Tatyana Adamovna Alizar – rossiyalik gandbolchi (darvozabon), murabbiy va oʻqituvchi. Ikki karra jahon chempioni (2001, 2005). Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2000). Olti karra Rossiya chempioni. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2002). Pedagogika fanlari nomzodi (2010).

Biografiyasi

tahrir

Tatyana Adamovna Alizar 1978-yil 21-noyabrda Volgogradda tugʻilgan. 2002-yilda Volgograd davlat jismoniy tarbiya akademiyasini tamomlagan.

Volgograd viloyat Olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabida[1] murabbiylar Vyacheslav Vladimirovich Kirilyenko, Vasiliy Viktorovich Bushnev va Vladimir Fyedorovich Chivikov[2] bilan gandbol oʻynashni boshlagan.

Volgogradning Dinamo (1997—2005, 2008—2010), Sloveniya Krimi (2005—2007), Turkiya Milliy Pyango (2007—2008), Ispaniyaning Itchako (2010—2011) va Zvenigorod Zvezda klublarida oʻynagan (2011)[3][4][5][6].

Yevgeniy Vasilyevich Trefilov boshchiligidagi Rossiya ayollar jamoasi tarkibida Tatyana ikki marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan (2001[7], 2005)[8], shuningdek, 2000-yilda Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Sportdagi faoliyatini yakunlagach, Volgogradning „Dinamo-2“ va „Dinamo-VKOR“ jamoalarida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan. Hozirda Volgograd davlat jismoniy tarbiya akademiyasining „Sport oʻyinlari nazariyasi va metodikasi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, qoʻl toʻpi nazariyasi va metodikasi, shuningdek, amaliy jismoniy madaniyatdan dars beradi[9]. 2010-yilda „Yuqori malakali gandbol darvozabonlarini tayyorlashni individuallashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, „Pedagogika fanlari nomzodi“ ilmiy darajasini olgan[10][11].

Yutuqlari

tahrir

Milliy terma jamoadad

tahrir
  • Ikki karra jahon chempioni (2001, 2005).
  • Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2000).

Klublarda

tahrir
  • Olti karra Rossiya chempioni (1999—2001, 2009, 2010).
  • Rossiya chempionatining toʻrt karra kumush medali sovrindori (2002-2005).
  • Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (1998).

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir