Qanday yoziladi
5. Intervikilar   >
Tahrirlash bu yerdan boshlanadi

Bu sahifada Vikipediyada yozishni oʻrganamiz. Boshlash uchun roʻyxatdan oʻtish (registratsiya) tavsiya etiladi (bu majburiy emas, biroq qator afzalliklari bor).

Biror sahifani oʻzgartirish uchun sahifaning ust yoki yon taraflaridagi „Tahrirla“ tugmalariga bosishingiz, sahifani muhokama qilish uchun esa „Munozara“ tugmasini bosib, munozara sahifasiga kirib, unda ham „Tahrirla“ tugmasini bosishingiz kifoya. Bosganingizda katta matn qutili sahifa ochiladi, bu matn qutisi ichida oʻzgartirishingiz mumkin boʻlgan yozuv boʻladi.

Soʻng yozishni boshlang! Matn qutisi ostidagi kichkina bir qatorlik „Qisqa tavsif“ maydoniga qisqacha qilib, nimalarni yozganingiz yoki oʻzgartirganingizni yozib qoʻyishni ham unutmang.

Yozib boʻlganingizdan keyin „Saqla“ tugmasini bosing. Tahrirlaringizni saqlashdan oldin „Koʻrib chiqish“ tugmasini bosib, sahifani koʻzdan kechirsangiz, sahifani nuqul takror va takror tahrirlashdan xoli boʻlasiz.

Maqolalarni betaraf nuqtai nazardan yozing. Manbalar keltiring.

Yangi sahifa yozganingizdan keyin quyidagilarni bajarib, sahifani foydalanishga qulayroq holga keltirishingiz mumkin:

  • Yangi yozganingiz sahifa chap tarafida, asboblar sarlavhasi ostidagi Bu yerga ishoratlardan foydalanib, sahifangizga keltiradigan boshqa sahifalardan xabar oling va oʻsha sahifalarda sizning sahifangiz toʻgʻri eslab oʻtilganiga ishonch hosil qiling.
  • Yozganingiz mavzuda Google qidiruvi orqali yaxshi, tayinli veb-saytlarga havola bering.
  • Bilgan tillaringizdagi boshqa Vikipediyalardagi tegishli maqolalarga qarab koʻring, yozganingiz bilan solishtiring.
  • Vikipediyaning yordamchi loyihasi boʻlmish Vikiomborda mavzuga aloqador tasvirlar qidirib, sahifangizga qoʻshing.


Tayyor boʻlsangiz, tahrir darsini boshlaylik