Xalqaro Yer kuni
Yer kuni (inglizcha: Earth Day) — har yili 22-aprelda atrof-muhitni muhofaza qilishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir. Birinchi marta 1970-yil 22-aprelda oʻtkazilgan boʻlib, hozirda u EARTHDAY.ORG (sobiq Yer kuni tarmogʻi[1]) tomonidan global miqyosda 193 dan ortiq mamlakatlarda 1 milliard kishi ishtirokida oʻtkaziladigan bir qancha tadbirlarni oʻz ichiga oladi[2][1][3]. 2024-yilgi tadbirlar uchun rasmiy mavzu — „Sayyora va plastiklar“. 2025-yil Yer kuni tadbirining 55-yillik yubileyi boʻlib oʻtadi[4][5].
Xalqaro Yer kuni | |
---|---|
John McConnell tomonidan yaratilgan, Apollo 17 ekipaji tomonidan olingan The Blue Marble fotosuratini oʻz ichiga olgan norasmiy yer bayrogʻi. | |
Turi | Xalqaro |
Ahamiyati | Atrof-muhitni muhofaza qilishni qoʻllab-quvvatlash |
Boshlanishi | 1971-yilda |
Sana | 22-aprel |
1969-yilda San-Fransiskoda boʻlib oʻtgan UNESCO konferensiyasida tinchlik faoli John McConnell birinchi marta 1970-yil 21-martda, Shimoliy yarim sharda bahorning ilk kunini yerni va tinchlik tushunchasini hurmat qilish kuni deb eʼlon qilishni taklif qildi. Keyinchalik bu kun McConnell tomonidan yozilgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotida Bosh kotib U Thant tomonidan imzolangan deklaratsiyada tasdiqlangan. Bir oy oʻtgach, Amerika Qoʻshma Shtatlari senatori Geylord Nelson 1970-yil 22-aprelda umummilliy ekologik taʼlim oʻtkazish gʻoyasini taklif qildi. U yosh ekofaol Denis Hayesni Milliy koordinator qilib tayinladi. Nelson va Hayes tadbirni „Yer kuni“ deb oʻzgartirdilar. Denis va uning xodimlari tadbirni Amerika Qoʻshma Shtatlarini qamrab oladigan oʻqitish gʻoyasini kengayirdilar. 20 milliondan ortiq odam koʻchalarga chiqdi va birinchi „Yer kuni“ tadbiri insoniyat tarixidagi eng yirik bir kunlik namoyish sifatida tarixda qoldi. Walter Reuther boshchiligida United Auto Workers (UAW) birinchi Yer kunining eng muhim tashqi moliyaviy va operatsion yordamchisi boʻldilar[6][7][8]. Hayesning soʻzlariga koʻra: „UAW boʻlmaganida, birinchi Yer kuni tadbiri boʻlmasligi mumkin edi!“[9]. Keyinchalik Nelson bu mehnatlari uchun Prezident Ozodlik medali mukofoti bilan taqdirlangan[10][11]. Birinchi Yer kuni AQShda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. 1990-yilda 1970-yilda milliy koordinator boʻlib taʼyinlangan Denis Hayes uni xalqaro darajaga olib chiqdi va 141 mamlakatda tadbirlar uyushtirdi[12][13][14]. 2016-yilgi „Yer kuni“da Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqa 120 davlat tomonidan muhim Parij kelishuvi imzolandi. Ushbu imzo 2015-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasida qatnashgan 195 davlatning konsensusi bilan qabul qilingan iqlimni muhofaza qilish boʻyicha tarixiy shartnoma loyihasining kuchga kirishi uchun asosiy sabab boʻldi. Koʻlab davlatlar Yer kuni haftaligi, butun dunyo duch kelayotgan ekologik muammolarga qaratilgan butun bir haftalik tadbirlarda ishtirok etishdi[15]. 2020-yilgi „Yer kuni“ tadbirlarida butun dunyo boʻylab 100 milliondan ortiq odam tadbirning 50 yilligini nishonladi, bu tarixdagi eng yirik onlayn ommaviy safarbarlik boʻldi[3]. Shunga oʻxshash yana bir tadbir — Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etiladi va har yili 5-iyun kuni oʻtkaziladi.
1969-yilgi Santa Barbaradagi neft toʻkilishi
tahrir1969-yil 28-yanvarda Kaliforniyaning Santa Barbara sohilida Union Oil tomonidan 6 milya (10 km) burg'ulagan A platformasi deb nomlangan quduq portladi. 3 million AQSh gallonidan (2,5 million imperial gallon; 11 million litr) neft to'kilib, 10 000 dan ortiq dengiz qushlari, delfinlar, kurakoyoqlilar va dengiz arslonlarini oʻldirdi. Ushbu falokatga munosabat sifatida faollar atrof-muhitni tartibga solish, ekologik ta'lim va „Yer kuni“ tadbirlarini yaratish uchun bel bogʻladilar. Yer kuni tarafdorlari orasida bu falokatga qarshi kurashning oldingi saflarida turgan odamlar Selma Rubin, Marc McGinnes va Get Oil Out asoschisi Bud Bottoms ham bor edi[16]. Birinchi Yer kuni tashkilotchisi Denis Hayesning aytishicha, Wisconsin shtatidan senator Geylord Nelson Santa-Barbara kanalida samolyotdan 800 kvadrat-mil (2100 km2) yog' bo'lagini ko'riishi Yer kunini yaratishiga turtki boʻlgan[16][17].
Xalqaro Yer kuni
tahrirUshbu kunda oʻtkaziladigan „bir martalik“ aksiyasi ilk bor 1970-yilda AQShda oʻtkazilgan. Aksiyaning muvaffaqiyatli natijasi tashkilotchilarni ilhomlantirgan va shundan beri tadbir har yili muntazam oʻtkazilib kelinadi. Amerikalik taniqli siyosatchi va senator Geylord Nelson Garvard universiteti talabasi Dennis Xeys boshchiligida talabalar guruhini tuzgan. Talabalarning faol ishtirokida amalga oshirilgan ushbu tashabbus koʻpchilikning eʼtiborini tortgan.
Senator va uning „shtab“ida ommaviy tadbirlarni tashkil etish uchun yetarli vaqt va mablagʻ yoʻqligiga qaramay, Geylord Nelson va uning jamoasi buning uddasidan chiqqan (masalan, 20 million atrofida ishtirokchilar va yuzlab maktablar bu loyihaga qoʻshilgan). G. Nelson bu tadbir xususida quyidagi fikrlarni bildirgan: „Yer kuni oʻzini oʻzi tashkil qildi“.
1971-yilda birinchi tadbirning muvaffaqiyati tufayli senator Nelson „Yer haftaligi“ ni (aprel oyining 3-haftasida) AQSh aholisi orasida juda mashhur boʻlgan yillik tadbir sifatida eʼlon qilgan.
SSSRda birinchi marta Yer kuni 1990-yilda Pyatigorskda nishonlangan[18].
Yer kunining 20 yilligi munosabati bilan SSSR, AQSH va Xitoy alpinistlaridan tuzilgan jamoa Everest choʻqqisiga koʻtarilgan[19].
Yer kunini tashkillashtirish tashabbusi natijasida yuzaga kelgan jamoat va siyosiy faollikdan soʻng, Qoʻshma Shtatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha koʻplab qonunlar va aktlar qabul qilingan (masalan, mashhur Toza havo qonuni). Rossiyada Yer kuni atrof-muhit xavf-xatarlaridan himoya qilish kunlari doirasida nishonlanadi.
2009-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ,,Xalqaro Ona Yer kuni"ni eʼlon qilib, uni 22-aprelda nishonlashni taklif qilgan.
Ramziylik
tahrirYer sayyorasi bayrogʻi biror bir tashkilotning rasmiy ramzi hisoblanmaydi (chunki hech qanday rasmiy sayyora hukumati yoki davlati yoʻq). Bu sayyoraning koinotdan olingan surati (hozirda Apollon 17 astronavtlari Oyga yoʻl olganlarida olingan suratdan foydalanilmoqda)boʻlib, toʻq koʻk fonda. Bayroq Yer kuni va boshqa turli ekologik, tinchlikparvar va fuqarolik xalqaro tadbirlari bilan anʼannaviy bogʻlanadi.
Xalqaro Yer kunining ramzi oq fondagi yashil hoshiyali yunoncha Θ (Teta) harfi hisoblanadi. Qizigʻi shundaki, bu ramz Esperanto yubiley ramzi bilan deyarli bir xil.
Yer kunida tinchlik qoʻngʻirogʻi
tahrirYer kunida dunyoning turli mamlakatlarida anʼanaviy tarzda „Tinchlik qoʻngʻirogʻi“ yangraydi. Bu Yer ahlini global hamjamiyatni his qilishga va sayyoramizda tinchlikni himoya qilish, shu bilan birgalikda, umumiy uyimiz goʻzalligini saqlash uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi. Tinchlik qoʻngʻirogʻi barqarorlik, osoyishta hayot va xalqlar doʻstligi, azaliy birodarlik va hamjihatlik ramzidir. Shu bilan birga, bu Yer yuzida tinchlik va hayotni saqlash, insonniylik va madaniyatni asrash yoʻlidagi harakatga daʼvatdir.
Birinchi Tinchlik qoʻngʻirogʻi BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 1954-yilda oʻrnatilgan. U turli qitʼalardagi bolalar tomonidan sovgʻa qilingan tangalardan zarb qilingan boʻlib, Yer xalqlarining global birdamligi ramzi hisoblanadi. Unda orden va medallar, koʻplab mamlakatlar xalqlarining boshqa faxriy belgilari ham birlashtirilgan. Qoʻngʻiroq ustiga „Yashasin butun dunyoda umuminsoniy tinchlik“ degan yozuv bitilgan. 1996-yilda xuddi shu qoʻngʻiroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Vena shahridagi qarorgohiga oʻrnatilgan. Tinchlik qoʻngʻirogʻi Yaponiyaning koʻplab shaharlarida, Germaniya (1989), Polsha, Turkiya (1989), Meksika (1990), Avstraliya (1992), Moʻgʻuliston (1993), Filippin (1994), Kanada (1996), Braziliya (1997), Argentina (1998), Ekvador (1998), Oʻzbekiston (2003) va boshqa mamlakatlarda ham oʻrnatilgan.
Rossiyada SSSR uchuvchi-kosmonavti, Sovet Ittifoqi Qahramoni A. N. Berezovoyning tashabbusi va homiyligi ostida 1998-yildan buyon Rerix xalqaro markazida „Yer yuzida tinchlik qoʻngʻirogʻi“ aksiyasi oʻtkazilib kelinmoqda. Moskvadagi birinchi Yer kunining tantanali ochilishida Sergey Petrovich Kapitsa shunday degan: „… Yer kuni bizning sayyoramiz, unda yashovchi odamlar, biz bir qismi boʻlgan tabiat oldidagi mas’uliyat kunidir [20]“.
Moskvada oʻtkaziladigan „Yer yuzida tinchlik qoʻngʻirogʻi“ aksiyasi tashkilotchilari: Madaniyatni himoya qilish xalqaro ligasi, N. K. Rerix nomidagi xalqaro markaz-muzey, K. V. Frolov nomidagi „Bilim“ xalqaro gumanitar fondi, Rossiya kosmonavtika federatsiyasi, K. E. Siolkovskiy nomidagi Rossiya kosmonavtika akademiyasi. „Yer yuzida tinchlik qoʻngʻirogʻi“ tantanali marosimida BMTning Moskvadagi Axborot markazi, YUNESKOning Moskva vakolatxonasi, Moskva hukumati vakillari, kosmonavtlar, taniqli fan va madaniyat arboblari ishtirok etadi. Bu kun mamlakatning barcha aholisi uchun juda muhim kun hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Earth Day 2020: What Is It and How Do People Mark It Around the World?“. The Independent (2020-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ „1 billion people are taking part in Earth Day - here are some reasons to be hopeful this year“. Euronews (2022-yil 20-aprel). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ 3,0 3,1 „The 50th Anniversary Of Earth Day Unites Tens Of Millions Of People Across The World In Action And A Multi-Platform Event“. Yahoo (2020-yil 24-aprel). 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ „Earth Day 2022 Invest in Our Planet“. earthday.org (2022-yil 28-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Earth Week Naperville celebrates 53rd annual Earth Day with special programs“. Daily Herald (2023-yil 8-mart). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
- ↑ „Labor and environmentalists have been teaming up since the first Earth Day“. Grist (2010-yil 2-aprel). Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ „Meet 'Mr. Earth Day,' the Man Who Helped Organize the Annual Observance“. Time. Qaraldi: April 28, 2020.
- ↑ „The Rumpus Interview with Earth Day Organizer Denis Hayes“. The Rumpus.net (2009-yil 2-aprel). Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ „Labor and environmentalists have been teaming up since the first Earth Day“. Grist (2010-yil 2-aprel). Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ Striepe, Becky „Earth Day Care2 Healthy Living“. Care2.com (2013-yil 21-aprel). 2013-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-aprel.
- ↑ „Planet vs. Plastics Global Theme for Earth Day 2024“. earthday.org (2024-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
- ↑ „Staff – The Buillitt Foundation“. Bullitt.org. 2011-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-aprel.
- ↑ „The Rumpus Interview With Earth Day Organizer Denis Hayes“. The Rumpus.net (2020-yil 17-aprel). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „How Earth Day gave birth to the environmental movement“. The Harvard Gazette (1990-yil yanvar). 2010-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-aprel.
- ↑ „Earth Day: Let's pledge to keep our environment clean, says Mamata“. The Statesman (2018-yil 22-aprel).
- ↑ 16,0 16,1 Wheeling, Kate; Ufberg, Max. „'The Ocean Is Boiling': The Complete Oral History of the 1969 Santa Barbara Oil Spill“. Pacific Standard (2017-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 9-may.
- ↑ Bastian, Jonathan „How the 1969 Santa Barbara oil spill sparked Earth Day“. KCRW (2017-yil 21-aprel). Qaraldi: 2018-yil 9-may.
- ↑ „Yer kuning ilk bor SSSRda nishonlanishi“. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
- ↑ Горбенко М. М.. Восхождение мира на Эверест. Одесса: ОКФА, 1994. ISBN 5-7707-6304-3. (Wayback Machine saytida 2018-11-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Altaypressa.ru»“. 2009-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-may.
Havolalar
tahrir- Rossiyada birinchi Yer kuni (SSSR) 22.04.1990.
- Darvin muzeyida Yer kuni
- Yer kuni tarmogʻi — „Yer kuni tarmogʻi“ tashkiloti
- Yerdagi yoʻllarning paradokslari. Yer kuni — 20 mart kuni Rerichlar xalqaro markazida Tinchlik qoʻngʻirogʻi yangradi (23.03.2009).
- Xalqaro Rerichlar markazida „Yer yuzida tinchlik qoʻngʻirogʻi“[sayt ishlamaydi] (mavjud havola) (26.03.2008)
- Yaroslavlda Tinchlik qoʻngʻirogʻi yangradi
- Sayyora himoyasida Tver ovozi
- Novosibirskdagi N. K. Rerich muzeyidagi Tinchlik qoʻngʻirogʻi (25.06.2009)
- „Yer kuni“ devor gazetasining tartibi