Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi (lotincha: Ursus arctos isabellinus) — qoʻngʻir ayiqning (lot. Ursus arctos) alohida kenja turi.

Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Ayiqlar
Urugʻ: Ursus
Turlari: Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi
Xalqaro ilmiy nomi
Ursus arctos isabellinus Horsfield, 1826

Tavsif

tahrir
 
Toshkent hayvonot bog'idagi Tyan-Shan ayig'i

Bu tur Pomir, Tyan-Shan va Himolay togʻlarida yashaydi. Nisbatan kichik oʻlchamga ega: tana uzunligi 1,5-2,2 m, vazni 135-200 kg. Biroq, ularning yirik turi ham uchrashi mumkin. 2005-yildan buyon Moskvadagi Losiniy orollari jamgʻarmasining "Ayiq burchagi" biostansiyasida 24 yoshli (2017-yilda) deyarli uch metr-u 700 kilogrammlik ulkan Dobrinya, boʻyin yoqalari toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, mahalliy bolalarning sevimlisi sanaladi[1]. Asosiy farqlovchi xususiyati — old panjalardagi uzun yorqin tirnoqlari boʻladi. Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi hamma narsa bilan: u oʻtlar, ildizpoyalari, piyozchalari, mevalari va rezavorlari bilan oziqlanadi. Ba’zan u sugʻur va quyonsimonlarni ham ovlaydi. Hattoki oʻlaksalardan ham tap tortmaydi. Koʻpayishi qishda uyada sodir boʻladi, odatda 1-2 tagacha bolalaydi.

Maqomi: 3-toifa. tarqalishi va soni kamayib borayotgan noyob tur.

Tarqalishi

tahrir

Tyan-Shan tizmalari: Qorjontogʻ, Ugam, Pskem, Chotqol[2], Talass, Qirgʻiz, Zaylis, Kungey, Teskey, Oloy, Ketmenl , Talass, Qirgʻiz, Zaylis, Kungey, Teskey, Oloy, Ketmen, shuningdek, Jungʻor Ola-Togʻda periferik togʻ tizmalarida tarqalgan. Oltin- Emel, Toʻqsonboy, Koyandytau, Kaykan. XX asrning 40-yillarida Sirdaryo Qoratovida gʻoyib boʻlgan[3].

Qoʻngʻir ayiqning ikkita kichik turidan biri Qozogʻiston, Qirgʻiziston faunasida va MDH faunasida 6-7 kenja turidan biri saqlanadi. Oqsuv-Jabogʻli, Issiqkoʻl, Olmaota qoʻriqxonalarida, Olmaota, Lepsin va Toktin[4] (Qozogʻiston) buyurtmaxonalarida va Chotqol qoʻriqxonasida (Oʻzbekiston) muhofaza qilinadi.

Yashash joyi

tahrir

Togʻlarning dengiz sathidan 1500- 3500 metr balandlikda boʻlgan oʻrta va yuqori qismlari – togʻ oʻrmoni, siyrak oʻrmon, subalp va alp oʻtloqlarida uchraydi.

1970-1980-yillarda Gʻarbiy Tyan-Shanda 200-220 tasi hisobga olingan; muhofaza choralari tufayli soni barqarorlashgan. Farbiy Tyan-Shanda umumiy koʻrsatkich 250-300 taga yetgan. Piskom daryosi vodiysining yuqori qismida 1 ta yirik darada 2-3 ta, Chotqol qoʻriqxonasida 40- 45 tasi qayd etilgan. Gʻarbiy Pomir-Oloyda katta qismi Hisor tizmasida hayot kechiradi. Hisor qoʻriqxonasida qoʻngʻir ayiqlar oʻrtacha 157 tani tashkil etadi.

Hayot tarzi

tahrir

Mart-oktabrda koʻpincha ertalab va kechki paytlari faol, inlariga berkinadi va oʻsha yerda qishlaydi ham. May-iyunda juftlashadi; ikki yilda bir marta – yanvar-fevralda – bolalaydi (1-3). Bolalari mart-aprelda inlaridan chiqadi, 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Mevalar, ildizlar, ba’zan sutemizuvchilar, hasharotlar, oʻlaksalar bilan oziqlanadi. 30 yilgacha yashaydi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Помочь Малышу — Из пустого в порожнее: записки баронессы Пампа“. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-oktyabr.
  2. „Хотите знать о медведях больше? — «Экологический вестник», № 7, 2007 г.“. 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  3. Грачев Ю.А.. Бурый медведь, Млекопитающие Казахстана, Алма-Ата: "Наука" КазССР, 1981 — 159-bet. 
  4. „Красная книга Казахстана ::: Тяньшанский бурый медведь (Ursus arctos isabellinus)“. 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-aprel.
  5. ҚЎНҒИР АЙИҚ (Wayback Machine saytida 2022-08-19 sanasida arxivlangan) Redbook.uz