Valerian Fedorovich Ilyushin (1888-yil 28-avgust, Penza – 1979-yil 22-dekabr, Koʻrgan) – sovet rassomi va pedagogi, Adjariya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1941), RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1965), Gruziya SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi[1], SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi (1935-yildan)[2].

Valerian Fedorovich Ilyushin
Tavalludi 28-avgust 1888-yil
Penza, Rossiya imperiyasi
Vafoti 22-dekabr 1979-yil(1979-12-22)
(91 yoshda)
Koʻrgan, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi rassom
Taʼlimi K.A.Savitskiy nomidagi Penza sanʼat maktabi

Biografiya

tahrir

Valerian Ilyushin 1888-yil 28-avgustda Penza viloyatining maʼmuriy markazi Penza shahrida tugʻilgan[3]. Otasi Fedor Mokeyevich va onasi Mariya Fedorovna. Ikki yoshida Valerian yetim qolib, xolasi qoʻlida katta boʻldi[4]. Oliy maktabni tamomlagan.

Valerian 1907-yilda Penza rassomlik bilim yurtini tamomlagan. Uning oʻqituvchilari A.F.Afanasyev va K.A.Savitskiy boʻlgan. Shundan soʻng Batumida ishladi (1907-1942). 1911-yilda u Italiya Qirolligiga sayohat qildi va u yerda italyan naqshlari asosida katta seriyali sanʼat asarlarini yaratdi[5]. Batumi kasb-hunar bilim yurti, gimnaziyalar, pedagogika texnikumi, Moskva rassomlik bilim yurti, Adjariya rassomlik bilim yurtida chizmachilik va eskizdan dars bergan. Valerian Batumi maktabining direktori boʻlgan. 1935-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi. U Inqilobiy Rossiya rassomlari uyushmasining Batumi boʻlimi tashkilotchilaridan biri edi[1].

1942-yil sentyabr – 1945-yil may oylarida Samarqand shahrida yashab ijod qildi. Samarqand rassomlik bilim yurtida dars berdi va katta oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritdi.

1945-yil 6-iyunda u Koʻrganga koʻchib oʻtdi, chunki uning oʻgʻli Nikolay Koʻrgan kasalxonasida davolanishda edi. U SSSR Rassomlar uyushmasining Koʻrgan boʻlimi tashkilotchilaridan biri hisoblanado. Koʻrgan shahrida viloyat Xalq ijodiyoti uyi qoshida tasviriy sanʼat ustaxonasi tashkil etib, shaharda badiiy koʻrgazmalar oʻtkazish anʼanasini joriy qildi. Mashhur shogirdlar chiqardi. Jumladan, Rosa Borovikova, Ivan Loxmatov, Vyacheslav Pichugin, Vladimir Andrushkevich, Boris Lapshin, Anatoliy Morozov, Valentin Korshunov, Aleksandr Petuxov, Boris Kolbin, Gennadiy Ivanchin, Faina Lanina, German Travnikov[6]. Badiiy ustaxonadan tashqari 1950-yillarning boshlarida Ilyushin 10-maktabda tasviriy sanʼat oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1955-yildan 1959-yilda nafaqaga chiqqanigacha shahar Pionerlar uyida tasviriy sanʼat toʻgaragiga rahbarlik qilgan.

Valerian Fedorovich Ilyushin 1979-yil 22-dekabrda Kurgan shahrida vafot etdi[7].

Mukofot va unvonlari

tahrir
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • Gruziya SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1965)
  • Adjariya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1934).
  • Adjara Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1941)

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir