Tamshush (qishloq)
Tamshush — Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi qishloq. Qishloq tuman markazidan taxminan 70-75 kilometr uzoqlikdagi Hisor tog‘ tizmasi bagʻrida joylashgan. Aholisining asosoy qismini tojiklar tashkil qiladi. Qishloqdan Tamshushdaryo oqib oʻtadi. Tamshush soʻzi dastlab „tangshush“ yaʼni „tor joy“ maʼnosini bildirgan. Keyinchalik aholi tilida sayqallanib, „tamshush“ shakliga kelgan. Sababi qishloq yuqori nuqtadan kuzatilsa ikki tomonini baland tog‘lar o‘rab turgan dara ichida joylashgan. Qishloq aholisi 1300 nafarni tashkil qilib, 300 xonadondan iborat[1].
Tamshush | |
---|---|
qishloq | |
39°3′0″N 66°50′0″E / 39.05000°N 66.83333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Aholisi (2023) |
1 300 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 70 |
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Sayohat manzillari“. UzA. Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.