Tamara Alimovna Xo'jayeva hindshunos olima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1939-yil 12-iyulda Toshkentda tug'ilgan. 1957-1962 yillar Toshkent davlat universiteti sharq fakultetining hind filologiyasi bo'limida tahsil oldi.

Mehnat faoliyati

tahrir
  • 1962-yilda Hindistondagi Bhilay metallurgiya zavodiga tarjimon etib yuborildi.
  • 1963-yilda ToshDU sharq fakultetining hind filologiyasi (Hozirgi Janubio Osiyo tillari) kafedrasiga hind tili o'qituvchisi bo'lib ishga kiradi.
  • 1970-yilda O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida yana Hindistonda ishtirok etdi.
  • 1963-yildan sharq fakultetining Janubiy Osiyo tillari kafedrasida o'qItuvchi, katta o'qituvchi va 1986-yildan dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan, talabalarga hind tili, Hindiston adabiyotidan saboq berdi.

Ilmiy faoliyati

tahrir
  • 1984-yilda Toshkent davlat universitetining ilmiy kengashida «Xudojestvennaya proza Amrity Pritam» degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyani himoya qildi.
  • 1988-1989-yillar Hindistondagi J. Neru nomidagi universitetda malaka oshirib qaytdi.
  • 1990-yilda Hindistonda Panjob akademiyasi tomonidan olimaning “Amrita Pritamning prozasi” nomli monografiyasi panjob tilida nashr etildi.

Olima 1 ta monografiya, 14 ta ilmiy maqola, 4 ta uslubiy qo'llanma va 9 ta ilmiy-ommabo maqolalar muallifi.

T. Xo'jayeva «O'zbekiston - Hindiston do'stlik jamiyatining» faol a'zolaridan biri hisoblangan.

Asosiy ilmiy ishlari:

tahrir
  1. Поэтический голос Пенджаба. — Ж-л «Звезда Востока». Т., 1972, № 4.
  2. К вопросу об идейно-эстетических взглядах А. Притам. — Научные труды ТашГУ, вып. 430, «Востоковедение». Т., 1972.
  3. А. Притам о назначении художника слова. — Научные труды ТашГУ, вып. 546, "Востоковедение". Т., 1977.
  4. Женский образ в ранных романах А. Притам. — Научные труды ТашГУ, вып. 589, «Востоковедение». Т., 1981.
  5. О литературных контактах между Узбекистаном и Индией (hind tilida). 1990
  6. Проза А. Притам. (Monografiya). Hindiston, Panjob akademiyasi 1991.
  7. К проблеме западных влияний в пенжабской литературе (на при мере творчества А. Притам). — Научные труды ТашГУ. № 5, «Вос- токоведение», 1992.
  8. Индийская литература и многоязычие. - O'sha to'plamda.

[1]

  1. Abdusamatov, Malik. O'zbekiston sharqshunoslari, Toshkent, 1996 — 423-bet.