Tatiana Kaawar Ratcu[1] (1979-yil 8-sentabrda Sao Pauloda tugʻilgan) — braziliyalik ayol shaxmatchi, FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM, 1995-yil) unvoniga ega. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Braziliya chempionatida besh karra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1994, 1995, 1996, 1997, 2000-yillar).

Tatiana Ratcu

Ratcu 1996-yilda
Toʻliq ismi Tatiana Kaawar Ratcu
Mamlakat Braziliya bayrogʻi Braziliya
Tugʻilishi 8-sentyabr 1979-yil (1979-09-08) (45 yosh)
São Paulo, Braziliya
Saravha Xalqaro ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2259 (yanvar 2001-yil)

Hayoti

tahrir

Tatiana Ratcu 1979-yil 8-sentabrda Braziliyaning São Paulo shahrida tugʻilgan. 1990-yillarning oxirida Tatiana Kaawar Ratcu braziliyalik ayol shaxmatchilardan biri edi. U 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha, 1992, 1993, 1994-yillarda boʻlib oʻtgan Braziliya chempionatida uch marta gʻolib boʻlgan va ikki marta 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 1996—1997-yillarda boʻlgan musobaqalarda ham gʻoliblikka loyiq koʻrilgan. Shuningdek, u ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Braziliya chempionatida gʻoliblikka erishdi (1996, 1998-yillar). Ratcu besh marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Braziliya chempionatida gʻolib boʻldi, jumladan: 1994, 1995, 1996, 1997 va 2000-yillar.[2] 1995-yilda Ratcu Kishinev shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 43-oʻrinni egalladi.[3] 1998-yilda Rio-de-Janeyroda u Braziliya terma jamoasi bilan oʻsmirlar oʻrtasidagi 1-jahon shaxmat chempionatida gʻolib shoxsupasiga koʻtarildi.[4]

Ratcu ayollar shaxmat olimpiadalarida Braziliya terma jamoasi safida oʻynagan, jumladan:[5]

  • 1996-yilda Yerevanda oʻtkazilgan 32-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi oʻrinni egalladi (+7, =2, −5),
  • 1998-yilda Elista shahridagi 33-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi oʻrinni egalladi (+2, =6, −4),
  • 2000-yilda Istanbuldagi 34-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi oʻrinni egalladi (+6, =5, −1).

1995-yilda Tatiana Ratcu FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.

2000-yillarning boshidan beri Ratcu shaxmat turnirlarida juda ham kam qatnashgan. Hozirda u shaxmat musobaqalarida ishtirokini toʻxtatgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Tatiana Kaawar Ratcu player profile“. ChessBase.com. Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.
  2. „Campeonatos Brasileiros“ (pt-br). BrasilBase.pro.br. — „Tatiana Ratcu“. Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
  3. „1995 Kishinev Interzonal Tournament : World Chess Championship (women)“. Mark-Weeks.com. — „Ratcu T“. Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
  4. „1st World Junior Team Chess Championship, Rio de Janeiro 1998, Brazil "A"“. OlimpBase.org. — „Ratcu, Tatiana“. Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
  5. „Women's Chess Olympiads :: Tatiana Ratcu“. OlimpBase.org. Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.

Havolalar

tahrir
  • Tatiana Ratcu rating card at FIDE (archive)