Universal bank
„Universal bank“ ATB — aksiyadorlik-tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistondagi bosh ofisi Toshkent shahrida joylashmagan 3 ta tijorat banklaridan biri. Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2001-yil 20-martda berilgan 68-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi [1]. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning oʻrtamiyona banklaridan (16-oʻrinda) hisoblanadi [2]. 2023-yil 23-may holatiga koʻra, Universal bankning 6 ta filiali [3], 8 ta bank xizmatlari markazi (BXM) hamda 17 ta minibanki [4] faoliyat koʻrsatmoqda.
Universal bank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Litsenziyasi | №68 2001-yil 20-mart |
Birja listingi | UNVB,UZ7046910004 |
Asos solingan | 2001 |
Egalari | |
Sayti | https://universalbank.uz/private |
Tarixi
tahrirUniversal bank 2001-yilda Qoʻqon shahrida tashkil etilgan.
2003-yil 28-aprel — bankning Toshkent filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 53-uy, 100029. MFO: 00996 [3].
2015-yil 28-may — bankning Fargʻona filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Al-Fargʻoniy koʻchasi, 69-uy, 150105. MFO: 01131 [3].
2017-yil 28-iyul — bankning Buvayda filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Fargʻona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi, Hilol koʻchasi, 22-uy, 151900. MFO: 01151 [3].
2019-yil 23-may — bankning Zangiota filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar qoʻrgʻoni, Mustaqillik koʻchasi, 24-uy, 111800. MFO: 01174 [3].
2021-yil 14-iyun — bankning Mirobod raqamli filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob koʻchasi, 14-uy, 100015. MFO: 01186 [3] [5].
2021-yil 20-dekabr — bankning Chust filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri, Chustiy koʻchasi, 23-uy, 161100. MFO: 01193 [3] [6].
Bank infratuzilmalari geografiyasi
tahrirUniversal bank Toshkent shahri va 7 ta viloyatda mijozlarga oʻz xizmatini koʻrsatib keladi [7].
- Toshkent shahri — Toshkent filiali, Mirobod raqamli filiali, Bobur BXM
- Andijon viloyati — Andijon, Baliqchi, Jalaquduq mini-banklari
- Buxoro viloyati — Buxoro BXM
- Fargʻona viloyati — Fargʻona va Buvayda filiallari, Qoʻqon shahridagi Toʻlov markazi, Navoiy, Quvasoy, Rishton, Uchkoʻprik BXM, Bagʻdod, Beshariq, Dangʻara, Oltiariq, Qirguli, Quva, Qoʻshtepa, Toshloq, Vodil, Yaypan mini-banklari
- Namangan viloyati — Chust filiali, Toʻraqoʻrgʻon BXM, Pop, Yangiqoʻrgʻon mini-banklari
- Navoiy viloyati — Navoiy mini-banki
- Qashqadaryo viloyati — Qarshi BXM, Shahrisabz mini-banki
- Toshkent viloyati — Zangiota filiali
Korporativ boshqaruvi
tahrirUniversal bank „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonunning yangi tahriri 32-moddasiga binoan [8] 3 pogʻonali boshqaruv organi tomonidan boshqariladi:
- Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi;
- Bank Kuzatuv kengashi;
- Bank Boshqaruvi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bank boshqaruvining oliy organi boʻlib, bankning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarining maʼlum muddatda yigʻilib, vakolati doirasida bank uchun qarorlar qabul qiladi.
Bank Kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bank Boshqaruvining faoliyatini tekshiradi, hisobotlarini qabul qiladi. Universal bank Kuzatuv kengashi 7 kishidan iborat: Anvar Irchayev (Kuzatuv kengashi raisi), Sharif Norov (Kengash aʼzosi), Aziz Sattarov (Kengash aʼzosi), Ubaydulla Gazaxunov (Kengash aʼzosi), Azamat Abdusamatov (Kengash aʼzosi), Davron Xasanov (Kengash aʼzosi) hamda Anvar Arslanov (Kengash aʼzosi) [9].
Bank Boshqaruvi bankning ijro organi hisoblanib, kundalik faoliyatdagi barcha joriy faoliyatga javob beradi. Universal bank Boshqaruvi 5 kishidan iborat [9]:
- Buvanazarov Alisher Anvarovich — Boshqaruv raisi (2022-yil 18-fevraldan [10]);
- Mirzayev Aziz Valiyevich — Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari;
- Karabaev Rustam Ravshanovich — Boshqaruv raisi oʻrinbosari;
- Abdullaev Shavkatjon Ismoilovich — Bosh buxgalter;
- Ismoilov Mavzurjon Ahadovich — Bank xizmatlarini tashkil etish hamda rivojlantirish departamenti direktori.
Manbalar
tahrir- ↑ „Aksiyadorlik tijorat banki "Universal bank"“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „Ўзбекистон банклари 2022 йилда қарийб 10 трлн. сўм соф фойда олди“. Bankers.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 „Tijorat banklarining filiallari“. cbu.uz. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „Filiallar va bankomatlar“. universalbank.uz. "Universal bank" ATB. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „ФИЛИАЛЛАР РЎЙХАТИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР“. openinfo.uz. Korporativ axborot yagona portali. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „Chust tumanida “Universalbank” filialining yangi binosi ochildi“. Kun.uz (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „Filiallar va bankomatlar“. universalbank.uz. "Universal bank" ATB. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „Bank Boshqaruvi“. universalbank.uz. Universal bank. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „Универсалбанкка Бошқарув раиси тайинланди“. Bankers.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.