Taras Mikolayovich Stepanenko (ukraincha: Тарас Миколайович Степаненко; 1989-yil 8-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. U Shaxtar Donetsk klubi va Ukraina terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Faoliyatini Metalurg Zaporijjyada boshlagan Stepanenko 2007-yilda ilk klubida debyut qilgan va 2010-yilda Shaxtarga oʻtgan.

Taras Stepanenko
Stepanenko 2016-yilda Shaxtar Donetsk safida oʻynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Taras Mikolayovich Stepanenko
Tavallud sanasi 8-avgust 1989-yil (1989-08-08) (35 yosh)
Tavallud joyi Velyka Novosilka, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.81 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shaxtar Donetsk
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2003 FC Torpedo-Kosmos Zaporijjya
2003 Arsenal Kharkiv
2003—2004 Torpedo Zaporijjya
2004—2006 Kosmos Zaporijjya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Metalurg-2 Zaporijjya 16 (1)
2007—2010 Metalurg Zaporijjya 81 (1)
2010— Shaxtar Donetsk 237 (18)
Milliy terma jamoa
2008 Ukraina 19 yoshgacha 4 (0)
2007—2011 Ukraina 21 yoshgacha 27 (1)
2010— Ukraina 72 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-sentyabr uchun)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Metalurg Zaporijjya

tahrir

Stepanenko faoliyatini Metalurg Zaporijjyada boshlagan, 2006—2007-yilgi mavsumda oʻsmirlar jamoasida 16 marta oʻynab, 1 ta gol urgan va mavsumning qolgan qismida kattalar jamoasida maydonga tushgan.

U 2007-yilning 4-martida 17 yoshida Dinamo Kiyevga qarshi oʻyinda (3:1) kattalar jamoasida debyut qilgan. Stepanenko kattalar safidagi birinchi mavsumini 12 ta oʻyin bilan yakunladi.

Ikkinchi mavsumida u klub uchun birinchi golini 2007-yil 21-iyulda Premyer ligada Krivbas ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda kiritdi. Stepanenko gol urganida 18 yoshga toʻlishiga bir oy qolgan edi. Oʻsha mavsumda u klub safida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Stepanenko uchinchi mavsumida jamoaning ajralmas qismiga aylandi va u klub uchun 29 ta oʻyin oʻtkazdi.

Keyingi mavsumda Stepanenko klub safida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi. Mavsum oxirida u amaldagi Premyer liga chempioni Shaxtar Donetskka oʻtishga rozi boʻldi. Stepanenko Metalurgning asosiy jamoasi safida jami 81 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Shaxtar Donetsk

tahrir

2010—2011

tahrir

2010-yil 11-mayda yarim himoyachi Shaxtar Donetsk klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi va Metalurg Zaporijjyani Serhiy Krivtsov bilan tark etdi[2]. U klubdagi debyutini Super kubokda Tavriya Simferopol ustidan 7:1 hisobida gʻalaba qozongan holda o‘tkazdi va zaxiradan maydonga tushdi. Bu Stepanenkoning klubdagi birinchi sovrini edi. U klubdagi ilk golini 2010-yilning 23-noyabrida Chempionlar ligasi guruh bosqichida Partizan Belgrad ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda kiritdi. Stepanenko birinchi mavsumida Shaxtar tarkibida 20 ta oʻyinda maydonga tushdi, ulardan 15 tasi liga o‘yini edi va u 1 ta gol urgan. Stepanenko Shaxtarni 3 karra gʻalaba qozonishida yordam bergan, yaʼni klun Premyer liga, Super kubok va Kubokni qoʻlga kiritdi[3].

2011—2012

tahrir

Klubdagi ikkinchi mavsumida Stepanenko 12 ta oʻyin oʻtkazdi, 9 tasida ligada va 3 tasida kubok o‘yinlarida maydonga tushdi. U Ukraina kubogi finalida Shaxtar Donetskning Metalurg Donetsk ustidan g‘alaba qozongan qoʻshimcha vaqtida 109-daqiqada maydonga tushdi[4]. Shaxtar yana bir Premyer liga chempionligini qo‘lga kiritdi[5].

2012—2013

tahrir

U Shaxtar Donetskning Metalurg Donetsk klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Ukraina Super kubogida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va 60-daqiqada sariq kartochka oldi[6]. 2012-yil 6-avgustda Stepanenko Henrix Mxitaryanga Premyer ligada Volin Lutsk ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkinchi golni urishda assistentlik qildi[7]. U 2-sentyabr kuni Dinamo Kiyev klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda Oleksandr Kucherga birinchi golga assistentlik qildi[8]. 28-sentyabr kuni Stepanenko Dnepr Dnepropetrovskga qarshi oʻyinda ikkinchi sariq kartochkani olib, 89-daqiqada qizil kartochka oldi, ammo bu Shaxtarga taʼsir qilmadi va ular oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[9]. 19-oktyabr kuni u Dmitro Chigrinskiyning Illichivets Mariupolga qarshi oʻyinda (2:1) gʻalaba keltirgan goliga assistentlik qildi[10].

Yarmolenko bilan raqobat

tahrir

2015-yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan oʻyinda Andrey Yarmolenko xavfli harakat qildi va Stepanenkoning oyogʻini sindirishiga yaqin qoldi. Oʻyindan soʻng ikkovi yarashib, forma almashishdi, biroq Yarmolenko Dinamo Kiyevning muxlislariga minnatdorchilik bildirar ekan, Stepanenkoning futbolkasini yerga tashladi. 2016-yil aprel oyida Shaxtar — Dinamo oʻyinida 3:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng, Stepanenko Dinamo muxlislari qarshisiga chiqib, oʻzining nishonini oʻpdi. Mushtlashuv avjiga chiqqanida Yarmolenko Stepanenkoni tepib, yerga urdi[11]. Mushtlashuvdan soʻng uchta qizil kartochka: Yarmolenko va Oleksandr Kucherga toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka, Stepanenkoga esa ikkinchi sariq kartochka koʻrsatildi[12].

Xalqaro faoliyati

tahrir
 
Stepanenko Franck Ribery bilan toʻp uchun kurashmoqda

Stepanenko 21 yoshgacha boʻlganlar darajasida Ukraina milliy terma jamoasi sardori edi. U Ukrainaning 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida 4 marta, 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida 22 marta maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 5 marta kattalar jamoasida maydonga tushgan. 2010-yilning 17-noyabrida Stepanenko o‘rtoqlik o‘yinida Shveysariya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, 65-daqiqada Taras Mixalikning o‘rniga maydonga tushib, kattalar safida debyut qildi[13]. Uning ilk asosiy tarkibdagi oʻyini 2011-yilning 8-fevralida Ruminiyaga qarshi o‘yinda (2:2) boshlangan[14]. Ertasi kuni Stepanenko Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi[15]. U 2011-yil 29-mart kuni Italiyaga qarshi o‘yinda (2:0) ham maydonga tushdi[16]. 2012-yil 15-avgustda Stepanenko Chexiya bilan 0:0 hisobida durang oʻynagan oʻyinda Shaxtar Donetskdagi jamoadoshi Marko Devichning oʻrniga 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[17]. 2013-yil 26-mart kuni u Moldovaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida Vitaliy Bordiyanga bergan zarbasi uchun qizil kartochka oldi[18].

Stepanenko Ukraina terma jamoasining UEFA Euro 2016 oʻyinlarida qatnashuvchi tarkibiga kiritildi va 3 ta oʻyinda ishtirok etdi, ammo Ukraina hech qanday ochkoga ega boʻlmay, guruhda oxirgi oʻrinni egalladi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Taras Stepanenko futbolchilar o‘rtasidagi tatuirovka madaniyatiga qarshi gapirdi va bunga sabab qilib o‘zining nasroniy eʼtiqodini keltirdi[19]. U, shuningdek, ishtiyoqli kitobxon, Stepanenkoning sevimli janri buyuk odamlarning tarjimai hollaridir[20].

Faoliyat statistikasi

tahrir
2022-yil 6-sentyabr holatiga koʻra:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Metalurg Zaporijjya 2006—2007 Ukraina Premyer ligasi 12 0 0 0 0 0 0 0 12 0
2007—2008 23 1 1 0 0 0 0 0 24 1
2008—2009 29 0 1 0 0 0 0 0 30 0
2009—2010 17 0 0 0 0 0 0 0 17 0
Jami 81 1 2 0 0 0 0 0 83 1
Shaxtar Donetsk 2010—2011 Ukraina Premyer ligasi 15 0 2 0 2 1 1 0 20 1
2011—2012 9 0 3 0 0 0 0 0 12 0
2012—2013 18 0 3 0 3 0 1 0 25 0
2013—2014 18 2 4 0 4 0 1 0 27 2
2014—2015 22 4 5 0 7 1 1 0 35 5
2015—2016 18 2 5 0 16 1 1 0 40 3
2016—2017 27 1 3 1 10 2 1 0 41 4
2017—2018 26 0 3 0 8 0 1 0 38 0
2018—2019 26 4 2 0 7 0 1 0 36 4
2019—2020 24 1 1 1 11 1 1 0 37 3
2020—2021 18 2 0 0 5 0 1 0 24 2
2021—2022 13 2 0 0 8 0 1 0 22 2
2022—2023 3 0 0 0 1 0 0 0 4 0
Jami 237 18 31 2 82 6 11 0 361 24
Faoliyati jami 318 19 33 2 82 6 11 0 444 26

Xalqaro

tahrir
2022-yil 21-sentyabr holatiga koʻra[21]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Ukraina 2010-yil 1 0
2011-yil 3 0
2012-yil 2 0
2013-yil 7 0
2014-yil 5 1
2015-yil 7 0
2016-yil 11 2
2017-yil 7 0
2018-yil 8 0
2019-yil 6 0
2020-yil 2 0
2021-yil 10 1
2022-yil 3 0
Jami 72 4
Ballar va natijalar birinchi navbatda Ukrainaning gollari roʻyxatini, ballar ustuni Stepanenkoning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
Taras Stepanenko tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2014-yil 22-may V. Lobanovskiy stadioni, Kiyev, Ukraina   Niger 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2016-yil 24-mart Chornomorets stadioni, Odessa, Ukraina   Kipr Respublikasi 1-0 1-0
3 2016-yil 3-iyun Stadio Atleti Adzurri d’Italia, Bergamo, Italiya   Albaniya 1-0 3-1
4 2021-yil 11-noyabr Chornomorets stadioni, Odessa, Ukraina   Bolgariya 1-1 1-1

Yutuqlari

tahrir

Shaxtar Donetsk

  • Ukraina Premyer ligasi (8): 2010—2011, 2011—2012, 2012—2013, 2013—2014, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020
  • Ukraina kubogi (7): 2010—2011, 2011—2012, 2012—2013, 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019
  • Ukraina Super kubogi (7): 2010, 2012, 2013, 2014, 2015, 2017, 2021

Manbalar

tahrir
  1. „Taras Stepanenko | First Team | FC Shakhtar Donetsk“. 2015-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-fevral.
  2. „Fresh blood in Shakhtar“. FC Shakhtar Official Site. Qaraldi: 2010-yil 11-may.
  3. „2010/11Ukraine“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  4. „Metalurh Donetsk vs Shakhtar Donetsk 1–2“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  5. „2010/11Ukraine“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  6. „Metalurh Donetsk vs Shakhtar 0–2“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  7. „Volyn vs Shakhtar Donetsk 0–4“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  8. „Shakhtar Donetsk vs Dynamo Kyiv 3–1“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  9. „Shakhtar vs Dnipro 2–1“. Qaraldi: 2012-yil 1-oktyabr.
  10. „Shakhtar vs Illichivets 2–1“. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
  11. Frankov, Artem. „Taras Stepanenko: the Ukraine midfielder who fought Yarmolenko but still made Euro 2016“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 5-iyun). Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  12. Michael Yokhin. „Shakhtar and Dynamo Kiev rivalry could hurt Ukraine at Euro 2016“. ESPNFC (2016-yil 4-may). Qaraldi: 2016-yil 4-may.
  13. „Switzerland vs Ukraine 2–2“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  14. „Romania vs Ukraine 2–2“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  15. „Sweden vs Ukraine 1–1“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  16. „Ukraine vs Italy 0–2“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  17. „Ukraine vs Czech Republic 0–0“. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  18. „The clearest red card EVER?! Taras Stepanenko's shocking foul (Ukraine) v Moldova“. 2017-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-mart.
  19. „Тарас Степаненко: "Татуировки – языческие символы. Я человек верующий"“.
  20. „Тарас Степаненко: "Татуировки - это языческие символы, мне такое не нужно"“.
  21. Taras Stepanenko National-Football-Teams.com saytida