Toshkeskansoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Chatqol tizmasining 3380 m balandlikdagi muzliklaridan boshlanadi. Uz. 26 km. Havzasi maydoni 103 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 4 m³/sek. gacha. 6 ta irmogʻi boʻlib, ulardan 2 tasi muzliklardan va qolganlari buloqlardan suv oladi. Soy Chatqol qoʻriqxonasidan oqib oʻtib, Qorabuzuqsoyga quyiladi. Bahor va yoz oylarida toʻlib oqadi. Suvidan Boʻstonliq tumani ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.

Toshkeskansoy
Tavsif
Uzunligi 26
Davlat Oʻzbekiston