Utba ibn Abu Sufyon
Utba ibn Abu Sufyon ibn Harb (arabcha: عتبة بن أبي سفيان بن حرب) – Umaviylar oilasining aʼzosi. Akasi xalifa Muoviya I (h. 661–680) davrida 664–665-yillarda Misr hokimi boʻlgan.
Utba ibn Abu Sufyon arabcha: عتبة بن أبي سفيان | |
---|---|
Misr hokimi | |
Mansab davri 664 – 665 | |
Oʻtmishdoshi | Abdulloh ibn Amr ibn al-Os |
Vorisi | Uqba ibn Amir |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Makka
|
Vafoti | 665 yoki undan keyin |
Munosabatlari | Banu Umayya (urugʻ) |
Bolalari | al-Volid |
Onasi | Hind bint Utba |
Otasi | Abu Sufyon |
Hayoti
tahrirUtba Banu Umayya qabilasidan Abu Sufyon ibn Harb va Hind bint Utbaning oʻgʻli boʻlgan[1]. Xalifa Umar ibn al-Xattob (h. 634–644) hukmdorligi davrida unga Makka atrofida joylashgan Kinona qabilasidan sadaqa (oʻlpon) yigʻish vazifasi yuklangan[2]. Ulardan yigʻilgan pulni savdoga ishlatmoqchi boʻlgan[2]. Utba islom paygʻambari Muhammadning rafiqasi Oysha boshchiligida 656-yilda Basra yaqinidagi Tuya jangida Qurayshning koʻpchilik vakillari bilan Muhammadning amakivachchasi xalifa Aliga (h. 656–661) qarshi jang qilgan. Alining gʻalabasidan soʻng darhol Utba Oysha roziyallohu anhodan panoh topgan va Aliga bay’at qilishdan qochdi. Koʻp oʻtmay akasi Muoviya Suriya hokimi boʻlgach, Damashqqa qochishga muvaffaq boʻlgan[3]. Muoviya va Amr ibn al-Os oʻrtasidagi ittifoq muzokaralarida Utba ukasini Aliga qarshi qoʻllab-quvvatlashi evaziga Amrning umrbod Misr hokimi boʻlish taklifini qabul qilishni talab qilgan[3]. Utba keyinchalik 657-yilda Aliga qarshi Siffin jangida Muoviyaning tarafdorlari safida boʻlgan[3]. Muoviya 661-yilda xalifa boʻlgan va Utbani 662-yil martida Makkaga har yilgi haj ziyoratiga boshchilik qilishga mas’ul qilib tayinlagan[1].
664-yilda Amr vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulloh bir necha haftaga Misr hokimi etib tayinlangan, soʻngra oʻz lavozimidan chetlashtirilgan va uning oʻrniga Utba Misr hokimi etib tayinlangan[4]. Uqba Iskandariyada 12 000 arab qoʻshinini joylashtirish va Dar al-Imora hokim saroyini qurish orqali musulmon arablarning mavqeini mustahkamlagan hamda shahar siyosiy ahamiyatini oshirgan[4]. Dar al-Imora Fustatda joylashgan arab hokimining qarorgohi sifatida xizmat qilishga moʻljallangan[5]. Utba, arab manbalariga koʻra, Misrning birinchi arab hokimi boʻlib, Iskandariyaga tashrif buyurgan deb qayd etilgan, ammo al-Balozuriyning soʻzlariga koʻra, hokim sifatida Amr shaharga kirgan[5]. Shunga qaramay, Utba Iskandariyadagi arab qoʻshinlarining soni hali ham yetarli emasligini va katta mahalliy nasroniy aholisiga nisbatan zaifligini xavotir bilan kuzatib turardi[4].
Utba ibn Abu Sufyon 665-yilda vafot etgan[6] va uning oʻrniga Muhammadning yuk tashuvchi chorvadori Uqba ibn Amir kelgan[4]. Biroq IX asr tarixchisi at-Tabariyning yozishicha, Utba 667-yilning fevralida, u yoki uning ukasi Anbasa keyingi yili yaʼni 668-yilning yanvarida Hajga boshchilik qilgan[1].
Muoviya va uning oʻgʻli, vorisi xalifa Yazid I (h. 680–683) hukmronligi davrida Utbaning oʻgʻli Volid Madinaga hokim sifatida yuborilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Morony 1987.
- ↑ 2,0 2,1 Donner 1981.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Madelung 1997.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Kennedy 1998.
- ↑ 5,0 5,1 Bruning 2018.
- ↑ Rosenthal 2015.
Adabiyotlar
tahrir- [[[:Andoza:Google Books]] The History of al-Ṭabarī, Volume II: Prophets and Patriarchs], SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1986. ISBN 978-0-87395-921-6.
- Bruning, Jelle. The Rise of a Capital: Al-Fusṭāṭ and Its Hinterland, 18-132/639-750. Leiden and Boston: Brill, 2018. ISBN 978-90-04-36635-0.
- Donner, Fred M.. The Early Islamic Conquests. Princeton: Princeton University Press, 1981. ISBN 0-691-05327-8.
- Kennedy, Hugh „Egypt as a Province in the Islamic Caliphate, 641–868“, . Cambridge History of Egypt, Volume One: Islamic Egypt, 640–1517. Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet. ISBN 0-521-47137-0.
- Madelung, Wilferd. The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge: Cambridge University Press, 1997. ISBN 0-521-56181-7.
- [[[:Andoza:Google Books]] The History of al-Ṭabarī, Volume XVIII: Between Civil Wars: The Caliphate of Muʿāwiyah, 661–680 A.D./A.H. 40–60], SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1987. ISBN 978-0-87395-933-9.
- Rosenthal, Franz. Man versus Society in Medieval Islam. Leiden and Boston: Brill, 2015. ISBN 978-90-04-27088-6.
Oldingisi | Misr hokimi 664–665 |
Keyingisi |