Vasiliy Andreyevich Jukovskiy (1783-yil 29-yanvar (9-fevral), Tula viloyati, Rossiya imperiyasi — 1852-yil 12 (24)-aprel, Baden-Baden, Germaniya) — rus shoiri. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy aʼzosi (1827-yil), akademik (1841-yil). Ijodini sentimentalist sifatida boshlab („Qishloq qabristoni“, 1802), rus romantizminmng asoschilaridan biriga aylangan. Sheʼriyati gʻamgin oʻylarga, romantik ruhda qayta ishlangan xalq tasavvuridagi obrazlarga boy („Lyudmila“, 1808; „Svetlana“, 1808—12; „Kassandra“, 1809; „Eolova arfa“, 1814 va boshqa balladalari). „Uxlayotgan oʻn ikki dev“ (1817) dostoni muallifi. Gomer („Odisseya“), Friedrich Schiller, Jorj Bayron asarlarini, „Shohnoma“ (Firdavsiy), Hindiston xalqlari eposi „Mahabharata“lan parchalar tarjima qilgan. „Odisseya“, „Mahabharata“ asarlari oʻzbek tiliga Jukovskiyning rus tilidagi tarjima varianti asosida oʻgirilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil