Valentin Inzko

avstriyalik diplomat, Bosniya va Gersegovina bo'yicha Oliy vakili

Valentin Inzko (1949-yil 22-mayda tugʻilgan) – avstriyalik diplomat, 2009—2021-yillarda Bosniya va Gersegovina Oliy vakili boʻlgan[1][2]. 2009-yildan 2021-yilgacha Yevropa Ittifoqining Bosniya va Gertsegovina boʻyicha maxsus vakili boʻlib ishlagan[3][4][5].

Valentin Inzko

Inzko in 2020
Bosniya va Gersegovina oliy vakili
Mansab davri
2009-yildan – 2021-yilgacha
Oʻtmishdoshi Miroslav Lajčák
Vorisi Christian Schmidt
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-may 1949-yil (1949-05-22) (75 yosh)
Klagenfurt
Turmush oʻrtogʻi Bernarda Fink
Alma mater Graz universiteti
Vena diplomatik akademiyasi

Biografiyasi

tahrir

Inzko Karintiyaning Klagenfurt shahrida Karintiya sloven oilasida tugʻilgan. Uning otasi mahalliy slovenlik ozchilikning taniqli madaniy va siyosiy faoli edi. Valentin Suetschach tumani Feistritz im Rosental shaharchasida sloven-nemis ikki tilli maktabida oʻqigan. 1967-yilda Klagenfurtdagi sloven tili oʻrta maktabini tamomlagandan soʻng, Grats universitetiga oʻqishga kirdi va slavyan filologiyasi boʻyicha tahsil oldi. 1972-1974-yillarda Vena Diplomatik Akademiyasida tahsil olgan.

Inzko sloven va nemis tillaridan tashqari ingliz, serb-xorvat, rus va chex tillarini yaxshi biladi[6]. Vatslav Havelning esselarini sloven tiliga tarjima qilgan[7]. Inzko argentinalik sloveniyalik opera qoʻshiqchisi Bernarda Fink Inzko bilan turmush qurgan.

1974-yilda Inzko Avstriya diplomatik xizmatiga kirdi. 1982-1986-yillarda Avstriyaning Belgraddagi elchixonasida matbuot attashesi boʻlib ishlagan. Avstriyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi missiyasida ishladi. 1990-1996-yillarda Avstriyaning Chexiyadagi elchixonasida madaniyat attashesi, 1996-1999-yillarda esa Avstriyaning Bosniya va Gertsegovinadagi elchisi boʻlib ishlagan.

1992-yil oktyabr va dekabr oylari orasida Inzko Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Serbiyaning Sandzak mintaqasidagi missiyasi aʼzosi edi. 2005-yilda Avstriyaning Sloveniyadagi elchisi etib tayinlandi. 2010-yil iyun oyida Inzko Karintiya slovenlari milliy kengashi raisi etib saylandi[8].

2009-yil mart oyida Inzko slovak diplomati Miroslav Laychak oʻrniga Bosniya va Gertsegovinaning yettinchi oliy vakili boʻldi. Shunday qilib, Inzko 1999-2002-yillar orasida oliy vakil boʻlib ishlagan Volfgang Petritschdan keyin bu lavozimni egallagan ikkinchi Karintiya sloveniga aylandi.

Manbalar

tahrir
  1. „Ambassador Valentin Inzko Appointed As The Next High Representative“. Office of the High Representative and the EU Special Representative (2009-yil 13-mart). 2009-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-mart.
  2. „Inzko takes over as High Representative to Bosnia-Herzegovina“. Xinhua News Agency (2009-yil 27-mart). 2009-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Ambassador Valentin Inzko Appointed As The Next High Representative“. Office of the High Representative and the EU Special Representative (2009-yil 13-mart). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-mart. (Wayback Machine saytida 2009-03-29 sanasida arxivlangan)
  4. http://news.xinhuanet.com/english/2009-03/27/content_11083488.htm
  5. „Rat der Kärntner Slowenen: Inzko zu Obmann gewählt“ (German). Kleine Zeitung (2010-yil 20-iyun). 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyun. (Wayback Machine saytida 2012-04-04 sanasida arxivlangan)
  6. „Latest news from around Great Britain“. Msn.com. Qaraldi: 2019-yil 31-may.
  7. „COBISS/OPAC - sl“. Cobiss2.izum.si. Qaraldi: 2019-yil 31-may.[sayt ishlamaydi]
  8. „Rat der Kärntner Slowenen: Inzko zu Obmann gewählt“. Kleine Zeitung (2010-yil 20-iyun). 2012-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.