in The New Yorker, 18 April 2005
  12. Reviewed in The Spectator 7 November 2020