Xurmo
Xurmo (Diospyros) — xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq X., sovuqqa chidamli virginiya X.si (D. virginiana), shuningdek, Kavkaz X.si (D. lotus) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq X.si (D. kaki Tpip.)ning vatani — Xitoy. Daraxti 8–12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400 yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50— 60 yilgacha yaxshi meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. Bargi yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi.
Guli bir, baʼzan ikki jinsli. Aprel — mayda gullaydi, oktabr —noyabrda pishadi. Mevasi turli shakdda (500 g gacha). X. tarkibida qand, S vitamini, protein, temir tuzlari, oqsil, oshlovchi moddalar va boshqa bor. Mevasi 2 —3 oy saqlanadi, yangiligida hamda quritilgan holda isteʼmol kilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. X., asosan, payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8x6 va 6x6 m sxemada ekiladi. Kumli, shagʻalli shoʻr yerlarni yoktirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—12 yoshida toʻliq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250 kg gacha hosil beradi. Oʻsuv davrida yer sharoitiga qarab 10 —12 marta sugoriladi; oʻgʻitlanadi, atrofi yumshatib turiladi. X.NING Oʻzbekistonda tarkalgan va Surxondaryo, shuningdek, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari uchun oʻrnlashtirilgan asosiy navlari — Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston va boshqa
Adabiyotlar
tahrir- Kulkov O. P., Muxamedzyanov Sh. 3., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari,T., 1968
- Jivotinskaya S., Vostochnaya xurma v Uzbekistane, T., 1989.
Rixsivoy Joʻrayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |