Toʻlqin Iskandarov
Iskandarov Toʻlqin Iskandarovich (1939-yil 25-aprel, Toshkent) — gigiyenist, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tibbiyot fanlari doktori (1976), professor (1977). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor (1984). Toshkent TIni tugatgan (1962). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1967—1970), mehnat gigiyenasi boʻlimi mudiri (1970—1972), direktor (1980—1989, 1995-yildan), Toshkent tibbiyot akademiyasi kommunal gigiyena kafedrasi mudiri (1972—1998). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1989—1995). Issiq iqlim sharoitida paxtachilikda qoʻllaniladigan pestitsidlar gigiyenasi va toksikologiyasi ustida tadqiqot olib borib, tashqi muhitni pestitsidlar taʼsiridan muhofaza qilish va aholi sogʻligʻini saqlash tadbirlarini ishlab chiqqan[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |