„Universal bank“ ATB — aksiyadorlik-tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistondagi bosh ofisi Toshkent shahrida joylashmagan 3 ta tijorat banklaridan biri. Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2001-yil 20-martda berilgan 68-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi [1]. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning oʻrtamiyona banklaridan (16-oʻrinda) hisoblanadi [2]. 2023-yil 23-may holatiga koʻra, Universal bankning 6 ta filiali [3], 8 ta bank xizmatlari markazi (BXM) hamda 17 ta minibanki [4] faoliyat koʻrsatmoqda.

Universal bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Litsenziyasi №68 2001-yil 20-mart
Birja listingi UNVB,UZ7046910004
Asos solingan 2001 (23 yil avval) (2001)
Egalari
Sayti https://universalbank.uz/private

Tarixi

tahrir

Universal bank 2001-yilda Qoʻqon shahrida tashkil etilgan.

2003-yil 28-aprel — bankning Toshkent filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 53-uy, 100029. MFO: 00996 [3].

2015-yil 28-may — bankning Fargʻona filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Al-Fargʻoniy koʻchasi, 69-uy, 150105. MFO: 01131 [3].

2017-yil 28-iyul — bankning Buvayda filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Fargʻona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi, Hilol koʻchasi, 22-uy, 151900. MFO: 01151 [3].

2019-yil 23-may — bankning Zangiota filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar qoʻrgʻoni, Mustaqillik koʻchasi, 24-uy, 111800. MFO: 01174 [3].

2021-yil 14-iyun — bankning Mirobod raqamli filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob koʻchasi, 14-uy, 100015. MFO: 01186 [3] [5].

2021-yil 20-dekabr — bankning Chust filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri, Chustiy koʻchasi, 23-uy, 161100. MFO: 01193 [3] [6].

Bank infratuzilmalari geografiyasi

tahrir

Universal bank Toshkent shahri va 7 ta viloyatda mijozlarga oʻz xizmatini koʻrsatib keladi [7].

Korporativ boshqaruvi

tahrir

Universal bank „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonunning yangi tahriri 32-moddasiga binoan [8] 3 pogʻonali boshqaruv organi tomonidan boshqariladi:

  • Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi;
  • Bank Kuzatuv kengashi;
  • Bank Boshqaruvi.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bank boshqaruvining oliy organi boʻlib, bankning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarining maʼlum muddatda yigʻilib, vakolati doirasida bank uchun qarorlar qabul qiladi.

Bank Kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bank Boshqaruvining faoliyatini tekshiradi, hisobotlarini qabul qiladi. Universal bank Kuzatuv kengashi 7 kishidan iborat: Anvar Irchayev (Kuzatuv kengashi raisi), Sharif Norov (Kengash aʼzosi), Aziz Sattarov (Kengash aʼzosi), Ubaydulla Gazaxunov (Kengash aʼzosi), Azamat Abdusamatov (Kengash aʼzosi), Davron Xasanov (Kengash aʼzosi) hamda Anvar Arslanov (Kengash aʼzosi) [9].

Bank Boshqaruvi bankning ijro organi hisoblanib, kundalik faoliyatdagi barcha joriy faoliyatga javob beradi. Universal bank Boshqaruvi 5 kishidan iborat [9]:

  • Buvanazarov Alisher Anvarovich — Boshqaruv raisi (2022-yil 18-fevraldan [10]);
  • Mirzayev Aziz Valiyevich — Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari;
  • Karabaev Rustam Ravshanovich — Boshqaruv raisi oʻrinbosari;
  • Abdullaev Shavkatjon Ismoilovich — Bosh buxgalter;
  • Ismoilov Mavzurjon Ahadovich — Bank xizmatlarini tashkil etish hamda rivojlantirish departamenti direktori.

Manbalar

tahrir
  1. „Aksiyadorlik tijorat banki "Universal bank"“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  2. „Ўзбекистон банклари 2022 йилда қарийб 10 трлн. сўм соф фойда олди“. Bankers.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 „Tijorat banklarining filiallari“. cbu.uz. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  4. „Filiallar va bankomatlar“. universalbank.uz. "Universal bank" ATB. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  5. „ФИЛИАЛЛАР РЎЙХАТИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР“. openinfo.uz. Korporativ axborot yagona portali. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  6. „Chust tumanida “Universalbank” filialining yangi binosi ochildi“. Kun.uz (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  7. „Filiallar va bankomatlar“. universalbank.uz. "Universal bank" ATB. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  8. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  9. 9,0 9,1 „Bank Boshqaruvi“. universalbank.uz. Universal bank. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  10. „Универсалбанкка Бошқарув раиси тайинланди“. Bankers.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.