Xayrulla Hamidov

oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, futbol sharhlovchisi, jurnalist va shoir

Xayrulla Hamidov (1975-yil 7-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, futbol sharhlovchisi, jurnalist va shoir[1].

Xayrulla Hamidov
Tavalludi 7-dekabr 1975-yil (1975-12-07) (48 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti (2007)
Turmush oʻrtogʻi Dilnoza Hamidova

Biografiyasi

tahrir

1975-yil 7-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Chilonzor tumanidagi 163-oʻrta maktabda oʻqigan[2].

1997-yilda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 2000-yildan Abdurasul Abdullayev tashabbusi bilan tashkil topgan „Zakovat“ intellektual oʻyinida ishtirok eta boshlagan va jamoa sardori boʻlgan[3].

„Sport“ telekanali, „Chempion“ gazetasida sport sharhlovchisi boʻlgan. „Futbol plyus“, „FIFA“, „Shedevr“ loyihalari muallifi[4].

Uning sheʼr, esse va maʼruzalari omma orasida keng tarqalgan. Diniy-maʼrifiy „Xolislik sari“ radioeshittirishlari orqali mashhur boʻlgan. U asos solgan „Odamlar orasida“ gazetasi qisqa vaqtda Oʻzbekistonda eng koʻp sotiladigan nashrga aylangan, olti oydan soʻng turli sabablar bilan yopilgan[5].

2010-yil 22-yanvarda hibsga olingan[6]. Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-bandi (jamoat xavfsizligi va tartibiga xavf soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish) bilan ayblangan[7]. Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumani sudining qarori bilan, „Jihodchilar“ guruhiga aʼzolikda ayblanib 6 yilga qamalgan. Sudda oʻziga qoʻyilgan ayblarni rad etgan. Jazoni Navoiy shahridagi 47-sonli muassasada oʻtagan. Qamoqda ijod bilan shugʻullanganini, juda koʻp tadbirlarda qatnashib asosan sheʼrlar oʻqiganini aytgan[8]. Afv etishni soʻrab 4 marotaba Oʻzbekiston prezidentiga murojaat yoʻllagan. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Xayrulla Hamidovni hibsdan ozod etish talabi bilan Oʻzbekiston hukumatiga ochiq murojaatlar qilishgan. 2015-yil fevralda amnistiya munosabati bilan ozod etilgan.

2017-yil avgustda Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻi bilan „qora roʻyxat“dan chiqarilgan minglab oʻzbekistonliklardan biri[9][10].

2018-yilda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining „Madaniyat va maʼrifat“ telekanalida madaniy-badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri etib tayinlangan[11]. Futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatining sharhlovchilaridan biri boʻlgan.

2019-yildan Uzreport TV telekanalida faoliyat yuritmoqda[4].

Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“, Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romanlarini, Muhammad Yusufning „Qora quyosh“ dostonini oʻqishni tavsiya qilgan[12]. Sheʼriyat kechalarida muntazam qatnashib keladi[13].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir