Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolidaTurkmaniston nomini himoya qiladi. Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk xalqaro o‘yinini 2019-yilning 24-fevralida Qozog‘iston ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan. Bu uchrashuv 2019-yilgi ayollar o‘rtasidagi Turkiya kubogida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib bu oʻyinda Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 6:0 hisobida raqiblariga mag‘lub bo‘lishgan.
Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi Turkmaniston ayollar futbol assotsiatsiyasi vakilli jamoasi hisoblanadi. Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasining boshqaruv organi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC)ning rasmiy aʼzosi sifatida xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda maydonga tushadi. Milliy terma jamoaning ilk rasmiy oʻyini 2019-yilda Qozogʻistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi. Shundan soʻng Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi Turkiya ayollar kubogida ishtirok etib, ushbu turnirda so‘nggi o‘rinni egalladi[1].
2022-yil iyun holatiga ko‘ra, Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar o‘rtasidagi jahon reytingi hisobiga kiritilmagan[2][1][3].
Quyida soʻnggi 12 oydagi oʻyin natijalari, shuningdek, rejalashtirilgan boʻlajak oʻyinlar roʻyxati keltirilgan.
Turkmaniston 2020-yil 6-avgust kuni COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq sayohat cheklovlari tufayli Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2022 saralash bosqichidan chiqdi[4]. Lekin 2022-yil boshida CAFA Ayollar Chempionati 2022da ishtirok etishini eʼlon qildi[4].
Turnir va sanasi
Jamoa
Hisob
Raqib jamoa
Uchrashuv oʻtkazilgan joy
8-iyul, CAFA Ayollar Chempionati 2022
TurkmanistonPryannikova 65'
1-1
Tojikiston
Mirzoeva 7'
Dushanbe, Tojikiston
Stadion: Markaziy Respublika stadioni
Hakam: Malika Kadyrova (Qirgʻiziston)
Turnir va sanasi
Jamoa
Hisob
Raqib jamoa
Uchrashuv oʻtkazilgan joy
11-iyul, CAFA Ayollar Chempionati 2022
Turkmaniston
0-0
Qirgʻiziston
Dushanbe, Tojikiston
Stadion: Markaziy Respublika stadioni
Hakam: Mahsa Ghorbani (Eron)
Turnir va sanasi
Raqib jamoa
Hisob
Jamoa
Uchrashuv oʻtkazilgan joy
14-iyul, CAFA Ayollar Chempionati 2022
Oʻzbekiston
Zaynitdinova 6'
Mamatkarimova 50', 58'
Norboeva 64'
Zaripova 79'
Khusniddinova 90+2'
6-0
Turkmaniston
Dushanbe, Tojikiston
Stadion: Markaziy Respublika stadionii
Hakam: Nodira Mirzoeva (Tojikiston)
Turnir va sanasi
Raqib jamoa
Hisob
Jamoa
Uchrashuv oʻtkazilgan joy
17-iyul, CAFA Ayollar Chempionati 2022
Eron
Foroozandeh 4'
Motevallitaher 28'
Chatrenoor 69'
Zolfi 74'
4-0
Turkmaniston
Dushanbe, Tojikiston
Stadion: Markaziy Respublika stadioni
Hakam: Nodira Mirzoeva (Tojikiston)
Turkmaniston 6-avgust kuni COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq sayohat cheklovlari tufayli Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2022 saralash bosqichidan chiqdi[5].