Xon xoʻja Eshonbobo masjidi
Xon xoʻja Eshonbobo masjidi — Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan masjid[1].
Masjid | |
Xon xoʻja Eshonbobo masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Navbahor tumani |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Xon xoʻja Eshon |
Binokorlik | 1903-yil—1908-yil |
Soʻngi imom | Sherali Samandarov |
Maqomi | Faoliyat ko'rsatmoqda |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Navbahor tumanining markazidagi Kelachi MFY hududiga qarashli “Eshon tup” qishlog‘ida barpo etilgan. 1903-yilda masjid qurish boshlangan, 1908-yilda qurilish ishlari tugallangan. Masjid cho'pkori imoratlarga o'xshash shaklda qurilgan bo‘lib, janub va shimol tomonlarida gujum daraxtidan ishlangan qadimgi gul tasviri tushirilgan yog‘och eshiklar bilan bezatilgan. Masjid Xon Xo'ja eshonboboning tashabbusi bilan, o'z shaxsiy mablag‘lari hisobiga qurilgan. O'sha paytda masjid atrofida diniy va dunyoviy ilmlarga asoslangan maktab va ta’lim oluvchilar, muhtojlar, darvishlar, hojatmandlar uchun alohida ajratilgan xonalar qurilgan. Muhtojlarga uchun xizmat ko‘rsatish uchun oshxona va nonvoyxonabarpo etilgan. Masjid hovlisida hovuz bo‘lgan. Ushbu hovuzdan qishloq aholisi ichimlik suvi olib foydalangan. Bu masjid eshon bobo vafot etgandan keyin ham diniy ta’lim markazi sifatida qolgan.
Xon Xo'ja eshon bobo 1840-yilda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanining Navqot qishlog‘ida dunyoga kelgan. Buxoro amirligi va Karmana shahrida obro' va e’tibori baland bo‘lgan. Xon Xo'ja ilm-ma’rifatni yaxshi ko'rib, xayri sahovatda ochiqqqo'l bo'lgan. Valiylarga mansub. Xon Xo'ja eshon 1910-yili vafot etgan. Jasadi shu masjid yoniga qo‘yilgan. Qabri yoniga o‘zidan 6 oy o'tib vafot etgan katta o‘g‘li Sayid Axmadxon va go'daklik chog‘ida vafot etgan Sayid Nasriddinxonlar ham dafn etilgan[2].
Sho'rolar hukmronligi davrida din va din ulamolari ta’qib ostiga olindi. Eshonbobo masjididan sovetlar davrida omborxona, pillaxona, artelxona va eshakxona sifatida foydalanilgan. O'zbekiston SSSRdan mustaqil bo'lgandan so'ng diniy obyektlar himoya ostiga olindi. Bu maskan ham obod qilindi. 2005-yili Xon Xo'ja eshonboboning Nurotalik bo'lgan kuyovi va bir guruh eshonlar tashabbusi bilan qayta ta’mirdan chiqdi. Masjidning ma’muriy binolari, tahoratxonalar, qaytadan barpo qilindi. Masjid hovlisiga manzarali daraxtlar, gullar ekilib, ko‘rkam joyga aylantirildi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Navoiy viloyati“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
- ↑ „“Хон Хужа эшонбобо”“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.