Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Vasily Arkhipov

Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): MrShaxas #Munozaracha 17:29, 14-Avgust 2023 (UTC)

Bu maqola xarbiy hizmatchi Vasily Arkhipov, ikki davlat orasida boshlanishi mumkin boʻlgan yadro urushini oldini olib qolgan inson haqida. Tanishib chiqib fikr va mulohazalaringizni kutaman. Rahmat! Hurmatli:Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrjavokh1r va boshqalar. MrShaxas #Munozaracha 17:29, 14-Avgust 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir

Avvalo, maqolani kirill imlosidan transkripsiya qoidalariga muvofiq tarzda „Vasiliy Arxipov“ deb qayta nomlang. Ehtimol, siz tarjima qilgan ingliz tili qoidalari oxirgi harfni transkripsiya boʻyicha olishni qoʻllamas, yoki boʻlmasam „x“ harfini „iks“ shaklida talaffuz qilinishi sababidan „kh“ deya yozilishini taqazo etar, ammo oʻzbek tili bundan mustasno.Kamol Azzam (munozara) 17:48, 14-Avgust 2023 (UTC)

Kamol Azzamnining fikriga qoʻshilgan holda qoidaga muvofiq maqolaning nomini oʻzgartirishingiz kerak. Asos: Agar biror kishining ismi ona tili lotin yozuvlarini ishlatmasa, u holda translit qilish kerak (masalan, George W. Bush, lekin Dmitriy Medvedev) Qarang: Vikipediya:Maqolalarni nomlash. Humoyun Qodirov (munozara) 17:59, 14-Avgust 2023 (UTC)
Barcha joyda ishlatilgan Arkhipov Arxipovga, Vasily esa Vasiliy ga almashtirildi.MrShaxas #Munozaracha 18:22, 14-Avgust 2023 (UTC)
Bu xatolik bartaraf etildi. Kamol Azzam Raxmat. MrShaxas #Munozaracha 18:21, 14-Avgust 2023 (UTC)
Biografiyasi emas Tarjimai holi. Hasan Alimov (Munozara) 17:06, 25-Avgust 2023 (UTC)
Salom ogʻa, hozir koʻrib chiqdim baʼzi maqolalarni. Bunga qarang: Pablo Escobar, Ali Xomanaiy, mayli ikki kishi shuni maʼqulladi.
@Hasan Alimov, aytganlaringiz Tuzatildi.MrShaxas #Munozaracha 17:26, 25-Avgust 2023 (UTC)
19 va 20-manbalarni Muallif ismidan keyin source= parametri bilan bersangiz yaxshi boʻlardi. Qoʻshtirnoqni ichida manba gʻalati turibdi. Qarang: VP:MB. Xuddi shu gap 24 va 25-manbalar uchun ham tegishli. Hasan Alimov (Munozara) 18:14, 25-Avgust 2023 (UTC)
source= ni ishlatganimda manba verguldan oldin boʻlishi kerak edi ammo source= ishlatganimda vergulni oʻtkaza olmay qoldim. Manbalar tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 18:47, 25-Avgust 2023 (UTC)
  • Olga Arxipovaning soʻzlariga koʻra, eri taʼtil paytida ham gazeta oʻqishni yoqtirardi va imkon qadar zamonaviy dunyodan xabardor boʻlishga harakat qilardi. Zamonaviy dunyo? "Soʻnggi yangiliklardan" desak boʻmaydimi? Zamonaviy dunyo tushunchasi gʻalati emasmi? Gazeta oʻqimagan odam zamonaviy dunyodan bexabar boʻlib qoladi deyilmoqchimi bu gap bilan? Jumla gʻalizligiga sabab boʻlyapti 2ta soʻz.
Hasan Alimov (Munozara) 18:26, 25-Avgust 2023 (UTC)
...va bu „maktublarni saqlash omadsizlik keltiradi“, deb aytganini eslaydi. Bu soʻzi ham qoʻshtirnoq ichiga yozilishi kerak Hasan Alimov (Munozara) 18:28, 25-Avgust 2023 (UTC)
Shu yergacha boʻlgani bartaraf etildi. MrShaxas #Munozaracha 18:52, 25-Avgust 2023 (UTC)
Bu masalada yordam berganingiz uchun tashakkur! MrShaxas #Munozaracha 19:00, 25-Avgust 2023 (UTC)
sovitish emas sovutish. Maqolada shunga oʻxshash imloviy va strukturaviy xatoliklar koʻp afsuski. Yuqoridagi kamchiliklarni tuzatganingizdan soʻng, qayta tanishib chiqib, yakuniy fikrimni bildiraman. Maroqli tahrirlar! Hasan Alimov (Munozara) 18:32, 25-Avgust 2023 (UTC)
Imlo boʻyicha koʻp harakat qildim. Sovitish boʻladi imlo.uz dan koʻrsa boʻladi hozir havola qilmoqchi edim ammo spam-filtr tomonidan bloklangan ekan. Sovitish boʻishiga ishonchim komil. Telegram guruhda manbalar tashlayman. MrShaxas #Munozaracha 18:58, 25-Avgust 2023 (UTC)
@Hasan Alimov uzwikichatga tashlab qoʻydim. MrShaxas #Munozaracha 18:59, 25-Avgust 2023 (UTC)
Tushunarli. Oʻsha gapda bir maqolaga vikihavola bor ediku shunga qarab aytgandim. Demak maqola nomini oʻzgartirish kerak. Hasan Alimov (Munozara) 03:13, 26-Avgust 2023 (UTC)


"Maxsus qurol" bilan qurollangan boshqa sovet suv osti kemalaridan farqli oʻlaroq, faqat kapitan va ofitser yadroviy qurolni uchirishga ruxsat berishlari kerak edi, buning oʻrniga B-59 bortidagi barcha uch zobitning ruxsati kerak edi. Shu oʻrinda nima demoqchi boʻlgansiz? Gapning bitta tobe qismiga ikki hokim boʻlak kelyapti. Bitta etikka ikki oyoq suqilganidek oʻrinsiz va gʻaliz mazmun. Kamol Azzam (munozara) 21:28, 14-Avgust 2023 (UTC) Va yana „…B-59 rus floti tomonidan Sovet Ittifoqiga qaytishni buyurdi.“ deyilgan. B-59 kimga buyurdi? Aksi boʻlsa, kim buyurdi? Bu yerda aniq shaxsga nisbatan olmosh bormi yoki ish-harakat orttirma nisbatda ketyaptimi? Kamol Azzam (munozara) 21:32, 14-Avgust 2023 (UTC)

„Maxsus qurol“ bilan qurollantirilgan boshqa sovet suv osti kemalarida yadro qurolini uchirish uchun faqatgina kapitan va ofitserning ruxsati kerak boʻlgan, ammo B-59 suv osti kemasida esa uch zobitning roziligisiz yadro quroli ishga tushmas edi. Shunday qilib qayta kiritdim va ikkinchi jumlani B-59 dan soʻng (suv osti kemasiga …. qaytish bururildi)deb orttirmaga oʻzgartirdim. Tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 00:35, 15-Avgust 2023 (UTC)

„Samolyot oʻt ochishidan 1-3 soniya oldin odamlarni koʻr qiladigan darajada kuchli projektorlarni yoqildi va qayta koʻrishni boshlaganimizda samolyot kema boʻylab va yon tomondan ogohlantiruvchi oʻt ochayotgani maʼlum boʻldi…“ deb tarjima qilibsiz. Lekin jonsiz predmetlar shaxs ishtirokisiz ish-harakatni bajarmaydi, avtomatlashtirilgan tizimni ifodalash bundan mustasno.Kamol Azzam (munozara) 21:35, 14-Avgust 2023 (UTC)

Tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 01:06, 15-Avgust 2023 (UTC)

„Shuningdek, K-19 suv osti kemasining bortida yadroviy halokat sodir boʻlgan paytda qoʻmondon Nikolai Zateyev 1998-yil 28-avgustda vafot etgan.“ K-19 bilan bogʻliq halokatli voqea 1998-yilda boʻlmagan. Taxminan „Shuningdek, K-19 suv osti kemasining bortida yadroviy halokat sodir boʻlgan paytda qoʻmondonlik qilgan Nikolay Zateyev 1998-yil 28-avgustda vafot etgan“ deb berish muvofiqroq mazmunga. Kamol Azzam (munozara) 21:39, 14-Avgust 2023 (UTC)

Siz koʻrsatgan koʻrinishda toʻgʻirlandi. MrShaxas #Munozaracha 00:36, 15-Avgust 2023 (UTC)

Maqolada ayrim strukturaviy kamchiliklar bor ekan. Xususan, Arxipov qabrtoshi rasmini Hayotining soʻnggi yillari boʻlimiga, Kama operatsiyasi andozasini Havolalar boʻlimi oxiriga qoʻyish zarur. Muzaffar Murodovichmusohaba 06:41, 20-Avgust 2023 (UTC)

Sizni tushundim, yaqin daqiqalarda tuzataman. Kamani qaysidur maqolada koʻrganim uchun shu yerga qoʻygandim, uni ham tuzataman. MrShaxas #Munozaracha 18:17, 20-Avgust 2023 (UTC)
. MrShaxas #Munozaracha 18:17, 20-Avgust 2023 (UTC)
Aytilganlari tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 18:49, 20-Avgust 2023 (UTC)

Maqolaning ruscha versiyasida mukofotlari koʻproq ekan, oʻzbekchadagisini ham koʻpaytirish kerak. Maqola SSSRda yashagan shaxs haqida ekanini hisobga olib, yetishmayotgan maʼlumotlarni riwikidan izlab koʻrish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 22:18, 20-Avgust 2023 (UTC)

Takror-takror koʻrsatilgan manbalarni ref name tegi yordamida birladhtirish kerak ekan. — Kagansky munozara 02:53, 21-Avgust 2023 (UTC)

Mukofot uchun andoza yasab chiqaymi unda? Maqoladagilarni baʼzilarini shunchaki rasmini ham qoʻygandim unda andozalar boʻlmaganligi sababli. Agarda yasash kerak boʻlsa biroz muddatda ulgursam kerak. MrShaxas #Munozaracha 03:08, 21-Avgust 2023 (UTC)
@Jamshid Nurkulov. Bajarildi, barcha mukofotlari qoʻshildi. Ba'zi yoʻq andozalar esa yaratildi. MrShaxas #Munozaracha 06:39, 21-Avgust 2023 (UTC)
Manbalar ham tezda tuzatiladi.MrShaxas #Munozaracha 06:51, 21-Avgust 2023 (UTC)
@Kagansky manbalar ham tuzatildi. 6 ta manba ref name bilan 3 ta boʻldi va qoʻshimcha K-19 halokati haqida +2 ta manba qoʻshildi. MrShaxas #Munozaracha 09:18, 21-Avgust 2023 (UTC)

Karyerasini Faoliyati deb o‘zgartirish kerak. Biografiya ham ruscha so‘z. DMahmudova (munozara) 20:05, 21-Avgust 2023 (UTC)

Faoliyatga oʻzgartirdim lekn Biografiya OʻzME dan olingan soʻz. MrShaxas #Munozaracha 21:19, 21-Avgust 2023 (UTC)

Maqola gala yolgʻon maʼlumotlarga boy. Baʼzi bir bitta gapning oʻzida bir nechta yolgʻon iddaolar keltirilgan: 1. „Moskva yaqinidagi Staraya Kupavna shahrida“ emas Moskva viloyatining Kurovsk tumani Zvorkovo qishlogʻida tugʻilgan; 2. „Pushkinskiy tumani“ emas Pushkin tumanida maktabga borgan; 3. Omsk viloyatiga Arxipov emas maktab evakuatsiya qilingan; 4. „Leningrad dengiz maktabi“ emas Omsk viloyatiga evakuatsiya qilingan „Leningrad maxsus harbiy-dengiz maktabi“da oʻqigan; 5. „Tinch okeani oliy dengiz bilim yurti“ emas Tinch okeani oliy harbiy-dengiz bilim yurtida tahsil olgan; 6. Тральщик mina tashuvchi kema emas; 7. „kursant-komandiri“ emas komandirning kursant-dublyori boʻlgan; 8. „Ozarbayjon oliy-dengiz maktabi“ emas Bokudagi „Kaspiy oliy dengiz bilim yurti“ni tamomlagan. Undan oldin esa avvalgi oʻqishini shu yerda davom ettirganligi haqidagi gap tushurib qoldirilgan. Bulardan tashqari, kirish qismidagi gaplar Ruwikidan toʻlaligicha tarjima qilinmagan. Kirish qismida eʼtirof etilmay qolib ketgan, lekin maqola matnida mavjud qismlar judayam koʻp; Koʻplab ensiklopedik ahamiyati molik mavzudagi soʻzlarga ichki havola koʻrsatilmagan: „SSSR“, „Uchinchi jahon urushi“, „suv osti kemasi“ va hkz. — Kagansky munozara 06:08, 26-Avgust 2023 (UTC)

2,3,4,5,6,7,8 larni tuzatdim. Kirish qismi hali tarjima qilinmadi. Ichki havolalar qo'shildi. MrShaxas #Munozaracha 18:47, 26-Avgust 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.  Roziman, keltirilgan kamchiliklar toʻgʻirlandi va maqola status qoidalariga mos tarzda yozilgan. Maqolaga status beriladi degan umiddaman. ANJANIY!!#suhbat 04:59, 23-Avgust 2023 (UTC)
  2.  Roziman — Yuqorida sanab oʻtilgan kamchiliklar tuzatildi. Muallifga omad. Mrjavokh1r#suhbat 08:35, 24-Avgust 2023 (UTC)

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman. Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasining mahsuli. Judayam koʻp kamchiliklari mavjud. Judayam koʻp yolgʻon maʼlumotlar kiritilgan. Gapga aniqlik kiritib, uni toʻldirishi mumkin boʻlgan bir qancha maʼlumotlar tarjima paytida tushurib qoldirilgan. Maqola VP:TOʻMga asosan tezda oʻchirishga nomzod qilindi. Tuzatishlar kiritilsa saqlab qolinishi aniq. — Kagansky munozara 06:11, 26-Avgust 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi — mashina tarjimasi. Jamshid Nurqul (munozara) 08:19, 27-Avgust 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.