41°27′7″N 69°30′9″E / 41.45194°N 69.50250°E / 41.45194; 69.50250

Masjid
Usmon ota jome masjidi
Usmon ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Oʻrta Chirchiq
Manzil Usmon ota koʻchasi[1]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Binokorlik 2020-yil, mart2022-yil, 2-avgust
Soʻngi imom Marhumov Faxriddin[1]
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 3
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 50 m
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona
Map
Usmon ota jome'-masjidining xaritada koʻrinishi


Usmon ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyatida joylashgan[2][3]. Mazkur masjidda mahalliy musulmonlar bilan bir qatorda, qoʻshni hududlardan keluvchi aholi vakillari kunlik besh vaqt namoz oʻqishi bilan birga Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namozlarini jamoat tarzda oʻqilishiga moslashgan nafaqat tumandagi, balki viloyat miqyosidagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadi[1]. Mustaqillik yillaridan keyingi masjidning yangi binosi ishga tushganidan soʻng unga tashrif buyuruvchilar soni va namozxonlar safi yanada kengaydi. Ushbu masjid oʻzining boy va nomaʼlum tarixiga ega boʻlib, Oʻrta Chirchiq tumanining eng qadimiy masjidi, hamda, diqqatga sazovor boʻlgan asosiy maskanlardan biri hisoblanadi. Mazkur masjidning Usmon ota deyilishiga sabab qadimda ushbu maskanda Usmon ota degan avliyo yashab oʻtgan va hududni obodonlashtirish borasida oʻz hissasini qoʻshgan ekan. Usmon ota aslida kim ekanligi, qayerda tugʻilib oʻsganligi, qanday ishlar qilganligi, hamda, vafoti haqida turli rivoyat va afsonalar mavjud. Ammo shu narsa aniqki, ushbu inson mazkur hududda maʼlum muddat boʻlgani, bu yerlik mahalliy aholi vakillari bilan birga hududni obodonlashtirish, aholi turmush tarzini yaxshilash borasida eʼtirofga loyiq ishlarni amalga oshirganligi haqida maʼlumotlar mavjud[4].

Joylashuvi

tahrir

Usmon ota jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining janubi-gʻarbiy hududidagi Usmon ota koʻchasida joylashgan. Ushbu masjidga Aranchi, Yomgʻirchi, Oqqutay, Kuchlik, Usmon ota[5], Yoriq, Muxtor Avezov, Chegara, Qoʻshdaryo, Bobur, Qadriyat, Sharif ota, Usmon Yusupov, Changtepa nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi aholi bilan birga, Oqqoʻrgʻon tumanining Usmon ota mahallasiga chegaradosh boʻlgan Jaloir, Toshtoʻgʻon, Olimkent mahalla fuqarolar yigʻini, Nurafshon shahridan va Oʻrta Chirchiq tumanining boshqa hududlaridan jami 12 mingdan ziyod namozxonlar tashrif buyurishadi. Masjid qurilishida dizayn va loyihalovchilari qurilish loyihasini shunday rejalashtirishganki Juma namozi, hamda, Ramazon va Qurbon hayiti kabi yirik namoz vaqtlarida 15-16 mingdan ziyodroq musulmonlarni ham oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Shuningdek, mazkur masjid Oqqoʻrgʻon va Qoʻyliq magistral yoʻlida joylashgan boʻlib, turli yoʻlovchilar, mehmonlar, ziyoratchilar va sayyohlar uchun qulay hisoblanadi. Masjidning old tomonidan Toshkent – Angren temir yoʻli oʻtadi[6]. Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ham Usmon ota nomli jome masjid faoliyat yuritadi[7][8].

Tuzilishi

tahrir

Usmon ota jome masjidi yertoʻlasi bilan birga ikki qavatdan iborat. Yertoʻlasining oʻziga ikki mingdan ziyod namozxonlarni sigʻdira oladi. Masjidda 50 metrli yagona minora mavjud boʻlib, yoʻlovchilar va namozxonlar uchun mayoq vazifasini bajaradi. Masjidning asosiy binosida 3 ta gumbaz, 4 tomonida esa koʻp tabaqali eshik va derazalar joylashgan. Shuningdek, masjid hududida asosiy binodan tashqari bosh imom xonasi, maʼnaviyat-maʼrifat xonasi, kutubxona va ziyoratchilarni qabul qilish xonalari mavjud. Bir vaqtning oʻzida 30 kishidan oshiq namozxonlar zamonaviy tahoratxonadan foydalanishlari mumkin. Jome masjid islom meʼmorchiligi asosida bunyod etilgan boʻlib, uning devorlariga turli islomiy bezaklari berilgan, zar namunasidagi Qur’on oyatlari va suralari yozilgan, sharqona usulda naqshlar chizilgan, eshik va derazalari esa milliy hunarmandchilik asosida naqshlar bilan oʻyilgan. Masjid janubiy tomondan Usmon ota qabristoni, janubi-gʻarbiy qismida xristianlar qabristoni, sharqiy tomondan keng dala maydonlari, shimoliy tomondan aholi yashash maskanlari bilan chegaralangan. Bino turli tabiiy ofatlarga javob bera oladigan darajada sinovdan oʻtkazilgan[9].

Tarixi

tahrir

Usmon ota jome masjidining qachon tashkil etilganligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, 1930-yillarda mazkur maskandan karvon yoʻli oʻtgan va ushbu ziyoratgohda mahalliy aholi va sayyohlar, musofirlar ibodat qilishgan. Shu davrgacha masjid 4 marotoba qayta qurilgan. Oxirgi qurilgan binosi uch yuz kishiga moʻljallangan edi va koʻplab namozxonlar uchun torlik qilgan[5]. 2020-yil mart oyida rahbariyat roziligi bilan mahalliy aholi vakillari, nuroniylar, homiylar, mahalla faollari, hamda, tadbirkorlar koʻmagi bilan masjid yangidan qurila boshlandi va 2022-yil 2-avgust kuni masjidning yangi binosi foydalanishga topshirildi[10]. Oʻsha kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek Raupov, hamda, boshqa diniy ulamolar ishtirokida mazkur masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[11][12][4][13][14][15][16]. Masjidning yangi binosi ochilish marosimida mahalla faollari, imom-xatiblar, nuroniylar, davlat arboblari, jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi. Muftiy hazratlari peshin namozidan soʻng jamoatga goʻzal mav’iza qilib berdi[17].

Masjid 1995-yil, 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[9].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „"УСМОН ОТА"МАСЖИДИ“. statsnet.co. Statsnet. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  2. „"УСМОН ОТА"МАСЖИДИ“. allcompanies.by. Qaraldi: 12-noyabr 2023-yil.
  3. „Усмон ота жоме масжиди“. www.masjid.uz. O'zbekiston masjidlari. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 „Toshkent viloyatida "Usmon ota" jome masjidi foydalanishga topshirildi“. uzreport.news. UZREPORT axborot agentligi (17:01, 02 avgust 2022 yil). Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  5. 5,0 5,1 „ЎЗБЕКИСТОН ЯНГИЛИКЛАРИ Хушхабар: Муфтий ҳазратлари "Усмон ота" масжидининг янги биносини очиб бердилар“. old.muslim.uz. Ўзбекистон мусулмонлари идораси (ўзбекистон янгиликлари хушхабар: муфтий ҳазратлари "усмон ота" масжидининг янги биносини очиб бердилар). Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  6. „Usmon ota jome’ masjidi“. mapcarta.com. mapcarta.com. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
  7. „"УСМОH-ОТА" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Statsnet. Qaraldi: 6-dekabr 2023-yil.
  8. „"УСМОН ОТА"МАСЖИДИ“. Masjid.uz. OʻMI. Qaraldi: 6-dekabr 2023-yil.
  9. 9,0 9,1 „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
  10. „Тошкент вилояти вакиллиги ҳақида биласизми?“. old.muslim.uz. old.muslim.uz (янв 21, 2023). Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  11. „В Ташкентской области открыли мечеть «Осман Ота».“. dzen.ru. dzen.ru (3 августа 2022). Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
  12. „«УСМОН ОТА» ЖОМЕ МАСЖИДИ ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ“. toshvil.uz. Toshkent viloyati hokimligi. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  13. „Тошкент вилоятида "Усмон ота" собори масжиди очилди“. uz.tafsilar.info. TAFSILAR. 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2023-yil.
  14. „«Усмон ота» масжиди фойдаланишга топширилди“. fitrat.uz. FITRAT.UZ. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  15. Шаҳзод Ғаффоров „Ўрта Чирчиқ туманида янги масжид фойдаланишга топширилди“ (o'zbek). yuz.uz. Yangi O'zbekiston (2 август 2022). Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
  16. „В Ташкентской области открылась соборная мечеть «Усмон ота»“ (Rus). kun.uz. kun.uz (2022-yil 3-avgust). Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
  17. „Toshkent viloyatida «Usmon ota» jome masjidi faoliyat boshladi“. uza.uz. Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir

Oʻrta Chirchiq tumanida Usmon ota masjidi foydalanishga topshirildi