Toshpo‘lat Ahmad
Toshpoʻlat Ahmad (1942-yil 13-dekabrda Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir, yozuvchi va jamoat arbobi.
Toshpo‘lat Ahmad | |
---|---|
Tavalludi |
13-dekabr 1942-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Samarqand Davlat universiteti |
Kasbi | shoir, yozuvchi, tarjimon |
Unvoni | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Mukofotlari | Mehnat shuhrati (1998), El-yurt hurmati (2007) |
Hayoti va ijodi
tahrirToshpoʻlat Ahmad 1942-yil 13-dekabrda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Denav qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Samarqand davlat universitetida tahsil olgan (1959—1964). Turli yillarda Samarqand viloyat gazetasi adabiy xodimi, „Buxoro haqiqati“ viloyat gazetasi adabiy xodimi, tarjimoni, boʻlim mudiri, bosh muharriri boʻlib ishlagan. 1996-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat boʻlimi mas’ul kotibi[1].
Ijodkor „Buxoro yulduzi“ hujjatli qissasi, „Qasam va qasos“, „Oʻgʻlingman, hayot!“, „Qalbning oppoq gavhari“ kabi ocherklar, „Ochiq eshik“ nomli hikoyalar, „Minorlar va chinorlar“, „Oydin xayollar“, „Tabassum bogʻi“, „Imon qal’asi“ singari she’riy kitoblar muallifi.
Toshpoʻlat Ahmad, shuningdek, tarjimon hamdir. Tojikiston xalq yozuvchisi Jalol Ikromiyning „Qora quzgʻunlar“ romani uning tarjimasida oʻzbek kitobxoni qoʻliga borib yetgan. Bundan tashqari, Rasul Hamzatov, Vladimir Solouxin, Avetik Isaakyan, Ovanes Sheroz, Loyiq Sherali, Ahmad Muxtor singari qardosh shoirlarning asarlarini ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Keyingi yillarda shoirning Buxoroning 2500 yilligiga bagʻishlangan „Sharq tumori“, „Figʻon“, „Ahli muslim mehrobi“, „Buxoronoma“ (saylanma), „Chorbakr“, „Gavhari jonim“, „202 atirgul“ nomli sheʼriy kitoblari chop etilgan va „Figʻon“ pyesasi sahna yuzini koʻrgan.
Asarlari rus, tojik, turkman, venger, ispan, turk, qozoq tillariga tarjima etilgan[2].
Asarlari
tahrir- „Buxoro yulduzi“ (hujjatli qissa)
- „Ochiq eshik“ (hikoyalar)
- „Figʻon“ (pyesa)
Ocherklar:
- „Qasam va qasos“
- „Oʻgʻlingman, hayot“
- „Qalbning oppoq gavhari“
Sheʼriy kitoblar:
- „Minorlar va chinorlar“
- „Oydin xayollar“
- „Tabassum bogʻi“
- „Imon qalʼasi“
- „Sharq tumori“
- „Figʻon“
- „Ahli muslim mehrobi“
- „Buxoronoma“ (saylanma)
- „Chorbakr“
- „Gavhari jonim“
- „202 atirgul“
Tarjimalari
tahrir- Jalol Ikromiy „Qora quzgʻunlar“ (roman)
- Rasul Hamzatov, sheʼrlar
- Vladimir Solouxin, sheʼrlar
- Avetik Isaakyan, sheʼrlar
- Ovanes Sheroz, sheʼrlar
- Loyiq Sherali, sheʼrlar
- Ahmad Muxtor, sheʼrlar
Manbalar
tahrir- ↑ „Toshpo‘lat Ahmad (1942)“. ziyouz.com. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.
- ↑ „Toshpo‘lat Ahmad“. arboblar.uz. Qaraldi: 7-aprel 2024-yil.