Tokelau
Tokelau (inglizcha: Tokelau) — Yangi Zelandiya tarkibiga kiruvchi hudud (qaram hudud). Tokelau Tinch okeanida Samoaning shimoli-sharqida joylashgan 3 ta kichik oroldan iborat. Tokelau Yangi Zelandiya Qirolligi tarkibiga kiradi. 2006 va 2007-yillardagi referendum natijalariga koʻra, Tokelau Yangi Zelandiya tarkibiga kiruvchi oʻz oʻzini boshqaruvchi tizimga ega davlatga aylangan.
Tokelauning vaziri - Kelihiano Kalolo.
Etimologiya
tahrirPolineziya tilidan tarjima qilingan Tokelau nomi “shimoliy shamol” degan ma'noni anglatadi. 1916-yilgacha bu hudud Yevropaliklarga “Birlashgan orollar” (“United islands”) nomi bilan ma'lum boʻlgan. 1949-yil 1-yanvarda Tokelau qonuni kuchga kirganidan soʻng, avvalgi nom ishlatilmaydigan boʻlib qoldi.
Geografik ma'lumotlar
tahrirTokelau orollari uzunligi 160 km dan ortiq boʻlgan uchta atoldan – Atafu, Nukunonu va Fakaofodan iborat[1]. Tokelau Geografik va maʼmuriy jihatdan Amerika (Sharqiy) Samoaning bir qismi boʻlgan Swains Atollni ham oʻz ichiga oladi. Atollar katta halqa shaklidagi suv osti riflaridan iborat boʻlib, ular ustida koʻplab kichik marjon orollari koʻtariladi. Orollar dengiz sathidan atigi 3–4 m balandlikda joylashgan.
Orollar yuzasi marjon parchalari va marjon qumlaridan tashkil topgan. Serhosil boʻlmagan kalkerli tuproqlarda faqat pandanus, hindiston yongʻogʻi palmalari va butalar oʻsadi.
Tokelau iqlimi doimo issiq, shamolli va namli. Dovullar dekabr-mart oylarida tez-tez uchraydi.
Vaqt zonasi
tahrirTokelau hududi UTC+12 deb nomlangan vaqt mintaqasida joylashgan. Tokelau yozgi vaqtga oʻtmaydi. 2011-yilda Tokelau hukumati 2011-yil 30-dekabr kunini bekor qilishga qaror qildi (ular 29 dan zudlik bilan 31-dekabrga oʻtdi) va shu tariqa dekabrdan boshlab UTC-10 vaqt mintaqasini UTC+12 ga (Yangi Zelandiyaning Birlashgan vaqti) oʻzgartirishdi[2].
Atollarning geografik joylashuvi
tahrirAtollar | Geografik koordinatalar |
---|---|
Atafu | 8°33′6″S 172°30′3″W / 8.55167°S 172.50083°W |
Nukunonu | 9°10′6″S 171°48′35″W / 9.16833°S 171.80972°W |
Fakaofo | 9°21′55″S 171°12′54″W / 9.36528°S 171.21500°W |
Tarixi
tahrir1889-yilda orollar Britaniya protektoratiga aylandi. 1916-yildan beri ular Gilbert va Ellis orollaridagi Britaniya mustamlakasi tarkibiga kiradilar. 1925-yilda ular Yangi Zelandiya boshqaruviga oʻtkazildi.
Hozirgi vaqtda Tokelau Yangi Zelandiyaning mulki boʻlib, 1963 va 1999-yillar oraligʻida oʻzgartirilgan Tokelau qonuni bilan boshqariladi. Ushbu hujjatga koʻra, Yangi Zelandiya orollarning mudofaasini ta'minlaydi.
Siyosiy tuzilmasi
tahrirDavlat boshligʻi — Yangi Zelandiya monarxi boʻlib, mamlakatni 2018-yildan buyon Ross Ardern boshqaradi. 1952-yil 6-fevraldan Yelizaveta II Yangi Zelandiya monarxi boʻlgan boʻlsa, 2022-yil 8-sentabrdan buyon uning o‘g‘li Charlz III monarx bo‘lib kelmoqda. Hukumat rahbari Kelixiano Kalolo (2023-yil mart oyidan buyon ushbu lavozimda, hususan 2012-2013, 2019-2020 va 2021-2022 yillarda faoliyat koʻrsatgan) 3 ta atol boshliqlarini oʻz ichiga olgan Faipule kengashini boshqaradi. Kengash hukumat funksiyalarini bajaradi. Shuningdek, uning tarkibiga barcha uch aholi punktining oqsoqollari ham kiradi.
Administrator Yangi Zelandiya tashqi ishlar va savdo vaziri tomonidan tayinlanadi va hukumat boshligʻi atolllarning uchta boshligʻi orasidan bir yilga tayinlanadi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlamentga tegishli (20-oʻrin) - General Fono. Atoll oqsoqollari kengashi (Taupulega) parlamentga vakillarni 3 yil muddatga saylaydi.
2002-yildan beri Tokela hukumati BMTning Dekolonizatsiya qoʻmitasi va Yangi Zelandiya hukumati bilan birgalikda Yangi Zelandiya bilan hamkorlik shartnomasi asosida mustaqil davlat yaratish rejasini ishlab chiqmoqda. Tokela parlamenti mustaqillik uchun ovoz berdi, Yangi Zelandiya parlamenti va BMT esa bu masala bo‘yicha qarorni orollar aholisi o‘rtasida referendum o‘tkazilgunga qadar qoldirdi.
Ma'muriy boʻlinish
tahrirTokelau 3 ta atolga boʻlingan: Ular Atafu, Nukunonu va Fakaofo hisoblanadi. Ularning har birida bir xil nomdagi ma'muriy markazlar mavjud.
№ | Atoll | Ma'muriy markaz | Yer maydoni, km² |
Lagun maydoni, km² |
Aholi, (2011) |
Aholi, (2016-10-18) |
Zichlik, km² |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Atafu | Atafu | 2.03 | 17 | 494/405 | 541/513 | 266,50 / 252,71 |
2 | Nukunonu | Nukunonu | 5.46 | 98 | 407/320 | 452/381 | 82,78 / 69,78 |
3 | Fakaofo | Fakaofo | 2.63 | 50 | 510/480 | 506/391 | 192.40 / 148.67 |
Jami | 10.12 | 165 | 1 411 / 1 205 | 1 499 / 1 285 | 148.12 / 126.98 | ||
Eslatma: Rezident aholi / Joriy aholi |
Sanoati
tahrirTokelau sanoati endigina 2022-yildan o‘sa boshladi.Hozirda sanoatni rivojlantirish uchun Tinch okeanidagi davlatlar bilan hamkorlik qiladi.
Aholi
tahrir- Etnik tarkibi: Polineziyaliklar, oz sonli Anglo-Polineziya mestizolari.
- Dinlar: xristianlar, shu jumladan kongregatsiyachilar (50,4%), katoliklar (38,7%), presviterianlar (5,9%)[3].
Iqtisodiyoti
tahrirOrollar aholisi baliq ovlash va chet eldan qarindoshlari yuborgan mablagʻlar hisobidan kun kechiradi. Yangi Zelandiya katta moliyaviy yordam beradi. Daromadning bir qismi pochta markalari va esdalik tangalari chiqarishdan tushadi[4]. Mamlakat daromadining muhim qismi ".tk" milliy domen zonasidan tushadi. Ushbu domen zonasidagi reklama daromadlari hudud yalpi mahsulotining taxminan 20% ni tashkil qiladi[5][6].
Hududda hindiston yongʻogʻi, non mevasi, papayya va banan yetishtiriladi. Choʻchqalar, echkilar va parrandalar boqiladi.
2012-yilgacha elektr energiyasi dizel elektr stansiyalari yordamida ishlab chiqarilgan. Dizel yoqilgʻisini sotib olish har yili taxminan 1 million dollarni tashkil etardi. 2012-yil noyabr oyidan boshlab Tokelau orollari 100% quyosh energiyasiga oʻtdi. Loyiha qiymati 8,5 million dollarni tashkil etdi, shundan yetti millioni Yangi Zelandiya hukumati tomonidan ajratilgan[7].
Adabiyotlar
tahrir- ↑ Фейрбридж 1980.
- ↑ „Жители островов Токелау отменили 30 декабря 2011 года“. 2012-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-noyabr.
- ↑ „TOKELAU“ (en). The World Factbook. ЦРУ. 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
- ↑ МОНЕТЫ ОСТРОВОВ ТОКЕЛАУ — ЗАМОРСКОЙ ТЕРРИТОРИИ НОВОЙ ЗЕЛАНДИИ.
- ↑ „Не верблюдами едиными / «Expert Online» /12 апр 2013“. 2013-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-aprel.
- ↑ „Не верблюдами едиными“. Expert Online (2013-yil 12-aprel). 2013-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Новая Зеландия подключила архипелаг к Солнцу“. Lenta.ru (2012-yil 7-noyabr). 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |