Yahyo Sinvar

Falastinlik siyosatchi va Hamas yetakchisi

Yahyo Sinvar (arabcha: يحيى ابراهيم حسن السنوار; Abu Ibrohim nomi ham bilan tanilgan; 1962-yil 29-oktyabr — 2024-yil 16-oktyabr) — falastinlik siyosatchi[1], 2024-yil avgustdan Hamas siyosiy byurosi raisi boʻlib[2], Ismoil Haniyaning o‘rnini egallagan[3][4].

Yahyo Sinvar
Yahyo Ibrohim Hasan Sinvar

Yahyo Sinvar (2013-yil)
Hamas siyosiy byurosi raisi
Mansab davri
2024-yil 6-avgust – 2024-yil 16-oktyabr
Oʻtmishdoshi Ismoil Haniya
Hamas yetakchisi
Mansab davri
2017-yil 13-fevral – 2024-yil 16-oktyabr
Bosh vazir Mohammed Awad
Issam al-Da’alis
Oʻtmishdoshi Ismoil Haniya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-oktyabr 1962-yil
Xon Yunis, Gʻazo sektori
Vafoti 16-oktyabr 2024-yil(2024-10-16)
(61 yoshda)
Millati Falastinlik
Siyosiy partiyasi Hamas
Istiqomat joy(lar)i Xon Yunis, Xon Yunis gubernatorligi, Gʻazo sektori, Falastin davlati.
Taʼlim Gʻazo islom universiteti
Dini Islom
Ilmiy unvoni Bakalavr

Hayoti

tahrir

Yahyo Ibrohim Hasan Sinvar 1962-yil 29-oktyabrda Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunis qochqinlar lagerida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi asli Ashkelonlik boʻlib, 1948-yilda Isroil davlati tashkil topgandan soʻng boshlangan urushda oʻz vatanlaridan Xon Yunisga qochib kelishgan[5]. Sinvar dastlab Xon Yunisdagi oʻgʻil bolalar oʻrta maktabida oʻqigan[6]. Keyinchalik Gʻazo islom universitetida arab tili boʻyicha tahsil olib, bakalavr darajasini olgan[7].

Faoliyati

tahrir

Qamoqdagi yillari

tahrir

Sinvar 1982-yilda Isroil tomonidan „islomiy faoliyati“ hibsga olinib, 4 oy qamoqda oʻtirib chiqadi. 1985-yilda ham qamalib chiqadi. Taxminlarga koʻra Sinvar ayni shu paytlarda Hamas asosichi Ahmad Yosinning ishonchiga kiradi va ular juda yaqin boʻlish qolishadi. Keyinchalik bu munosabatlar Sinvarning mansabi koʻtarilishiga yordam beradi[6].

1987-yilda 25 yoshli Sinvar Hamasning ichki xavfsizlik xizmati boʻlgan „Al-Majd“ni tuzadi. Ushbu tashkilot falastinliklarni kuzatib, Isroilga josuslik qilganlarni oʻldirish bilan shugʻullangan. Bundan tashqari axloq qoidalarini buzganlarni ham taʼqib etish ham tashkilotning vazifasi boʻlgan[7]. Sinvar Isroilga sotilgan koʻplab kishilarni oʻz qoʻli bilan shafqatsizlarcha oʻldirgan. U shafqatsizligi bilan dovrugʻ qozonib, „Xon Yunis qassobi“ degan laqab ham orttirishga ulgurgan[6].

1988-yilda Sinvar isroillik 2 askarni oʻgʻirlab, oʻldirishni rejalagan. Shu yili u yana isroilliklar tomonidan hibsga olinadi va 4 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi[6].

Sinvar hayotinining katta qismini (1988-2011) Isroil qamoqxonasida oʻtkazgan. Uning bir kishilik kamerada oʻtkazgan vaqti esa uni yanada radikallashtirgan. Sinvar qamoqxonada mahbuslar yetakchisi sifatida koʻrinish berib, qamoqxona maʼmuriyati bilan mahbuslar nomidan muzokaralar oʻtkazadi va u yerdagi tartibni nazorat qiladi. U bu davrdan unumli foydalanib Isroil gazetalarini oʻqib, ivrit tilini oʻzlashtirgan, Isroil madaniyatini oʻrgangan va hatto ravon gapirishni boshlagan[6]. Qamoqxona sobiq xodimi u haqida quyidagi fikrlarni aytgan:[8]

Sinvar qamoqxonada ibroniy tilini, Isroil tarixi va isroillik siyosatchilarning tarjimai hollarini o‘rgangan. U bizni juda yaxshi biladi.

Sinvar qamoqda boʻlgan paytida Gilad Shalit ismli isroillik askar Hamas tomonidan asirga olinadi. Bu voqea esa Isroilda katta rezonans keltirib chiqaradi va jamoatchilik tomonidan yirik namoyishlar oʻtkazilib, hukumatdan ushbu askarni ozod etish talab qilinadi. 2011-yilga kelib, isroillik askar bilan Isroil qamoqxonalaridagi 1027 ta falastinlik mahbuslar almashtiriladi. Sinvar shu mahbuslar bilan ozodlikka chiqadi[9][7].

Sinvar qamoqdan chiqqanidan soʻng 2013-yilda Hamasning Gʻazo sektoridagi siyosiy byurosiga saylanadi. Bundan olinda Hamasning „Al-Qassam“ brigadasida katta qoʻmondon boʻlgan[7]. 2015-yilda esa AQSH davlat departamenti Yahyo Sinvarni rasman „alohida qidiriladigan xalqaro terrorchi“ (inglizcha: „Specially Designated Global Terrorist“) deb eʼlon qiladi[6].

2017-yil 13-fevralga kelib Sinvar Hamas siyosiy byurosi raisi etib saylanadi[6]. 2021-yil 16-mayga oʻtar kechasi Isroil uning Gʻazo sektoridagi uyi va idorasiga raketa zarbasi yoʻllaydi. Hujum natijasida bino vayron boʻladi, lekin bu paytda Sinvar uyida boʻlmagan boʻladi[10]. U 2022-yil aprel oyidagi telemurojaatida esa „odamlarni istalgan usulda Isroilga hujum qilishga“ chaqiradi[6].

Yevropa Ittifoqi 2024-yil 16-yanvarda Sinvarni „Yevropa terrorchilar ro‘yxati“ga qoʻshadi[11][12]. Ismoil Haniyaning oʻldirilishidan soʻng Sinvar Hamasning yangi rahbari etib saylanadi[13][5].

Vafoti

tahrir

Yahyo Sinvar 2024-yil 16-oktyabrda Isroil tomonidan oʻldirilgan[14][15].

Asarlari

tahrir
  • Sinwar, Yahya (2004) The Thorn and the Carnation ISBN 9798224053018 („Draft2digital“ nashr qilgan)

Manbalar

tahrir
  1. „Israel air strikes kill 42 Palestinians, rockets fired from Gaza“. Reuters (2021-yil 15-may). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  2. „Hamas names Yahya Sinwar as new leader after Ismail Haniyeh’s killing“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  3. Hamas. „تصريح صحفي حول اختيار رئيس للمكتب السياسي خلفا للقائد الشهيد إسماعيل هنية“ (arabcha) (2024-yil 6-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
  4. Kun.uz. „Yahyo Sinvar HAMASning yangi rahbari etib saylandi“ (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
  5. 5,0 5,1 Gazeta.uz. „Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘ldi“ (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Kun.uz. „«Shafqatsiz, ayyor va aqlli». HAMASning G‘azodagi rahbari Yahyo Sinvar haqida nimalar ma’lum?“ (2023-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-avgust.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Daryo.uz. „“Shafqatsiz, ayyor va aqlli” — HAMASning yangi siyosiy rahbari Yahyo Sinvar aslida kim?“ (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  8. Daryo.uz. „HAMAS yetakchisi gumanitar karvonda G‘azo sektori shimolidan chiqib ketdi — OAV“ (2023-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  9. Kun.uz. „O‘tmishdagi aktyor, basketbolchi, shifokor: HAMAS yetakchilari haqida nimalar ma’lum?“ (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  10. Daryo.uz. „Isroil G‘azoda HAMAS yetakchisining uyiga raketa bilan zarba berdi (video)“ (2021-yil 16-may). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  11. „Yevropa Ittifoqi HAMAS siyosiy yetakchisini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi“ (2024-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  12. Kun.uz. „HAMAS siyosiy yetakchisi Yahyo Sinvar Yevropa terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi“ (2024-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  13. Kun.uz. „Yahyo Sinvar HAMASning yangi rahbari etib saylandi“ (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  14. Daryo.uz. „Isroil HAMAS rahbari Yahyo Sinvar o‘ldirilganini ma’lum qildi“ (2024-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 22-noyabr.
  15. Kun.uz. „Isroil HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilganini tasdiqladi“ (2024-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.

Havolalar

tahrir