Toqi boʻstonSosoniylar davri Eron meʼmorlik sanʼati yodgorligi (45-asrlar). Shoxlarning ov qoʻrgʻoni, chorbogʻi. Kermonshah (hozirgi Baxtaran)dan 5 km shim. sharqda joylashgan. 2 ravoqli qoya. Kichik ravoq (tarhi 5,8x3,6 m) ni Shopur III (383388), Katta ravoq (tarhi 7,94x6,79 m) ni esa Poroz (457483) yoki Xisrav II (590628) qurdirgan. Ravoqlardagi boʻrtma tasvirlarda haykalchalar, toʻngʻiz va bugʻu ovi tasviri hamda yozuvlar saqlangan.