Vtulka — asbob, mashina va mexanizmning silindr yoki konus shaklli ichi teshik detali. Gʻildirak, podshipnik va elektr izolyatsiya vtulkasi kabi xillarga boʻlinadi. Gʻildirak vtulkasi — gupchakning oʻqqa tegib turadigan markaziy qismi; podshipnik vtulkasi— antifriksion materialdan yasalgan yoki metalldan yasalib, sirtiga antifriksion material quyilgan ichi teshik silindr; elektr izolyatsiya vtulkasi — elektr izolyatsiya materialidan yasalgan naycha. Binolar devori, asboblarning metall sirti va hokazo orqali elektr simi oʻtkazilganda koʻyib ketiladi. Metall kesish stanoklarida ishlatiladigan oʻtish vtulkasi ham mavjud. U konussimon quyruqli kesish asbobi (masalan, parma) ni stanok shpindeliga mahkamlash uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Mukutadze, M. A.; Khasyanova, D. U. (2019-09-01). "Radial Friction Bearing with a Fusible Coating in the Turbulent Friction Mode" (en). Journal of Machinery Manufacture and Reliability 48 (5): 421–430. doi:10.3103/S1052618819050066. ISSN 1934-9394. 

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil