Uychi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Uychi — Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chortoq (5 km). 1984-yil 10-oktabrda tashkil etilgan. Aholisi 15,6 ming kishi (2004). Uychida tikuv-yiguruv fabrikasi, „Notoʻqima“ aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, 80 dan ortiq tashkilot, muassasa, uyushma va jamgʻarmalar faoliyat koʻrsatadi. Shaharchada 5 umumiy taʼlim maktabi (4668 oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat kasb-hunar kollejlar (1511 talaba) faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Tuman markaziy „Paxtakor“ stadioni, sport maktabi, tennis korti bor. Uychida tuman markaziy kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 2 poliklinika aholiga xizmat koʻrsatadi.
Uychi | |
---|---|
shahar | |
41°01′46″N 71°50′54″E / 41.02944°N 71.84833°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Uychi tumani |
Aholisi | 20 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |