Yangiqoʻrgʻon
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yangiqoʻrgʻon — Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash zavodi, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, litseyinternat, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat saroyi ishlab turibdi. Sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, veterinariya laboratoriyasi, teritanosil kasalliklari kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangiqoʻrgʻon — Chortoq, Yangiqoʻrgʻon — Namangan yoʻnalishlari boʻyicha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Yangiqoʻrgʻon | |
---|---|
shahar | |
41°11′14″N 71°44′0″E / 41.18722°N 71.73333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Yangiqoʻrgʻon tumani |
Aholisi | 16 100 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |