Vatanparvarlar bogʻi – 2018-yil 28-29-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qahqadaryo viloyatiga boʻlgan tashrifi chogʻida „Vatanparvarlar bogʻi“ qurilishiga oid topshirigʻiga koʻra qurilgan. Ushbu tashrif davomida prezident viloyatda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbiga qiziqish uygʻotish, va ularni mustaqil Oʻzbekiston himoyachilari sifatida tarbiyalash maqsadida qator topshiriqlar berdi[1].

Vatanparvarlar bog'i (Qarshi)

Bogʻning yaratilish maqsadi

tahrir

7 gektar maydonni qamrab olgan „Vatanparvarlar bogʻi“ viloyat yoshlariga mamlakatimizning boy tarixi, ulugʻ ajdodlarimizning merosini va milliy qadriyatlarimizni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan. Bogʻning asosiy maqsadi – yosh avlodni Vatanimizga boʻlgan mehr-muhabbatni kuchaytirish va ularda milliy gʻurur tuygʻularini kuchaytirish.

Tarixiy ahamiyati

tahrir

Bogʻ hududida ikkinchi jahon urushida qatnashgan oʻzbekistonliklarning xotirasi abadiylashtirilgan muzey va blindaj (dala istehkomi)ham qurildi. Ushbu muzeyda oʻsha davr voqealari, urushda qatnashgan mardlarimizning qahramonliklari haqida hikoya qiluvchi eksponatlar joylashtirilgan. Shuningdek, bogʻ markazida Oʻzbekiston xaritasining ulkan maketi barpo etilgan boʻlib, unda mamlakatimizning barcha hududlari, ularning buyuk siymolari, qadimiy obidalari va tabiat goʻzalliklari aks ettirilgan.

Tarixiy harbiy texnikalar

tahrir

Bogʻda tarixiy harbiy texnikalar namoyish etilgan boʻlib, ular yoshlar orasida tarixiy xotiralarni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Muzey va ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyalar yoshlarni milliy armiyamizning tarixi va qahramonliklari bilan tanishtiradi. Ushbu texnikalar, tanklar va samolyotlar maketlari, harbiy qurollar va oʻqdorilar yosh avlodni Vatan himoyasi uchun tayyorlashga qaratilgan[2].

Bogʻda har bir harbiy texnika yoniga axborot doskachalari oʻrnatilgan boʻlib, ular orqali tashrif buyuruvchilar ushbu texnikalar haqida batafsil maʼlumot olishlari mumkin. Bu oʻz navbatida, yoshlarni harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi va ularning Vatan himoyasiga tayyorlanishlariga yordam beradi.

Sport bilan mashgʻul boʻlish uchun yaratilgan sharoitlar

tahrir

Bogʻning yana bir muhim jihati – bu yoshlar uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan sport va dam olish maskanlari. Bogʻda sunʼiy koʻl, amfiteatr, oʻq otish maydonlari, sunʼiy qoyaga chiqish joylari tashkil etilgan. Ushbu sport inshootlari yoshlar uchun nafaqat maroqli dam olish, balki jismoniy sogʻlomlikni mustahkamlash uchun ham xizmat qiladi.

Parashyutdan sakrash maydonchasi va Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan harbiy texnikalar yoshlarni harbiy xizmatga qiziqtiradi. Bogʻda joylashtirilgan harbiy texnika, tank va samolyotlar maketlari orqali yoshlar harbiy soha bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tarixiy xotiralarni mustahkamlash maskani

tahrir

„Vatanparvarlar bogʻi“ yoshlar uchun nafaqat tarixiy bilimlarini oshirish va Vatan haqidagi maʼlumotlarini boyitish, balki maroqli va mazmunli hordiq chiqarish uchun ham qulay sharoitlarni taqdim etadi. Bogʻning barcha qismi yoshlar va mehmonlar uchun shunday tashkil etilganki, bu yerda har bir kishi oʻzini Vatan himoyachisi sifatida his qilib, milliy gʻurur va Vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Bogʻda yaratilgan barcha imkoniyatlar yoshlarni Vatanimizning boy tarixi bilan tanishtirish, ularda milliy gʻururni uygʻotish va kuchaytirishga, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu maskan yoshlarni kelajakda Oʻzbekistonning mustaqilligi va tinchligini himoya qiluvchi fidoyilarga aylantirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbalar

tahrir
  1. Kun.uzdan 'Fotoreportaj (2024-yil 11-avgust).
  2. „Manzil Google xarita (2024-yil 11-avgust).