Vaagn Xachaturyan
Vaagn Garnikovich Xachaturyan (armancha: Վահագն Գառնիկի Խաչատուրյան) — Armaniston davlatining siyosiy arbobi. 2022-yil 13-martdan boshlab Armaniston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi.
Vaagn Xachaturyan | |
---|---|
Rasmiy portret (2022) | |
Armaniston Respublikasi Prezidenti | |
Mansab davri 13-mart 2022-yil – 20-yanvar 2017-yil | |
Vitse-prezident | Nikol Pashinyan |
Oʻtmishdoshi | Alen Simonyan |
Yuqori texnologiyalar sanoati vazirligi | |
Mansab davri 4-avgust 2021-yil – 3-may 2022-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hayk Chobanyan |
Vorisi | Robert Xachaturyan |
Yerevan meri | |
Mansab davri 4-dekabr 1992-yil – 22-fevral 1996-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hambardzum Galstyan |
Vorisi | Ashot Mirzoyan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-aprel 1959-yil Sisyan, Armaniston SSR, Sovet Ittifoqi |
Siyosiy partiyasi | Mustaqil |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Arman milliy kongressi (2013-2017) |
Turmush oʻrtogʻi | Anahit Minasyan |
Vebsayti | vahagnhacaturyan.com |
Hayoti
tahrirVaagn Xachaturyan 1959-yil 22-aprelda Armaniston SSRning Sisyan shahrida tugʻilgan. 1976-yilda Yerevan shahridagi 118-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1976-1980-yillarda Yerevan xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Armaniston davlat iqtisodiyot universiteti) tahsil olgan. U iqtisod fakultetini tugatib, 1980-1982-yillarda SSSR Qurolli Kuchlari Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan.
Mehnat faoliyati
tahrir1982-1990-yillarda Razdanmash korxonasida iqtisodchi va iqtisodiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1990-yildan 1992-yilgacha boʻlim boshligʻi, shuningdek, Mars zavodi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 1990-1995-yillarda Yerevan shahar kengashi deputati, 1992-1996-yillarda Yerevan meri lavozimida ishlagan[1]. 1996-yildan 1999-yilgacha Armaniston Milliy Assambleyasi deputati, moliya-kredit, byudjet va iqtisodiy masalalar boʻyicha doimiy komissiya aʼzosi va „Respublika“ fraksiyasi aʼzosi, 1996-1998-yili esa u Armaniston prezidenti Levon Ter-Petrosyanning maslahatchisi boʻlgan[2].
2000-yilda Vaagn „Root“ Demokratiya va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining aʼzosi bo'lgan[1]. 2002-yilda siyosatshunoslik, huquq va iqtisodiy tadqiqotlar markazi vitsa-prezidenti lavozimida ishlagan. 2007-yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida „Impichment“ bloki vakili boʻlgan[3][4]. 2006-yilda „Alternativ“ ijtimoiy-siyosiy partiyasiga qo'shilgan. 2021-yil 4-avgustda Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri etib tayinlangan[5].
Armaniston Prezidenti
tahrirArmaniston prezidenti Armen Sarkisyan 2022-yil 23-yanvarda isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Armanistonning hukmron „Fuqarolik shartnomasi“ partiyasi 30-yanvar kuni Armaniston prezidenti lavozimiga Vaagn Xachaturyan nomzodini taklif qilishgan[6].
Vaagn Xachaturyan saylovning birinchi bosqichida unga 10 ta ovoz kamlik qilgan, ammo ovoz berishning ikkinchi bosqichida yaʼni, 3-mart kuni u navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Armaniston prezidenti etib saylangan[7].
Ilmiy faoliyati
tahrirVaagn Xachaturyan ilmiy va professional maqolalar, liberal, iqtisodiy, siyosiy kitoblar va bir qancha tarjimalar muallifi hisoblanadi.
Oilasi
tahrirVaagn Xachaturyan uylangan va uning ikki farzandi bor[8].
Havolalar
tahrir- „Ваагн Хачатурян - Президент Республики“. President.am. Аппарат Президента Республики Армения.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Վահագն Խաչատրյան“. infocom.am. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „Пятым президентом Армении избран Ваагн Хачатрян“ (ru). Радио Свобода (2022-yil 3-mart). 2022-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „«ИМПИЧМЕНТ», «ПОБЕДА», «СВОБОДА» | Aravot Ru“. 2018-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
- ↑ „Никол Пашинян выбрал президента Армении“. Коммерсантъ (2022-yil 1-fevral). 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ „Указы Президента Республики Армения“. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Правящая партия Армении определилась с кандидатом на пост президента страны“. Коммерсантъ (2022-yil 30-yanvar). 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
- ↑ „В Армении избрали президента“ (ru). Газета.ру (2022-yil 3-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „«Приоритет – усиление государственности»: что известно о новом президенте Армении“. Mir24 (2022-yil 3-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |