Xoʻja Qurbon madrasasi
Xoʻja Qurbon madrasasi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Darvozatutak MFYda joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XIX asr oxirlari — XX asr boshlarida qurilgan). Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[2].
Madrasa | |
Xoʻja Qurbon madrasasi
| |
Xoʻja Qurbon madrasasi kirish qismi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati |
Shahar | Qarshi |
Manzil | Darvozatutak MFY |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Xoʻja Qurbon |
Homiylar | Xoʻja Qurbon |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Tarixi
tahrirXoʻja Qurbon madrasasi bir qavat boʻlib old qismi sharqqa qaragan va gʻarbiy tarafi aholi uy-joylari bilan qoʻshilib ketgan. Hokimiyat undan 1925-yilda hibsxona oʻrnida foydalanadi. 1954-yillarda ham uning saqlanish holati ancha yaxshi boʻlgan. Bu paytga kelib u shahar maishiy xizmat xoʻjaligi ixtiyoriga berilgan. Xoʻja Qurbon madrasasi 1970- yillardagi ahvoli toʻgʻrisida L. Mankovskaya ham qisqacha maʼlumot berib oʻtadi. Oʻsha paytda ham u yaxshi saqlangan tarixiy obidalar sirasiga kirgan. Madrasa hozirgi kunga kelib faqat kirish qismi toʻliq saqlab qolingan[3].
Arxitekturasi
tahrirMadrasa asosi 21,25 x 21 metrni tashkil etgan, hujralari tepasi balxi gumbaz uslubida yopilgan. Xoʻja Qurbon madrasasi kichik hovlisi (10,7×9,1 m) ham mavjud boʻlgan. Madrasa rus gʻishtlaridan qurilgan boʻlib murabba tarxli, bosh tarzi peshtoq bilan ajratilgan, pishiq gʻishtdan qurilgan. Kichik hovli atrofi hujralar bilan oʻralgan; hujralar murabba tarxli, balxi gumbazli boʻlgan. Peshtoqdan gumbazli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Madrasagaga faqat bir tomondan murabba tarxli darsxona tutash (darsxona devorlariga tokchalar ishlab kengaytirilgan, gumbazi qalqonsimon bagʻallarga tayangan), darsxonaning qaramaqarshi tomonini bir juft tor hujralar egallagan. Xoʻja qurbon madrasasi sirti silliqlangan gʻishtlar bilan tekis ishlangan.
Galereya
tahrirAdabiyotlar
tahrirPoyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0.
Nasriddinov K, Xujayarov U. Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 — 136-bet. ISBN 978-9943-08-629-6.
Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet.
Manbalar
tahrir- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 154-bet