Xalqobod (1993-yilgacha Komsomolobod) – Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Tumanning sharqida, 320 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Sherobod (10 km). Xalqoboddan viloyat markazi (Termiz)gacha 52 km. Aholisi 7,5 ming kishiga yaqin (2004). Aholisi va xoʻjaliklari Zang kanalidan suv oladi. Shuningdek, artezian quduqlardan olingan ichimlik suvidan foydalaniladi. Xalqobodda tuman hokimiyati binosi, aloqa uyi, dehqon bozori, avtovokzal, universal magazin, mehmonxona, novvoyxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor. Markaziy kutubxona, madaniyat uyi, Baxt uyi, markaziy kasalxona (180 oʻrin), poliklinika, dorixonalar mavjud. Xalqoboddan Termiz shahrigacha avtobuslar qatnaydi.

Xalqobod
shaharcha
37°27′35″N 66°55′20″E / 37.45972°N 66.92222°E / 37.45972; 66.92222
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Muzrabot tumani
Hukumat
 • Hokim Abdurashid Ismailov
Aholisi
7 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 75
Xalqobod xaritada