Tojiklar

Afgʻoniston, Tojikiston va Oʻzbekistonda tugʻilgan eroniy etnik guruh
(Ta'jiklerdan yoʻnaltirildi)

Tojiklar (tojikcha: Тоҷикон, dariycha: تاجیکان [tɔː'ʤɪk], forscha: تاجیکان) — Markaziy Osiyodagi xalqdir. Tojiklar eroniy xalqlardan biri boʻlib fors-tojik kontinuumining turli lahjalarida gaplashadi va hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston hamda Pokistonda joylashgan hozirgi Eronning sharqi va shimoli-sharqidagi hududlarda istiqomat qiladi. Tojiklarning tarixiy yashash hududi Amudaryo (Panj)ning yuqori oqimi havzasini, Murgʻob va Kobulning quyi oqimi, Zarafshon vodiysi, Zarafshon daryosi havzalari atrofi, Fargʻona vodiysi, Sirdaryo havzalari, shuningdek, Hilmand hamda Argʻandab havzalarini qamrab oladi. Afgʻonistondagi Herirud va Xamun koʻli havzalarining fors tilida soʻzlashuvchi aholisi odatda tojiklar deb ataladi. Tojiklarning umumiy soni, turli maʼlumotlarga koʻra, 30 million kishigacha. Afgʻonistonda Tojikistondagidan koʻra koʻproq tojikistonliklar yashaydi. Afgʻonistonda — 17 milliondan[5] 15 milliongacha[6], Tojikistonda — 8 milliondan ortiq[7] Oʻzbekistonda esa 1,3 milliongacha tojik bor[8], Xitoyning sharqida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar.

Tojiklar
Тоҷикон
Umumiy aholi soni

tax.30 mln

Katta aholiga ega mintaqalar
 Afgʻoniston 17 000 000 [1]
 Tojikiston 7 000 000 [2]
 Oʻzbekiston 1,3 mln [3]
 Pokiston 5000 000
 Rossiya 1,298,303 [1]
 Qirgʻiziston 46 105 [4]
 Qozogʻiston 36 277 [2]
 Ukraina 4 255 [3]
Tillar
Fors tili
ikkinchi til sifatida Oʻzbek tili, Rus tili va Pushtu tili
Dinlar
Islom Asosan sunniy
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa eroniy xalqlar bularga forslar, kurdlar, pushtunlar, balujlar va h.k.

Asosiy qismi fors tili (tojik tili)da soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eroniy tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. Tojiklar asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod[9]. Tojik xalqining shakllanishida avval miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid uzoq etnogenetik jarayonlar asos boʻlgan[10].

Tarixiy tadqiqotlarga koʻra, tojiklarning ajdodlari miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarining 2-bosqichida Oʻrta Osiyoning bepoyon hududiga tarqalgan sugʻdiylar, baqtriyaliklar, parkonlar (qadimgi fargʻonaliklar) va saklarning oʻtroq va koʻchmanchi eroniyzabon xalqlaridir.

IX-X asrlarda Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tojiklarning etnik oʻzagining shakllanish jarayoni ham yakunlandi. Somoniylar davrida mintaqada hukmron tilga aylangan umumiy fors (tojik) tilining tarqalishi bilan chambarchas bogʻliq edi[10]. X asr oxirida Somoniylar davlati parchalanib, turkiy sulolalar kuchaygach, Oʻrta Osiyoda siyosiy hokimiyat turkiy tilli xalqlar qoʻliga oʻtdi. Turkiy, keyinroq moʻgʻul qabilalari yangi toʻlqinlarda hozirgi tojiklarning ajdodlari yashaydigan dehqonchilik rayonlariga kirib keldi, oʻrta asr tojiklarining koʻp asrlik assimilyatsiya va turklashuv jarayoni, ayniqsa tekisliklarda, kamroq darajada togʻli va katta shaharlar hududlarda boshlandi.

Britannika entsiklopediyasida tojiklarning etnogenezi boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltirilgan[11]:

Tojiklar Eron xalqlarining bevosita avlodlari boʻlib, ularning Oʻrta Osiyo va Shimoliy Afgʻonistonda doimiy mavjudligi miloddan avvalgi 1 ming yillik oʻrtalaridan tasdiqlangan. Tojiklarning ajdodlari Transoksaniya (Soʻgʻdiyona) tarkibiga kirgan Xorazm va Baqtriyaning qadimgi aholisining oʻzagini tashkil qilgan. Vaqt oʻtishi bilan qadimgi tojiklar qoʻllagan Sharqiy Eron shevasi oxir-oqibat oʻz oʻrnini Eron va Afgʻonistonda soʻzlashuvchi gʻarbiy sheva boʻlmish fors tiliga boʻshatib berdi

.

Pomirda yashovchi tojiklar, sharqiy eroniy tillarining turfa dialektlarida soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini Tojiklarning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar. Sababi Tojiklarning eng qadimgi ajdodlari baqtriyaliklar, soʻgʻdlar, qadimgi xorazmliklar, saklar sharqiy eroniy tillarda soʻzlashishgan. 9-asrda arab bosqinidan soʻng asli balxlik eroniylar xonadoniga mansub Somonxudot avlodlari Markaziy Osiyoda ulkan davlatga asos solishadi. Somoniylar deb atalmish ushbu davrda hukmdorlar uygʻonish davrini boshlab berishadi va aynan fors tilini davlat tili deb eʼlon qilishadi. Natijada Buxoro va Balx Somoniylar davrida Yangi Fors tili vujudga kelishi va rivojlanishiga tayanch boʻlib xizmat qiladi. Arab va fors tillari eng muhim tillarga aylandi. Jumladan, arab bosqini natijasida sharqiy eroniy tillariga kiruvchi soʻgʻd tili barham topgan va oʻlik tillar qatoriga kirgan edi. Uning oʻrnini esa gʻarbiy eroniy tillaridan biri Fors tili egallaydi va keyinchalik aynan Somoniylar davrida Sharq adabiyotining tayanch tiliga aylanishiga debocha yaratiladi. 20-asr Tojiklar, uchun eng ogʻir davr hisoblanadi. Aynan Erondagi forslar va hozirgi hududlarda yashayotgan tojiklar bir til — Fors tilida suhbatlashishlariga qaramasdan, Markaziy Osiyolik Tojiklar,ning yozuvi kommunistlar tomonidan kirill alifbosiga oʻzgartirildi va unga xalq nomidan kelib chiqib tojik tili deb nom berildi.

Tojiklarning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, binokorlik va hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan.

Manbalar

tahrir
  1. CIA factbook 2011 - Afghanistan
  2. CIA factbook 2000 - Tajikistan
  3. Oʻzbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi e’lon qilindi
  4. CIA factbook 2009 - Kyrgyzstan
  5. Country Factfiles. — Afghanistan, page 153. // Atlas. Fourth Edition. Editors: Ben Hoare, Margaret Parrish. Publisher: Jonathan Metcalf. First published in Great Britain in 2001 by Dorling Kindersley Limited. London: Dorling Kindersley, 2010, 432 pages. ISBN 9781405350396 «Population: 28,1 million Religions: Sunni Muslim 84%, Shi'a Muslim 15%, other 1% Ethnic Mix: Pashtun 38%, Tajik 25%, Hazara 19%, Uzbek, Turkmen, other 18%»
  6. Afghan, Tajik in Afghanistan
  7. Численность и национальный состав населения доля таджиков в населения Таджикистан, 2010 году - 84,3%.
  8. Oʻzbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi e’lon qilindi
  9. Таджики // Этнический атлас Узбекистана / А. Ильхамов. — Ташкент: Издательство «ИООФС — Узбекистан», 2002. — С. 197. — 451 с. — ISBN 5-862800-10-7.
  10. 10,0 10,1 «Таджики» // Струнино — Тихорецк. — М. : Советская энциклопедия, 1976. — С. 169. — (Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров ; 1969—1978, т. 25).
  11. Tajikistan: History (англ.). Encyclopedia Britannica.

Adabiyotlar

tahrir
  • Bartold V.V., Tadjiki, Tojiklar 2,(1), M., 1963;
  • Vamberi A., Ocherki o Sredney Azii. M., 1868;
  • Shishov A., Tadjiki: Etnograficheskiye i antropologicheskoye issledovaniye, Tojiklar, 1910.
  • Richard Foltz., A history of Tajiks: Iranians of the East, Bloomsberry, New York., 2019
  • Richard N. Fyre., Bukhara — The Medieval Achievement, University of Oklahoma Press, Norman., 1965