Vigdís Finnbogadóttir (1930-yil 15-aprel, Reykyavik, Islandiya) – islandiyalik siyosatchi, 1980—1996 yillarda Islandiyaning toʻrtinchi prezidenti boʻlgan. Vigdís dunyoda demokratik yoʻl bilan prezident etib saylangan birinchi ayoldir[1]. Islandiya prezidenti sifatida 16 yil faoliyat yuritgan, u tarixdagi eng uzoq muddat faoliyat yuritgan ayol davlat rahbari hisoblanadi. Vigdís Finnbogadóttir Islandiyaning hozirgacha boʻlgan yagona ayol prezidenti hisoblanadi. Vigdís UNESCO Goodwill elchisi va Madrid klubi aʼzosi.

Vigdís Finnbogadóttir

Vigdís 1985-yilda
Islandiyaning 4-Prezidenti
Mansab davri
1-avgust 1980-yilda – 1-avgust 1996-yilda
Birinchi vazir Gunnar Thoroddsen
Steingrímur Hermannsson
Þorsteinn Pálsson
Davíð Oddsson
Avvalgisi Kristján Eldjárn
Keyingisi Ólafur Ragnar Grímsson
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-aprel 1930-yil (1930-04-15) (94 yosh)
Reykjavík, Islandiya
Alma mater Parij universiteti
Grenoble universiteti
Kopengagen universiteti
Islandiya universiteti

Biografiyasi

tahrir

Vigdís 1930-yil 15-aprelda Reykyavikda tugʻilgan[1]. Uning otasi qurilish muhandisi, onasi esa milliy hamshiralar assotsiatsiyasini boshqargan hamshira edi[2].  Uning ukasi Þorvaldur Vigdísdan bir yildan keyin tugʻilgan; ammo u Hredavatnda choʻkib, vafot etgan[3]. Vigdís 1949-yilda Grenobl universitetiga oʻqishga kirdi, keyinroq oʻqishini Sorbonne universitetiga oʻtkazdi[4]. U ingliz va fransuz adabiyotini oʻrganib, asosiy eʼtiborini sahna asarlariga qaratgan[2]  va 1953-yilda oʻqishni bitirgan[4].

Vigdís 1954-yilda turmushga chiqdi[4]. Xuddi shu yili u teatr guruhiga asos solib, aktyorlik faoliyatini boshladi[5]. U bir qancha fransuz pyesalari tarjimasi ustida ham ishlagan[1]. 1957-yilda Kopengagen universitetiga oʻqishga kirdi va teatr tarixini oʻrgandi[4]. 1963-yilda turmushidan ajrashgan[4]. Vigdís 1960 va 1970-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiylarining Islandiyada boʻlishiga norozilik bildirgan harbiylarga qarshi namoyishlarda qatnashgan[2]. Vigdís 1972-yilda bir qizni asrab olib[2], Islandiyada farzand asrab olgan birinchi yolgʻiz ayolga aylangan[4].

Vigdís 1972-yildan boshlab RÚV uchun televizorda fransuz tilidan dars bergan va bu uni butun mamlakat boʻylab taniqli shaxsga aylantirgan[2]  Xuddi shu yili u Reykyavik teatr kompaniyasining badiiy rahbari etib tayinlandi[5]. 1976-yilda Skandinaviya mamlakatlaridagi madaniyat masalalari boʻyicha maslahat qoʻmitasi aʼzosi, 1978-yilda esa tashkilot raisi boʻldi[2].  U 1980-yilda Islandiya prezidenti boʻlgunga qadar ushbu lavozimlarda davom etdi[2][5]. Uning boshqa ishlari qatoriga bir qancha kollejlarda, jumladan Islandiya universitetida fransuz tili oʻqituvchisi sifatidagi faoliyati va yozda Islandiya sayyohlik byurosida ekskursiya boʻyicha gid boʻlib ishlaganligini kiritish mumkin. Keyinchalik u Islandiya sayyohlik byurosining rahbari boʻldi[4].

Prezidentlik faoliyati (1980—1996)

tahrir

Vigdís 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashgan[6]. Uning harbiylarga qarshi pozitsiyasi va AQSh harbiylarining Islandiyada boʻlishiga qarshiligi uning kommunizmga xayrixoh ekanligi haqidagi qarashlarga olib keldi[7]. Vigdís ayollar siyosiy harakatlarni boshqarishga qodirligini isbotlash uchun prezidentlikka daʼvogarlik qildi va u bu saylovda gʻalaba qozonishni kutmagan edi[6]. Shunga qaramay, Vigdís 1980-yil 29-iyundagi saylovda gʻalaba qozondi[4]. Ovoz toʻrt nomzodga boʻlingan va u 33,6% ovoz bilan gʻalaba qozongan edi[2].  Vigdís 1980-yil 1-avgustda prezidentlik faoliyatiga kirishdi[5]. U Islandiyaning toʻrtinchi prezidenti va dunyoda demokratik yoʻl bilan davlat rahbari etib saylangan birinchi ayoldir[2][8]. U bu lavozimga kirishganidan koʻp oʻtmay, Islandiya Parlamenti (Althing)dagi ayollar soni sezilarli darajada oʻsdi[6].

Vigdís 1984-yilgi prezidentlik saylovlarida muxolifatsiz qayta saylandi[2].  U 1986-yil 11-12 oktyabrda Amerika prezidenti Ronald Reagan va SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov oʻrtasida boʻlib oʻtgan Reykyavik sammitini boshqargan, bu mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash va Sovuq urushni tugatishga yordam bergan[7]. 1988-yilgi prezidentlik saylovlarida Vigdís Islandiyaning prezidentlik saylovlarida raqibga duch kelgan birinchi amaldagi prezidenti boʻldi. Saylovda uning raqibi yomon natija koʻrsatdi va Vigdís 92,7% ovoz bilan gʻalaba qozondi[2]. 1992-yilda u yana prezidentlikka muxolifatsiz qayta saylandi[2]. 

Prezidentlik rasmiy vazifa boʻlsa-da, Vigdís faol prezident boʻlib, bu roldan u oʻz millatiga vakillik qilish va madaniy tashabbuslari orqali xalqini milliy oʻziga xoslikdan xabardor qilish uchun foydalangan[2].  Vigdís atrof-muhit muhofazasi faoli boʻlib, u oʻz prezidentligidan atrof-muhit muammolarini himoya qilish uchun foydalangan. U Islandiyada oʻrmonlarni qayta tiklash harakatini olib bordi va barchani tuproqning yuqori qatlamini yoʻqotishning oldini olishga chaqirdi[4]. Bundan tashqari Vigdís pasifist ham boʻlib[2], oʻzini „tinch odam“ deb taʼriflaydi[7]. U, shuningdek, prezident sifatida geylar huquqlari himoyachisi boʻlgan[2]. 

Vigdís oʻz faoliyatidagi „eng ogʻir epizod“ deb hisoblagan qaror 1994-yilda Yevropa Iqtisodiy hududiga qoʻshilish boʻyicha munozaralar chogʻida qabul qilingan. Islandiyada Yevropa Integratsiyasiga qarshi kuchli muxolifat mavjud edi, lekin Vigdís Yevropa Ittifoqi va Yevropa integratsiyasini qoʻllab-quvvatladi va u Islandiyaning Yevropa Iqtisodiy hududi bilan birlashishiga toʻsqinlik qilish uchun prezidentlik vetosidan foydalanishni rad etdi[5]. Vigdís prezident sifatida beshinchi marta nomzodini qoʻymaslikka qaror qildi va uning vakolati 1996-yilning avgustida yakunlandi[2].  U 16 yil prezident sifatida faoliyat yuritdi. 2016-yil holatiga koʻra, u tarixda qayd etilgan eng uzoq vaqt xizmat qilgan saylangan ayol davlat rahbari boʻlib qoldi[2]. 

 
Reykyavik sammitida prezident Ronald Reagan Vigdís bilan Bessastadirda sayr qilmoqda.

Prezidentlikdan keyingi faoliyati

tahrir

Vigdís 1996-yilda Jahon Lider Ayollari Kengashining asoschisi boʻldi va 1997—2001 yillarda Ilmiy bilimlar va texnologiyalarda etika boʻyicha Butunjahon komissiyasining birinchi raisi boʻldi[2]. 1998-yildan beri Vigdís UNESCOning tillar boʻyicha elchisi boʻlib ishlaydi[9]. U, shuningdek , Fond Shiracning sharaf qoʻmitasi aʼzosi[10].

Vigdís prezidentlik faoliyati yakunlanganidan keyin ham tinchlik himoyasi uchun harakatlarini davom ettirdi. 2016-yilda u Reykyavik sammitida boʻlgani kabi, oʻzaro kelishmovchiliklarni muhokama qilish yoʻli bilan hal qilish uchun AQSh va Rossiya rahbarlarining Islandiyaga tashrif buyurish istagini bildirdi. U ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yangi sovuq urush deb taʼrifladi[7].

Vigdís Madrid klubi aʼzosi[11].

Unvonlari

tahrir

Milliy unvonlar

tahrir
  •   Islandiya:
    •   Grand Cross with Collar of the Order of the Falcon (1-Avgust 1980-yil)[12]

Xorijiy unvonlar

tahrir
  •   Finlandiya:
    •   Grand Cross with Collar of the Order of the White Rose (1982-yil)[13]
  •   Niderlandiya:
    •   Knight Grand Cross of the Order of the Netherlands Lion (18-sentabr 1985-yil)
  •   Ispaniya:
    •   Knight Grand Cross with Collar of the Order of Charles III (11-sentabr 1985-yil)[14]
  •   Birlashgan Qirollik:
    •   Honorary Dame Grand Cross of the Order of the Bath (25-iyun 1990-yil)[15]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Former President Vigdís Finnbogadóttir Turns 90 Today“. Iceland Monitor. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 Snaebjornsson, Inga Minelgaite „"President Vigdís": The End and the Beginning of Women’s Agenda in Iceland“, . Women Leaders in Chaotic Environments: Examinations of Leadership Using Complexity Theory, Lecture Notes in Social Networks Erçetin: . Springer, 2016 — 35–47-bet. DOI:10.1007/978-3-319-44758-2. ISBN 978-3-319-44758-2. 
  3. Einarsdóttir. „"Ég missti þann förunaut sem hefði fylgt mér alla ævi"“. RÚV (2020-yil 19-aprel).
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 „First female head of state, Vigdís Finnbogadóttir, elected 35 years ago today“ (en). Icelandmag (2015-yil 29-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Vigdis Finnbogadottir, the world's first elected female president“ (en). France 24 (2020-yil 31-iyul). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 Topping, Alexandra. „There's proof: electing women radically improves life for mothers and families“ (en-GB). The Guardian (2017-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 „"What now happens in the world is utterly awful," Vigdís Finnbogadóttir“ (en). The Independent Barents Observer. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  8. „History: The world's first democratically elected female president“. Iceland Monitor (2016-yil 8-noyabr).
  9. „H.E. Vigdís Finnbogadottir“ (en). UNESCO (2021-yil 22-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  10. „Honor Committee“. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
  11. „Club of Madrid: Full Members“. Club of Madrid (2019). Qaraldi: 2019-yil 27-oktyabr.
  12. „Icelandic Presidency Website“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
  13. „Suomen Valkoisen Ruusun ritarikunnan suurristin ketjuineen ulkomaalaiset saajat“ (fi). Suomen Valkoisen Ruusun ja Suomen Leijonan ritarikunnat (2020-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  14. „Boletín Oficial del Estado“. boe.es (1985-yil 14-sentyabr).
  15. „Queen Iceland“. gettyimages.fi (1990-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 22-may.

Havolalar

tahrir
Siyosiy idoralar
Oldingisi Islandiya Prezidenti
1980–1996
Keyingisi
Yangi daraja Jahon Lider Ayollar Kengashi raisi
1996–1999
Keyingisi