Viktor Sokolov
Viktor Ivanovich Sokolov (1911-yil 27-mart, Moskva, Rossiya imperiyasi – 1999-yil 1-yanvar, Moskva, Rossiya) – sovet futbolchisi, murabbiy, himoyachi ampulasida harakat qilgan. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Antverpendagi III yozgi ishchilar Olimpiya oʻyinlari chempioni (1937)[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 27-mart 1911-yil | ||
Tavallud joyi | Moskva, Rossiya imperiyasi | ||
Vafot sanasi |
1-yanvar 1999-yil (87 yoshda) | ||
Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1931—1932 | Qizil atirgul | (0) | |
1933—1935 | Dinamo (Moskva) | (0) | |
1936—1946 | Spartak Moskva) | (0) | |
1947 | Dzerjinets (Chelyabinsk) | (0) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hayoti
tahrirViktor Sokolov 1911-yil 27-martda Moskvada tugʻilgan. U Kauchuk zavodi jamoalarida futbol bilan shugʻullanib, u yerda oddiy ishchi boʻlib ishlagan. 19 yoshida u „Qizil atirgul“ klubiga oʻtdi. U 22 yoshida Moskvaning „Dinamo“ jamoasidan tushgan taklifni qabul qiladi. Keyinchalik u poytaxtning boshqa klubi „Spartak“ safidada harakat qildi.
1937-yilda „Spartak“ tarkibida u Antverpendagi III yozgi ishchilar olimpiadasi, Parijdagi ishchilar oʻrtasidagi Jahon kubogi gʻolibi boʻldi. Viktor Sokolov Baskoniya terma jamoasi va Bolgariyaning bir nechta klublarida oʻynagan.
1943-yil 2-mayda jamoa sardori sifatida mashhur „Stalingrad stadionida“ Moskva Spartak jamoasini maydonga olib chiqdi.
U oʻz faoliyatini 36 yoshida Chelyabinskdagi „Dzerjinets“da tugatdi[2].
Shu bilan birga u chim ustida xokkey oʻynagan. 1952-yilda jamoa tarqatib yuborilgach, chim ustida xokkeydagi faoliyatini ham yakunlagan.
1950-yilda Davlat jismoniy tarbiya markazi qoshidagi murabbiylar maktabini tamomlagan[3]. U murabbiyligining dastlabki davrida asosan imkoniyat darajasi past boʻlgan jamoalar bilan ishlagan. 1955—1959-yillarda Moskvaning "Spartak" klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 1967-yilda Oʻzbekiston SSRning „Doʻstlik“ futbol klubiga, 1968—1969-yillarda „Krivbass“ klubiga, 1969—1970-yillarda „Luch“ klubiga murabbiylik qilgan.
U 1999-yil 1-yanvarda vafot etdi va Vostryakovskiy qabristonining sportchilar qismiga dafn qilindi.
Yutuqlari
tahrirViktor Sokolov chim ustida xokkey boʻyicha SSSR chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori boʻlgan (1950, 1951).
Manbalar
tahrir- ↑ „От "Каучука" до "Спартака" - Чемпионат“. www.championat.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Виктор Соколов“. 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-iyun.
- ↑ Oni budut peredovimi sovetskimi trenerami // Sovetskiy sport (gazeta). – 16 marta 1950, № 32. – s. 4.