Yahyo Sinvarning oʻldirilishi
2024-yil 17-oktyabrda Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) tomonidan 16-oktyabr kuni Gʻazo sektorining janubidagi Rafah shahrida 828-Bislamach brigadasi bilan boʻlgan otishmada Hamas aʼzolaridan 3 kishi halok boʻlgani va ularning ichida Hamasning amaldagi rahbari Yahyo Sinvar boʻlishi mumkinligini eʼlon qiladi[1][2]. Keyinchalik esa bu xabar Isroil tomonidan oʻldirilganlarning DNK namunalari oʻrganilganda Yahyo Sinvarning halok boʻlganligi tasdiqlanadi[3][2]. Soʻngra Isroil mudofaa kuchlari Yahyo Sinvarning oʻldirilishidan bir necha daqiqa avval dron tomonidan tasvirga olingan kadrni namoyish qildi[4].
Yahyo Sinvarning oʻldirilishi | |
---|---|
Ushbu operatsiya Isroil–Hamas urushi va Rafah offensivening bir qismi | |
Oʻlimidan oldin Yahyo Sinvarning og‘ir yaralangan holda Isroil droniga tikilgan holati | |
Turi | Otishma |
Joylashuvi |
31°17′19″N 34°15′07″E / 31.288611°N 34.251944°E |
Sana | 2024-yil 16-oktyabr |
Amalga oshirgan: |
Isroil mudofaa kuchlari |
Qurbonlar |
Hamas: 3 kishi oʻldirilgan (shu jumladan Yahyo Sinvar ham) |
Gʻazo sektoridagi joylashuv |
Oʻldirish
tahrirYahyo Sinvar Tal Al-Sulton hududini tintuv qilayotgan Isroil piyoda askarlari tomonidan tasodifan topib olinadi. Harbiylar 3 nafar odam binolar orasida harakatlanayotganini koʻrib qoladi va otishma boshlanadi. Sinvar boshqa vayrona bino tomonga qochadi, lekin dron uni sezib qoladi va u berkingan binoga uchib kiradi. Dron tasvirlarida Sinvar yaralanib, kursida oʻtirgan boʻladi. U bir qoʻlini koʻtarolmaydi, boshqasi bilan Isroilning droniga qarata tayoq otadi, lekin tekkizolmaydi. Shundan soʻng Isroil tanki 2 qavatli binoning yuqori qavatiga qarata oʻq uzadi. Portlash oqibatida Sinvar oʻldiriladi[5][6].
Biroq, Isroil Milliy sud-tibbiyot markazi bosh patologoanatomi Xen Kugel Sinvar boshidan oʻq yeb oʻlganini aytgan[7]:
Oʻlimga bosh qismidagi oʻq jarohati sabab boʻlgan. Uning boshida oʻq bor va ogʻir miya jarohati bor[8].
Sinvarning jasadini Isroil maxfiy ravishda saqlab turibdi va uni garovga olingan isroilliklarga almashtirishni istamoqda[8].
Munosabatlar
tahrirIsroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu askarlarni maqtab, quyidagicha soʻzladi:
Bugun biz yana bir bor bizga zarar yetkazadiganlarga nima boʻlishini koʻrdik. Bugun biz yana bir bor dunyoga ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalabasini namoyish etdik. Ammo, azizlarim, urush hali yakunlanmadi. Bu qiyin va bizga qimmatga tushadi. Biz hali katta sinovlarni yengib oʻtishimiz kerak boʻladi. Bizga chidamlilik, birdamlik, mardlik va qatʼiyat kerak. Biz birgalikda jang qilamiz va birgalikda – xudoning yordamida – gʻalaba qozonamiz[9].
Hamas harakatining Gʻazodagi tashqi aloqalar boʻlimi rahbari Basem Naim Yahyo Sinvarning oʻlimini tasdiqlab, quyidagi fikrlarni aytdi:
Ha, yaqinlarimizni, ayniqsa yetakchi Yahyo Sinvarni yoʻqotish juda ogʻriqli va achinarli, ammo biz oxir-oqibat gʻalaba qozonishimizga ishonchimiz komil[10].
Xalqaro
tahrir- AQSh: prezident Joe Biden Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahuni Yahyo Sinvarning oʻldirilganligi bilan tabriklagan[10] va „urushni tugatish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish vaqti keldi. Biz bunga tayyormiz“ deb taʼkidlagan[11].
- Germaniya: Tashqi ishlar vazirligi Yahyo Sinvar „Isroilni va uning xalqini yoʻq qilishni“ istagan „shafqatsiz qotil“ deb taʼriflagan. Bundan tashqari u 2023-yil 7-oktyabrda Isroilga Hamasning yirik hujumi ortida turgan va shuning uchun „minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi va butun mintaqa cheksiz azob-uqubatlarga duch keldi“ deb taʼkidladi. Endi Yahyo Sinvar oʻlimidan keyin, „Hamas harakati barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishi va qurollarini topshirishi kerak“ va „Gʻazo sektoridagi odamlarning azoblari nihoyat tugashi kerak“ deb qoʻshimcha qildi[12].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Kun.uz. „Isroil armiyasi Yahyo Sinvar o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi“ (2024-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Daryo.uz. „Isroil HAMAS rahbari Yahyo Sinvar o‘ldirilganini ma’lum qildi“ (2024-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
- ↑ Kun.uz. „Isroil HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilganini tasdiqladi“ (2024-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
- ↑ Daryo.uz. „Isroil HAMAS yetakchisi o‘ldirilishidan oldingi kadrni ko‘rsatdi (video)“ (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
- ↑ M.Pirmatova. „Isroil Sinvarni qanday topdi?“. UZA (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ Kun.uz. „Isroil armiyasi Yahyo Sinvarni tankdan o‘qqa tutib o‘ldirilganini ma’lum qildi“ (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.
- ↑ Jeremy Diamond; Zeena Saifi. „Israeli chief pathologist tells CNN Sinwar killed by bullet to the head“ (inglizcha). CNN (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ 8,0 8,1 Kun.uz. „Yahyo Sinvar tank zarbasi emas, boshidan o‘q yeyishi oqibatida halok bo‘lgan – OAV“ (2024-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ Kun.uz. „Sinvarning o‘limi - Hamasga jiddiy zarba, ammo bu urushning yakuni emas“ (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.
- ↑ 10,0 10,1 Daryo.uz. „HAMAS rahbari Yahyo Sinvarning o‘limini tasdiqladi“ (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.
- ↑ Kun.uz. „Bayden: «Yaqin Sharqdagi urushni tugatish vaqti keldi»“ (2024-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ Kun.uz. „Sinvarning o‘limi: GFR va boshqa davlatlar sulhga chaqirmoqda“ (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.