WikidPad
WikidPad — bu Python dasturlash tilida yozilgan bepul dastur boʻlib, wiki belgilaridan foydalangan holda ishlar roʻyxati, kontaktlar, eslatmalar va boshqa maʼlumotlarni saqlash imkonini beradi.
WikidPad | |
Muallif | Michael Butscher |
---|---|
Platforma | Microsoft Windows Linux |
Janr | Eslatmalarni yaratish, sinxronlash va qidirish uchun dastur |
Vebsayt: | wikidpad.sourceforge.net |
Dasturlash tili: | Python |
WikidPad shuningdek sahifalar oʻrtasida havolalar yaratish imkonini beradi. Bu muayyan mavzularda kichik vikilarni yaratishni osonlashtiradi. Agar kerak boʻlsa, wiki tarkibini HTML yoki XML formatida eksport qilish mumkin.
CamelCase havolalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, CamelCase havolalarini bir sahifa darajasida ham, butun viki darajasida ham oʻchirib qoʻyish mumkin.
Pythonda yozilgan dastur bir nechta platformalarda (Microsoft Windows, GNU/Linux, Mac OS X) ishlashi mumkin. Microsoft Windows eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi Amerika korporatsiyasi Microsoft tomonidan shaxsiy kompyuterlar va serverlar uchun yaratilgan operatsion tizimlar oilasining nomi hisoblanib, dastur portativ dasturiy taʼminotga tegishli boʻlib, wikining oʻzi bilan birga olinadigan tashuvchida joylashgan boʻlishi va undan erkin ishlashi mumkin. Shuningdek, GNU/Linux — erkin UNIX — simon operatsion tizimdir. Bu GNU loyihasi doirasida tuzilgan tizim dasturlariga asoslangan. Mac OS X esa Apple Inc. firmasining operatsion sistemasi hisoblanadi. Berkli universitetining Unix asos operatsion sistemasiga asoslangan boʻlib, PowerPC va Intel prosessor asosidagi Macintosh elektron hisoblash mashinalari uchun chiqariladi.
Dastur turli xil plaginlarni yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi va hujjatlashtirilgan API mavjud (Pythonda); xususan, GTD metodologiyasini qoʻllashda rejalashtirilgan ishlarni tartibga solish va WikidPaddan foydalanishni osonlashtiradigan plaginlar allaqachon mavjud.
Atributlar
tahrirNavigatsiyani osonlashtirish, shuningdek, wiki-sahifaning harakatini boshqarish uchun WikidPad atribut tushunchasidan foydalanadi. Har bir sahifada bir nechta atributlar boʻlishi mumkin.
Bir qator standart (oldindan belgilangan) atributlar mavjud. Masalan:
- todo — nima qilish kerakligini belgilash
- done — allaqachon qilingan narsani belgilash
- alias — sahifa taxalluslarini yaratish uchun
- camelCaseWordsEnabled — CamelCase havolalarini yoqish/oʻchirish uchun.
Bundan tashqari, foydalanuvchi oʻz atributlarini belgilashi mumkin.