Tanbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turishi uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllanadi.

Tanbur
Turi

Torli musiqa cholgʻulari
Oʻxshash asboblar

Sato
Musiqachilar

Turgʻun Alimatov, Hojiabdulaziz Abdurasulov, Joʻraxon Sultonov, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, Jalil Sayfi, Mustafo Bafoyev

Etimologiyasi

tahrir

Tanbur soʻzi eski musiqaga oid kitoblarda „tunbura“ shaklida yozilgan boʻlib, asli yunoncha soʻz ekanligini taʼkidlangan[1].

Tuzilishi

tahrir

Tanburning noksimon oʻyma kosasi yoʻgʻon va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yogʻochidan yasaladi. Tanburning umumiy uzunligi 110-130 sm. Kosasining qopqogʻi, koʻpincha, yupqa yogʻoch taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Dastasiga ichakdan qilingan pardalar bogʻlanadi. Tanburning pay ip bilan bogʻlangan 16-19 pardasi boʻlib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga koʻra yuqori yoki pastga surib qoʻyiladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, baʼzan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Asbobning diapazoni ikki yarim oktavaga yaqin.

Ijro qilinishi

tahrir

Tanbur qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur Oʻzbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli oʻlaroq, diatonik tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yoʻgʻon (diametri 3 mm gacha) boʻlganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha oʻzgartirish mumkin. Mazkur yoʻl bilan tanburda kuylarga oʻziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi.

Taniqli oʻzbek tanburchilar

tahrir

Tanburning oʻziga xos nozik va taʼsirchan ovozi, keng diapazoni tufayli Buxoro Shashmaqomi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vokal qismlarda) joʻrnavoz soz hisoblanadi. Tanbuning keng badiiy imkoniyatlari Turgʻun Alimatov va uning shogirdlari talqinida namoyon boʻlmoqda. Oʻzbek bastakorlaridan Hojiabdulaziz Abdurasulov, Joʻraxon Sultonov, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, kompozitorlardan Jalil Sayfi („Qalbimda“), M. Mahmudov („Navo“ simfoniyasi), Mustafo Bafoyev („Lison uttayr“) va boshqalar tanbur imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Abdurauf Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi. Asror Samad: . Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi «Fan» nashriyoti, 1993-yil. ISBN 5-648-01942-4. 

Havolalar

tahrir