Tasmachisoy (Tasmanchisoy, Oʻrtabuloq; yuqori va oʻrta oqimida Jizmonsoy) — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy.

Tasmachisoy
Tavsif
Uzunligi 38
Davlat Oʻzbekiston

Joylashuvi

tahrir

Oqdaryoning irmogʻi. Uzunligi 38 km, havzasining maydoni 33 km². Oqtov tizmasining janubiy yon bagʻridagi buloqdan boshlanadi. Qoryomgʻir suvlari, qisman buloqlardan toʻyinadi. Tasmachisoy suvi sugʻorishga sarflanadi. Navandak qishlogʻidan quyiroqda soy har yili qurib qoladi. Murdash qishlogʻi yonida oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi, 0,099 m³/sek, oqim moduli 3,0l/sek.km². Eng koʻp sutkalik suv sarfi martda, suv toshqini mart — aprelda kuzatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. P. G‘ulomov, H. Vahobov, P. Baratov, M. Mamatqulov. Geografiya. O‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI. O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI. (o'zbek). Toshkent: «O‘QITUVCHI» NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI, 2017-yil — 171-bet.