Taran (mayoq)
Taran mayogʻi (inglizcha:Taran, 1963-yilgacha Bryusterort mayogʻi, nemischa. Brüsterort) – Rossiyaning Kaliningrad shahrida joylashgan qirgʻoq mayogʻi, ushbu mayoq Taran koʻrfazini belgilash uchun ogohlantirish chirogʻi sifatida qurilgan (shuningdek, 1947-yilgacha Bryuster-Ort deb ham atalgan) va dengizdan toʻrt kilometr uzoqlikdagi toshli rifdan dengizchilarni ogohlantirish uchun foydalanilgan[1].
Taran | |
---|---|
Taran mayogʻi | |
Taran mayogʻining daryo tomondan koʻrinishi (2011) | |
Joylashuvi | Rossiya (Mayoq) |
Koordinatalar | 54°57′33″N 19°58′47″E / 54.95917°N 19.97972°E |
Asos solinishi | 1846-yil |
Balandligi | 30.1 metr |
Taran (mayoq) |
Mayoq Kaliningrad viloyati hududida (1945-yilgacha Sharqiy Prussiyaning bir qismi boʻlgan) joylashgan boʻlib[1], Donskoye qishlogʻidan (1946-yilgacha Gross Dirshkaym, nemischa Groß Dirschkeim) ikki kilometr shimolda joylashgan[2]. U kechasi, shuningdek, kunduzi ham, dengizda koʻrinish masofasi 4 milyadan kam boʻlgan hududlarni yoritib turgan. Uning vazifasi, Kaliningrad va Baltiysk portlariga kemalarning xavfsiz yaqinlashishni taʼminlashdan iborat boʻlgan[1].
Taran mayogʻi Kaliningrad viloyatining roʻyxatga olingan madaniy meros obyektlaridan biri hisoblanadi[3][4].
Tarixi
tahrir33 metr balandlikdagi qirgʻoq (2009-yilgi maʼlumotlarga koʻra 34 metr balandlikdagi qoya) azaldan ajoyib moʻljal vazifasini oʻtagan[4], shu bilan birga shimoliy tomondan yaqinlashganda, toshloq riflar joylashgan joyda, jiddiy navigatsion xavf ham tugʻdirgan. Aynan shu sababli, XVII asr oxirlaridan boshlab, dengizchilarni ogohlantirish maqsadida koʻrfaz qismida olov yoqila boshlangan[2]. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1700-yildan boshlab mahalliy savdogarlarning iltimosiga binoan Pillaudan Memelgacha boʻlgan dengiz savdo yoʻlida ogohlantirish chirogʻi (mayoq) yoqila boshlangan[4][1]. Mayoq haqida 1809-yilgi Qirollik farmonida ham qayd etilgan. Ushbu hujjat 1750-yilga kelib koʻrfaz qismida allaqachon olov yoqila boshlanganligini tasdiqlagan[4]. Oʻsha davrdagi mayoq texnologiyalariga koʻra, Bryusterort mayogʻida koʻmir qoya tepasiga olib chiqilib, temir savatlarda („Vulqon qozonlari“ deb atalgan) yoqilgan. Oʻsha paytlarda mayoqda bir yoki ikki kishi ishlab, ular savatlarni koʻmir bilan toʻldirish, uni yoqish yoki yomgʻir paytida, hamda qishda olovni saqlab turish bilan shugʻullangan[4].
Rus admirali, gidrograf va kartograf Aleksey Ivanovich Nagayev ushbu hududni tekshirib chiqqan hamda 1751-yilda yozgan „Lotsiya yoki dengiz yoʻl koʻrsatkichi“ nomli kitobida bu haqida qayd etgan. Bu kitob Fin qoʻltigʻi, Boltiq dengizi, Zund va Skagerrak boʻgʻozidagi portlarga kirish yoʻllari va kema oʻtadigan joylarning tavsifini ham oʻz ichiga olgan edi[1]:
Брюстерорт есть мыс тупой, высокой, к W и N крут, с северной стороны оброс лесом... На самой его норд-вестовой крутости бывал наперед сего огненный маяк, а ныне видно строение...
1820-yillarda kanfor maydonidagi gulxan oʻrniga minora qurilgan. Minoraning tepasida kechasi uchta parabolik reflektorli fonar oʻrnatilgan. Ushbu davrda mayoq hududida bir-biridan 300 fut (91,44 metr) masofada joylashgan va dengiz sathidan 138 fut (42,06 metr) balandlikda ikkita doimiy yoritgich oʻrnatilgan. Bir xil boʻlgan ikkita yogʻoch inshootning taxminiy balandligi 7 metrni tashkil etgan. Ular shamollar va noqulay ob-havo sharoitlaridan himoyalanish uchun qoʻshimcha ravishda arqon tizimi bilan ham jihozlangan edi. Bu inshootlarning yuqori qismida maʼlum bir doirada yorugʻlik tarqatadigan manba (yaʼni sektorli chiroq) joylashgan boʻlib, shimoliy yorugʻlik 112 darajali sektorda, janubiy yorugʻlik esa 90 darajali sektorda koʻrinib turgan. Taran mayogʻi qoʻshni mayoqlardan farqli oʻlaroq eng muhim mayoq sifatida yil boʻyi ishlatib kelingan. U quyosh botishidan, to chiqishigacha moyli shamlar yordamida yoqib turilgan: beshta sham ikki qator qilib (shimol tomondan) va uchta sham ketma-ket janubiy tomonda joylashtirilgan. Shamlarning yorugʻligi diametri 18 dyuym (45,72 sm) va fokus masofasi 43⁄4 dyuym (12,06 sm) boʻlgan qaytargichlar bilan kuchaytirilgan. Shimoliy mayoqning koordinatalari hozirgilaridan farq qilgan: shimoliy kenglik 54°57′39′′, sharqiy uzunlik 19°59′09′′ ga teng boʻlgan[4].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Маяки России 2001.
- ↑ 2,0 2,1 Н. В. Ягунов, Т. Е. Ягунова 2012.
- ↑ Perechen viyavlennix obʼektov kulturnogo naslediya Kaliningradskoy oblasti (po sostoyaniyu na 12 oktyabrya 2015 goda).[sayt ishlamaydi] Prikaz ot 27.08.2014 g. № 78
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 The oldest Gulf of Gdansk Lighthouses 2009.
- ↑ 5,0 5,1 Н. В. Ягунов, Т. Е. Ягунова 2011.
- ↑ Н. В. Ягунов 2013.