Tea Lanchava
Tea Lanchava (1974-yil 11-sentabrda Gruziya, Kutaisi shahrida tugʻilgan) — xalqaro sport ustasi (2004) va ayol grossmeyster (2001) unvonlariga ega ayol shaxmatchi.
Tea Lanchava | |
---|---|
IM Tea Lanchava 2013-yilda | |
Mamlakat | Niderlandiya |
Tugʻilishi |
11-sentabr 1974-yil Kutaisi, Gruziya |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirTea Lancheva 1974-yil 11-sentabrda Gruziyada dunyoga kelgan, 5 yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan. Unga ota-onasi ustozlik qilishgan, keyinchalik qizaloqdagi mahoratni sezgan ota-onani uni proffesional murabbiy qoʻliga topshirishadi.
U 1988-yili oʻtkazilgan 14 yoshgacha oʻsmirlar shaxmat musobaqasi va 1990-yilda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlganlar toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida sobiq jahon chempioni hisoblanadi.[1]
Tea Lanchava 1995-yildan buyon Gollandiyada istiqomat qiladi va 1997-yildan beri Gollandiya Qirollik shaxmat federatsiyasi vakili hamdur. U 2008 va 2009-yillardan tashqari boshqa barcha shaxmat olimpiadalari va Yevropa chempionatlarida muntazam ishtirok etib keladi.[2]
Tea Lanchava 2004-yil FIDE tomonidan xalqaro usta maqomiga erishgan. Bundan avval yaʼni 2001-yilda u ayol grossmeyster unvonini ham qoʻlga kirtgan edi.
2012-yilda Tea Lanchava Gollandiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi. Shuningdek, u grossmeyster (GM) Zhaoqin Pengni ortda qoldirib, koʻp marta ikkinchi oʻrinni egallagan.
2017-yilda Gollandiya ayollar chempionatida Tea Lanchava qoʻshma tarzda birinchi oʻrinni egalladi, ammo tay-breykda Anne Xaastga yutqazib qoʻydi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Tea Lanchava Chjaoqin Pengdan yarim ochko ortda qolgan holda ikkinchi oʻrinni egalladi.
2006-yili Kushadasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa individual chempionatida Yekaterina Atalikdan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.[3]
Gollandiya shaxmat federatsiyasi
tahrir2018-yilda Tea Lanchava Gollandiya shaxmat federatsiyasining faxriy aʼzosi etib tayinlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „A mix of beautiful dreams“. ChessBase (11-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 7-iyul 2009-yil.
- ↑ Bartelski. „Women's Chess Olympiads: Tea Lanchava“. OlimpBase. Qaraldi: 7-iyul 2009-yil.
- ↑ Crowther. „The Week in Chess 597: 7th European Individual Chess Championships“. London Chess Center (17-aprel 2006-yil). Qaraldi: 7-iyul 2009-yil.