Xubbi
Xubbi — zardushtiylikda suv tangrisi (muakkili) nomi. Etnografik manbalarga koʻra, Oʻrta Osiyoda u X. (Xorazm va Ohangaron vodiysi), Erxubbi (Fargʻona vodiysida) nomlari bilan kayd etiladi. U kemachi va baliqchilarning "homiysi va madadkori" hamda daryoda gʻarq boʻlayotganlarning "xaloskori" hisoblangan. Mineral tuzlarga boy shifobaxsh chashmalar, dashtu biyobonlarda qazib ochiladigan quduqlarning zilol suvlari X.ning moʻʼjizasi deb tushunilgan. Afsonalarda u navqiron baliqchi yigit qiyofasida tasvirlanadi. U daryoning "moliki" boʻlib, hayotlik chogʻlarida hamisha bedor turgan. Bunday davrlarda dare toshqinlari suv halokatlari va qurgʻoqchilik ofatlari, chanqoqlik azobu uqubatlari sodir boʻlmagan. Chunki oʻsha davrlarda hech qanday yovuz kuch daryoga yaqinlasha olmagan.
Xorazmning keksa dargʻa va qayiqchilari X.ni hamisha barhayot, Amudaryodek muqaddas daryoyi azimga doimo homiylik qiladi deb tushunganlar. Shu boisdan X.ga boʻlgan eʼtiqod nihoyatda kuchli boʻlgan. Dare, soylarning bahorgi va yozgi toshkinlari vaqtida xorazmlik va fargonaliklar bilan bir qatorda Oxangaron vodiysida piskentlik, oqqoʻrgʻonlik, toʻytepalik aholi ham X. yoki Erxubbidan madad soʻrab unga iltijolar kilganlar. Ibodat vaqglarida "daryo oʻz kanoridan oqsin!"; "toshkinlar sohillarni oʻpirib ketmasin!"; "paykallarni suv bosmasin!", — deya X.ga iltijo qilib, fotihaga qoʻl ochib duo kilganlar. Hatto xorazmliklar va qoraqalpoqlar farzandlarini Xubbiniyoz yoki Ubbiniyoz, Xubbiqul yoki Ubbiqul kabi ismlar bilan atab, ularni sharaflaganlar.
Islomiyat davrida X. timsoli Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Hasan atTermiziy (9-asr)ning "Jomeʼ alulum" nomli asari orqali islom adabiyotiga oʻtib, "Xubbixoja" nomi bilan taʼrif qilinadi.
Adabiyot
tahrir- Gʻulomov Ya., Xorazmningsugʻorilish tarixi. Qadim zamonlardan hozirgacha, T., 1959.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |