Troya muzeyi
39°57′0″N 26°15′2″E / 39.95000°N 26.25056°E
Troya muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 2018–yil 10–oktabr |
Joylashuvi | Turkiya |
Toʻplam | 40000 eksponat |
Turi | Arxeologik |
Troya muzeyi Vikiomborda |
Troya muzeyi (turkcha: Troya Müzesi) – Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi qadimiy Troya shahri arxeologik yodgorligi yaqinida joylashgan arxeologik muzey.
2018–yilda ochilgan. Zamonaviy meʼmoriy binoning yetti boʻlimida Troya va boshqa qadimiy shaharlar atrofidagi hamda yaqin orollardan topilgan tarixiy ashyolarni namoyish etiladi. Muzey direktori Ridvan Goljuk[1]. Muzey 2020–yilgi Yevropa yil muzeyi mukofoti va Yevropa muzey akademiyasining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi[2][3][4].
Muzey binosi
tahrirTroya muzeyi Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismi, Chanoqqal’a Tevfikiye qishlogʻidagi Troya shahri arxeologik yodgorligidan 800 m (2,600 ft) sharqda joylashgan.
Muzey binosi uchun dizayn tanlovida 2011-yilda Yalın Mimarlik gʻolib boʻlgan. Mimarlik binoni zamonaviy meʼmoriy uslubda loyihalashtirgan. Qurilish 2013–yilda boshlangan, 2015–yilda toʻxtab qolgan. 2017–yilda qayta boshlangan
Kvadrat shaklidagi toʻrt qavatli kub shaklidagi bino zang rangdagi poʻlat bilan qoplangan. Binoning balandligi Troya arxeologik maydonidagi qazish ishlarining chuqurligiga teng. Koʻrgazma maydoni 2,700 m2 (29,000 kv ft) ichki maydon bilan birgalikda 12,750 m2 (137,200 kv ft). Podval xizmat vazifalari uchun ajratilgan.
Binoning umumiy qiymati 45 million ₺ (taxminan 8 million dollar)ni tashkil etdi. Muzey 2018–yil 10–oktabrda Turkiyada „Troya yili“ deb eʼlon qilinganida ochilgan.
Eksponatlar
tahrirKirish qismi devorlaridagi boʻshliqlarda Troyadagi qazishmalardan olingan qabr toshlari, katta oʻlchamli haykallar, va devor oʻlchamidagi fotosuratlar mavjud. Muzeyda vizual grafik dizaynlar, dioramalar va interaktiv displeylar ham mavjud.
Muzey yettita boʻlimdan iborat. Birinchi qavat bugungi kunda Biga yarim orolida joylashgan Troad mintaqasidagi artefaktlar uchun ajratilgan. Bular Assos (Behramkale), Tenedos (Bozcaada), Parium, Aleksandriya Troas (Eski Istambul), Smintheion, Lampsakus (Lapseki yaqinida), Timbra, Tavoliya va Imbros (Gökçeada) qadimiy shaharlaridan qazib olingan buyumlardir. Muzeyning 40 000 ga yaqin eksponatlari Chanoqqal’a arxeologiya muzeyi, Istanbul arxeologiya muzeylari va Anadolu sivilizatsiyalari muzeyidan koʻchirilgan. Troya tangalari Izmir arxeologiya muzeyidan olib kelingan. Koʻrgazmalar orasida koʻz yosh ushlagichlar, shisha, terakota atirdonlari, haykalchalar, tilla buyumlar, marjon, bilaguzuklar, tangalar, bezaklar, suyak buyumlari, asboblar, metall idishlar, terakotadan yasalgan idishlar, qurollar, bolta, kesgichlar, yozuvlar, qurbongohlar, sarkofaglar mavjud. Diqqatga sazovor buyumlar orasida 1994–yilda qazilgan Polyxena sarkofagi va 2012–yilda topilgan yunon xudosi Triton haykali bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Exhibition featuring 150th anniversary of Troy Excavations opens to visitors“. Hurriyet Daily News (2021-yil 30-avgust).
- ↑ „Turkish museum receives European Museum Academy award“. Anadolu Agency (2021-yil 19-sentyabr).
- ↑ „2020/2021 European Museum Academmy Awards The Judge's Report“.
- ↑ „The Winners of EMYA 2020 and 2021 are announced“. europeanforum.museum. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
Vikiomborda Troya muzeyi haqida turkum mavjud |