Tarixi Muhammadiyislom dini ulamosi, adib, tabib va Sharqiy Turkiston jumhuriyati prezidenti hamda marshali Alixontoʻra Sogʻuniy qalamiga mansub, hozirgi oʻzbek tilining asli boʻlgan chigʻatoy tilida yozilgan Muhammad paygʻambar hayoti haqidagi siyra (yoki siyrat) yoʻnalishiga doir 1954–1961-yillarda yozilgan, 1991-yilda nashr etilgan asar.

Tarixi Muhammadiy
Muallif(lar) Alixontoʻra Sogʻuniy
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Eski oʻzbek tili
Janr(lar)i Siyra, biografiya
Nashr etilgan sanasi 1991-yil
Keyingisi Turkiston qayg‘usi

Tarixi

tahrir
Soʻzboshi

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh, xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt tarixni bilishi, albatta, lozimdur:

  1. Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom) tarixlari.
  2. Qur’oni karim tarixi.
  3. Dini Islom tarixi.
  4. Ka’batulloh tarixi.

Shuning uchun, men faqir — Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim, bizlardin keyingi avlod-nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb, yuqorigi to‘rt mavzuli tarixni har qandoq kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga “Tarixi Muhammadiy” deb ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod etib qo‘yishlarini umid qilurman.

Alixontoʻra Sogʻuniy ushbu asarini yashirin tarzda 1954–1961-yillar oraligʻida yozib tugatgan[1]. Ammo Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi hukumati ushbu asarni nashr etishga ruxsat bermagan[2]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin asar 1991-yilda muallifning avlodlari tomonidan oʻzbek kirill alifbosida nashr etilgan[1][3][4]. Boshqa manbada esa nabirasi Bahmaniyor Shokir tomonidan 1988-yilda nashr etilgani yoziladi[5].

Alixontoʻra Sogʻuniy asarni arab imlosi bilan 12 varoqli oʻquvchi daftariga yozgan. Uni bir qismini muallifning oʻzi, qolgan qismini esa uchinchi oʻgʻli Muhammadyorxon kalligrafik arabcha imlo bilan oqqa koʻchirgan[6]. Eski oʻzbek yozuvi isteʼmoldan chiqib ketganidan keyin muallifning ikkinchi oʻgʻli Asilxontoʻra va oʻzganlik jiyani Yahyoxon Raimjonov asarni oʻzbek kirill alifbosiga oʻgirishgan. Alixontoʻra Sogʻuniyning ushbu asari hozirgi oʻzbek tilining asli boʻlgan chigʻatoy tilida yozilgan eng soʻngi asarlardan biri hisoblanadi[1].

Voqealar rivoji

tahrir

Asarning dastlabki qismda Muhammad paygʻambarning tugʻilishlaridan boshlab, ilk vahiy kelishiga qadar boʻlgan davr tasvirlanadi. Shundan keyin johiliyat davrida islom dinini tushuntirish va bu yoʻlda koʻrsatilgan fidokorlik, gʻazotlar, podshohlarni islomga daʼvat etish, Arabistonda islom dini tantanasi, Muhammad paygʻambarning koʻrsatgan moʻjizalari hamda komil inson sifatidagi oliy fazilatlari bayon qilinadi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Alixontoʻra Sogʻuniy. Tarixi Muhammadiy (Chigʻatoy tili) Jamshid Shodiyev: . Toshkent: "Munir" nashriyoti, 2021 — 720-bet. ISBN 978-9943-6946-3-7. 
  2. Ahmad Muhammad. „Алихонтўра Соғуний“. Islom.uz (20-dekabr 2017-yil). — „1959 йили Алихонтўра Соғуний ўзининг кўпйиллик ижодий меҳнати маҳсули бўлган “Тарихи Муҳаммадий” асарини ёзиб тугатади. Аммо совет тузуми бу асарни босиб чиқаришга рухсат бермайди.“. Qaraldi: 14-may 2024-yil.
  3. Abror Shokirov. „Alixonto`ra Sog`uniyning hayoti va faoliyati“ (19-fevral 2013-yil). Qaraldi: 14-may 2024-yil.
  4. Uvaysxontoʻra Shokirov. „Ulugʻ bobom va «Turkiston qaygʻusi» asari haqida“. Xurshid Davron kutubxonasi (16-mart 2012-yil). Qaraldi: 14-may 2024-yil.
  5. Ozodlik radiosi. „Ozodlikda "O‘zbek imomlari": Alixonto‘ra Sog‘uniy“ (29-fevral 2012-yil). Qaraldi: 14-may 2024-yil.
  6. Bahmanyor Shokirov. „Alixonto‘ra Sog‘uniy qay tarzda o‘g‘irlab ketilgan edi?“. Xabar.uz (8-mart 2018-yil). — „O‘zi shifokor edi-yu, ammo tunu kun bobomning yozuvlarini oqqa ko‘chirish bilan ovora bo‘lardi.“. Qaraldi: 14-may 2024-yil.

Havolalar

tahrir