Wim Jansen
Wilhelmus Marinus Antonius Jansen (talaffuzi: Vim Yansen; 1946-yil 28-oktyabr — 2022-yil 25-yanvar) — sobiq gollandiyalik professional futbolchi va murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wilhelmus Marinus Antonius Jansen[1] | ||
Tavallud sanasi | 28-oktyabr 1946-yil | ||
Tavallud joyi | Rotterdam, Niderlandiya | ||
Vafot sanasi |
25-yanvar 2022-yil (75 yoshda) | ||
Vafot joyi | Hendrik-Ido-Ambacht, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.65 m | ||
Ampluasi | Himoyachi, Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-1965 | Feyenoord | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1965-1980 | Feyenoord | 415 | (33) |
1980 | Washington Diplomats | 27 | (0) |
1980-1982 | Ajax | 49 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1967-1980 | Niderlandiya | 65 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
1987-1988 | SC Lokeren | ||
1990-1993 | Feyenoord | ||
1995-1996 | Sanfrecce Hiroshima | ||
1997-1998 | Celtic | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yarim himoyachi yoki himoyachi sifatida faoliyatining asosiy qismini Feyenoordda oʻtkazdi va 1970-yilda klub bilan Yevropa kubogini qoʻlga kiritdi. Gollandiya terma jamoasi safida 65 ta o‘yin o‘tkazgan va 1974- va 1978-yillarda FIFA Jahon chempionati finaliga chiqqan
Klublardagi faoliyati
tahrir1965—1980-yillar oraligʻida „Feyenoord“da Jansen toʻrtta Liga chempionligi, bir marta Gollandiya kubogi, 1974-yilda bir marta UEFA kubogi va 1970-yilda Yevropa kubogini qoʻlga kiritdi[2].
Washington Diplomats bilan Shimoliy Amerika futbol ligasida qisqa vaqt oʻtkazgandan soʻng, „Feyenoord“ning ligadoshi „Ajax“ga oʻtdi va shu klubda 1981—1982-yillarda liga chempionligini qoʻlga kiritdi[3]. „Ajax“dagi debyuti 1980-yil dekabrida De Kuip jamoasiga qarshi bo‘lgan[4][5].
Xalqaro faoliyati
tahrirJansen Gollandiya termasi safida 65 oʻyin oʻtkazgan. Debyut oʻyini 1967-yil 4-oktyabrda UEFA Yevro-1968 saralashida Daniyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. Oʻshanda klub 2:1 hisobida yutqazib qoʻygan. Oʻzining yagona terma jamoadagi golini 1968-yil 4-sentyabrda sakkizinchi oʻyinida, 1970-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida Lyuksemburgga qarshi oʻyinda (2:0) kiritgan[6].
Gollandiya 1974-yilgi FIFA Jahon chempionatida Jansen barcha yettita oʻyinda maydonga tushgan[7]. Yugoslaviyada boʻlib oʻtgan UEFA Yevro-1976 musobaqasida ikkala oʻyinda qatnashgan va jamoa bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan[8].
Shaxsiy hayoti
tahrirJansen va oilasi dindor emas edi. Yakshanba kunlari barcha qoʻshnilari cherkovda boʻlganida toʻp tepishni mashq qilardi. Bolaligida Feyenoorddagi jamoadoshi Coen Moulijn bilan bir koʻchada (Bloklandstraat) yashagan.
Jansen 1970-yillardan boshlab Hendrik-Ido-Ambachtda yashagan. 2021-yil oxirida Yoeri van den Busken bilan birga yozilgan Meesterbrein („Mastermind“) tarjimai holini chiqardi[9][10].
Jansen 2022-yil 25-yanvarda 75 yoshida vafot etdi[11].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Feyenoord[lower-alpha 1] | 1965—1966 | Erediviziya | 2 | 0 | – | – | ||||
1966—1967 | 34 | 2 | – | – | ||||||
1967—1968 | 34 | 6 | – | – | ||||||
1968—1969 | 33 | 3 | 2 | 0 | ||||||
1969—1970 | 34 | 8 | 9 | 1 | ||||||
1970—1971 | 34 | 2 | 1 | 1 | 4 | 1 | ||||
1971—1972 | 34 | 2 | 6 | 0 | ||||||
1972—1973 | 27 | 3 | 4 | 2 | ||||||
1973—1974 | 30 | 0 | 12 | 0 | ||||||
1974—1975 | 28 | 3 | 4 | 0 | ||||||
1975—1976 | 26 | 1 | 2 | 0 | ||||||
1976—1977 | 21 | 1 | 6 | 1 | ||||||
1977—1978 | 32 | 0 | – | – | ||||||
1978—1979 | 30 | 1 | – | – | ||||||
1979—1980 | 16 | 1 | 5 | 0 | ||||||
Jami | 415 | 33 | 52 | 5 | ||||||
Washington Diplomats | 1980 | NASL | 27 | 0 | – | – | – | – | 27 | 0 |
Ajax | 1980—1981 | Erediviziya | 17 | 0 | – | – | ||||
1981—1982 | 32 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 36 | 0 | ||
Jami | 49 | 0 | 2 | 0 | ||||||
Jami faoliyati | 491 | 33 | 54 | 5 |
- ↑ "Feijenoord" until 1974
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Niderlandiya | 1967-yil | 3 | 0 |
1968-yil | 5 | 1 | |
1969-yil | 3 | 0 | |
1970-yil | 5 | 0 | |
1971-yil | 5 | 0 | |
1972-yil | 1 | 0 | |
1973-yil | 1 | 0 | |
1974-yil | 11 | 0 | |
1975-yil | 4 | 0 | |
1976-yil | 5 | 0 | |
1977-yil | 4 | 0 | |
1978-yil | 12 | 0 | |
1979-yil | 5 | 0 | |
1980-yil | 1 | 0 | |
Jami | 65 | 1 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Niderlandiya | 1967-yil | 3 | 0 |
1968-yil | 5 | 1 | |
1969-yil | 3 | 0 | |
1970-yil | 5 | 0 | |
1971-yil | 5 | 0 | |
1972-yil | 1 | 0 | |
1973-yil | 1 | 0 | |
1974-yil | 11 | 0 | |
1975-yil | 4 | 0 | |
1976-yil | 5 | 0 | |
1977-yil | 4 | 0 | |
1978-yil | 12 | 0 | |
1979-yil | 5 | 0 | |
1980-yil | 1 | 0 | |
Jami | 65 | 1 |
Yutuqlari
tahrirOʻyinchi
tahrir- Erediviziya: 1964—1965, 1968—1969, 1970—1971, 1973—1974
- KNVB kubogi: 1968—1969
- Yevropa kubogi: 1969—1970
- Qitʼalararo kubok: 1970
- UEFA kubogi: 1973—1974
- Erediviziya: 1981—1982
- FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 1974, 1978
- UEFA Yevropa chempionati uchinchi oʻrin: 1976-yil
Manbalar
tahrir- ↑ van der Busken, Yoeri. „Als oer-Feyenoorder Wim Jansen zijn auto parkeert, doet hij dat het liefst bij het portret van Coen Moulijn“ (Dutch). de Stentor (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Wim Jansen: Former Celtic manager dies at 75, announce Feyenoord“. BBC Sport (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Wim Jansen: Former Celtic manager dies at 75, announce Feyenoord“. BBC Sport (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Former Netherlands midfielder Wim Jansen dies at 75“. Associated Press (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Feyenoord-Ajax en de ijsbal van Wim Jansen: "Huilbui Coby staat me bij"“ (Dutch). NOS (2019-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
- ↑ „Wim Jansen – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
- ↑ „Wim Jansen – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Wim Jansen – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
- ↑ Vissers, Willem. „Wim Jansen (1946-2022) was als stille kracht onmisbaar in de topelftallen van de jaren zeventig“ (Dutch). de Volkskrant (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ Bloembergen, Jaap. „Wim Jansen, het Feyenoord-icoon dat niet graag op de voorgrond trad“ (Dutch). NRC Handelsblad (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Former Celtic manager Wim Jansen dies aged 75“. Planet Radio (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Wim Jansen – International Appearances“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
- ↑ „Wim Jansen: Former Celtic manager dies at 75, announce Feyenoord“. BBC Sport (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Décès de l'ancien international néerlandais Wim Jansen, icône de Feyenoord“ (French). Le Soir (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Wim Jansen: Former Celtic manager dies at 75, announce Feyenoord“. BBC Sport (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Décès de l'ancien international néerlandais Wim Jansen, icône de Feyenoord“ (French). Le Soir (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Wim Jansen: Former Celtic manager dies at 75, announce Feyenoord“. BBC Sport (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Décès de l'ancien international néerlandais Wim Jansen, icône de Feyenoord“ (French). Le Soir (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.