Tom (daryo)
Tom — RF Xakasiya Respublikasidagi daryo, Ob daryosining yirik oʻng irmogʻi. Uzunligi 827 km, havzasining maydoni 62000 km². Abakan tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 1110 m³/sek. Oktyabr— dekabr boshlaridan aprel oxirigacha muzlab yotadi. Yirik irmoklari: chapda — MrasSu, Kondoma, Unga; oʻngda — Us a, Taydon va boshqa Tomning quyilish joyidan Tomsk shahrigacha kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Tom havzasida Kuznetsk kumir havzasi mavjud. Tom boʻyida Novokuznetsk, Kemerovo, Tomsk sh.lari joylashgan.
Tom | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 827 |
Maydoni | 62 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Mintaqa | Xakasiya |
Tom (daryo) |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |