Willy van de Kerkxof
Vilhelmus (Willy) Anthonius van de Kerkxof (niderlandcha: Wilhelmus "Willy" Anthonius van de Kerkhof)—gollandiyalik futbolchi,milliy terma jamoa oʻyinchisi.Ikki marta jahon chempionati finalchisi.1951-yil 16-sentabrda Niderlandiyaning Xelmond shahrida tavallud topgan.
Faoliyati
tahrirKlub miqyosida
tahrirWilly akalari-Jerar va egizak Rene bilan birgalikda oʻz faoliyatini „MULO“ havaskorlar klubida boshlagan. Keyinchalik u „Tvente“ professional klubiga oʻtdi va u yerda 93 ta oʻyin oʻtkazib,14 ta gol urdi.Shuningdek 2 marta Niderlandiya chempionati bronza medaliga erishdi.
1973-yilda egizaklar yana bir vaqtning oʻzida bitta klubga koʻchib oʻtishdi.Ularning navbatdagi klubi „PSV“ boʻldi.Bu yerda u 15 yil xizmat qildi.Shundan dastlabki 10 yil akasi bilan birgalikda 6 ta Niderlandiya chempionati chempionligi va UEFA kubogini qoʻlga kiritdi.1987/88-yilgi mavsumda u jamoa bilan Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi va uning yakunida faoliyatini yakunladi.Willy oʻzining toʻpni toʻxtata olish mahorati va ixcham himoyasi uchun „Changyutkich“ laqabini oldi.
Terma jamoa miqyosida
tahrirWilly va uning egizak akasi Rene 1974-yilda Jahon chempionati finaliga chiqqan Gollandiya terma jamoasining oʻyinchilari boʻlishgan.Shuningdek 1978-yilgi Jahon chempionati finalida oʻynagan jamoada ham muhim rol oʻynagan.Willy terma jamoa safida jami 63 ta oʻyin oʻtkazib 5 ta gol urgan.Pele uni 2004-yil mart oyida tirik boʻlgan eng yaxshi 125 futbolchi qatoriga kiritdi.
Terma jamoa safida jami 63 ta oʻyin 5 ta gol urdi.U qatnashgan oʻyinlarda Niderlandiya terma jamoasi 34 gʻalaba,13 durang,16 magʻlubiyatga erishdi.
Yutuqlari
tahrirJamoaviy
tahrirNiderlandiya terma jamoasida
- Jahon chempionati kumush medali sovrindori-1974,1978
- Yevropa chempionati bronza medali sovrindori-1976
"Tvente"
- Gollandiya chempionatining bronza medali sovrindori-1972,1973
- Gollandiya chempioni-1975,1976,1978,1986,1987,1988
- Gollandiya chempionatining kumush medali sovrindori-1977,1982,1984,1985
- Gollandiya chempionatining bronza medali sovrindori-1979,1980,1983
- Gollandiya kubogi sohibi-1974,1976,1988
- Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi-1987/88
- UEFA kubogi sohibi-1977/78
Shaxsiy
tahrir- "Oltin toʻp"ga nomzod-1978
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
Manbalar
tahrir- 1.Profil na sayte FIFA.com (angl.)
- 2.Profil igroka na worldfootball.net(olm.)
- 3.Statistika matchey za sbornuyu Niderlandov na sayte voetbalstats.nl
- 4.Statistika na sayte vi.nl (Wayback Machine saytida 2020-04-01 sanasida arxivlangan)